• SHARTI: Har bir talaba о‘zi individual yondoshgan holda topshiriqni bajarishi shart. Bir-biridan kо‘chirilgan ish baholanmaydi!!!
  • Egma xalqaro baholash dasturlari tо‘g‘risida




    Download 17.43 Kb.
    Sana21.05.2023
    Hajmi17.43 Kb.
    #62776
    Bog'liq
    120313 7-variant MAMTALIYEVA
    Sanoat

    7-variant

    1. EGMA xalqaro baholash dasturlari tо‘g‘risida

    EGRA (o’qish) va EGMA(matematika) - mazkur tadqiqot boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirishini yaxshilash hamda ta’lim jarayonida kamchiliklarni aniqlashga yordm beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qo’llaniladi. O’tgan yilning 9-18- oktabr kunlarida ta’lim jarayoniga xalqaro tajribalarni tadbiq etish maqsadida respublika ta’lim markazida o’quv amaliy seminar teshkil etilgan. Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi loyihasini ishlab chiqish va bosqichma- bosqich joriy etish masalalari ko'rib chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQSHning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.
    Yuqoridagi xalqaro baholash dasturlari orqali samarali natijaga erishish uchun o’quvchilar ham qunt bilan bilim olishlari talab etiladi. O’z-o’zini doim rivojlantirib borish, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etishi, darsliklardan tashqari badiiy adabiyotlar o’qishi, uyida shaxsiy kutubxona tashkil etilishi, o’zlashtirishi ortda qolayotgan tengdoshlariga ko’maklashishi, axborot oluvchi manbalardan (kompyuter, telefon, televizor, internet) samarali foydalanish, darsdan tashqari vaqtlarda fan, sport hamda san’at to’garaklariga qatnashish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay ola bilishi zarur. Bu faoliyat jarayonida ota-ona farzandiga ta’lim olishga stimul va motivatsiya uyg’ota olish muhitini yaratib berishi lozim.
    Umuman olganda mamalakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o’quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o’zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ko’lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o’tkazib borish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda. Shuningdek, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi o’qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
    Shuni inobatga olgan holda quidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:
    Bilimlarni nazorat qilib, baholab borish o’quvchi uchun ham rag’batlantirish ham xatolar ustida yanada ko’proq ishlashga turtki beruvchi vosita hisoblanadi.
    Shundan kelib chiqib mamlakatimizda bu tizimni yana takomillashtirish lozim. Bu yo’l bilan pedagoglarga yanada o’z ustilarida ishlashlarini talab etadi. Kelajak avlod farzandalarini yuqori salohiyatli, madaniyatli, ma’naviyatli, keng fikrlay oluvchi shaxs sifatida komol tobtirishga har bir fuqaro mas’uliyat bilan yondasha olishi lozim.

    1. TALIS tadqiqotlari tо‘g‘risida to`liq ma`lumot bering

    TALIS- (the Teaching And Learning International Servey – rahbar va o’qituvchilarning ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish) Ushbu tatqiqot birinchi bor 2008-yilda 24 ta davlat ishtirokida o’tkazilgan. Ikkinchi davrda 2013- yilda o’tkazilgan bo’lib, unda 3 davlat ishtirok etgan. Rossiya federatsiyasi ham shu yilda ushbu tatqiqotda qatnashgan. 2018- yil 46 ta mamlakat TALIS taqdimoti ishtirokchisiga aylandi. Tatqiqot asl mohiyati o’qituvchi va maktab rahbarlari bilan so’rovnoma o’tkazishdir. Direktor bilan o’tkazilgan so’rovnoma asosan maktabni boshqarish, o’qituvchi faoliyatiga baho berish, maktabdagi muhit, bajaradigan ishlaridan qoniqishi keng madaniyatli muhitdagi ta’lim haqidagi fikrlarni o’z ichiga oladi. O’qituvchilar bilan o’tkazilgan so’rovnomada esa kasbiy mahorat rivojlantirishga qaratilgan turli yo’nalishlarni, butun o’qitish faoliyatini, o’qituvchining ma’lum bir sinfdagi o’qitish faoliyatini amalga oshirish va maktab jamoasi bilan o’zaro ijobiy muhit o’rnatganligi o’z aksini topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, TALIS yagona so’rovlar hamjamyati bo’lib ta’lim dargohida o’quv muhiti va o’qituvchilarning ish jarayonigi shart- sharoitlarni o’rganishga e’tibor qaratadi.

    SHARTI: Har bir talaba о‘zi individual yondoshgan holda topshiriqni bajarishi shart. Bir-biridan kо‘chirilgan ish baholanmaydi!!!
    Download 17.43 Kb.




    Download 17.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Egma xalqaro baholash dasturlari tо‘g‘risida

    Download 17.43 Kb.