|
Doniyorova M. A. t f. n., Jizzax Politexnika instituti dotsenti Shamiyev D. B. Jizzax Politexnika instituti assistenti Doniyorov B. B. tf f. d., Jizzax Politexnika instituti dosenti
|
bet | 1/3 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 65,38 Kb. | | #107075 |
Bog'liq paxta-tolali-to-quvchilik-iplarining-texnologik-xossalarini-tadqiq-qilish
Doniyorova M.A. t.f.n., Jizzax Politexnika instituti dotsenti Shamiyev D.B. Jizzax Politexnika instituti assistenti Doniyorov B.B. tf.f.d., Jizzax Politexnika instituti dosenti
PAXTA TOLALI TO’QUVCHILIK IPLARINING TEXNOLOGIK
XOSSALARINI TADQIQ QILISH
Annotasiya. Mazkur maqolada O’zbekistonda to’qimachili k mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining ortishi respublikada yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini ko ’payganligi bilan izohlanishi masalasi keltirilgan. Shuningdek, to’quvchilik uchun mo’ljallangan paxta tolali iplarni texnologik ko’rsatkichlari tadqiq qilindi va Uster Statistics 2018 jahon standartiga qiyosiy tahlil qilindi.
Kalit so’zlar: to’qimachilik sanoati, yigirilgan ip, ip gazlama, tayyor mahsulot, chiziqli zichlik, mustahkamlik, sifat ko’rsatkichlar.
Doniyorova M.A., Ph.D. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute Shamiyev D.B.
assistant Jizzakh Polytechnic Institute Doniyorov B.B., Ph.D.
associate professor Jizzakh Polytechnic Institute
STUDY OF TECHNOLOGICAL PROPERTIES OF COTTON YARN
FOR FABRIC
Abstract. This article explains that an increase in the volume of textile production in Uzbekistan can be explained by an increase in the volume of processing of cotton fiber grown in the republic. The technological parameters of cotton yarn for weaving were also studied and a comparative analysis of the world standard Uster Statistics 2018 was carried out.
Key words: textile industry, yarn, cotton fabric, finished product, linear density, strength, quality indicators.
Hukumatimiz tomonidan to’qimachilik sanoatini yuqori samarador tarmoq sifatida O’zbekiston Milliy iqtisodiyotidagi ulushini ko’paytirish, mahsulot ishlab chiqarish zanjirini Klaster tizimiga o’tkazish borasida qator Qaror va Farmoyishlar qabul qilinmoqda. [1-3]
Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga qilingan Murojaatnomada ham barcha sohalar qatori to'qimachilik sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, “...iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investisiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi...”, [4] endigi vazifa qilib kelgusi yillarda Respublikamizda to'qimachilik, charm-poyabzal, oziq- ovqat va ko'plab sohalarda yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi belgilandi. Respublika to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizasiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o'rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg'or “Klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiy mustaqillikka erishish, iqtisodiyotni isloh qilishda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish, iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridandir.
2016-2020 yillar mobaynida O’zbekiston respublikasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari, jumladan, yigirilgan ip ishlab chiqarish 1,7 barobarga, to’qima matolari ishlab chiqarish 2,0 barobarga, trikotaj matolar ishlab chiqarish 1,9 barobarga, tikuv buyumlari ishlab chiqarish 2,7 barobarga, paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 barobarga oshgan. (1-jadval) [5]
1 -j adval O’zbekistonda to’qimachilik: mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Doniyorova M. A. t f. n., Jizzax Politexnika instituti dotsenti Shamiyev D. B. Jizzax Politexnika instituti assistenti Doniyorov B. B. tf f. d., Jizzax Politexnika instituti dosenti
|