• Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog‘li birikmalardir.
  • Ion va molekulalar eritmada dinamik (harakatdagi) muvozanatda bo‘ladi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi. Elektrolitlar va noelektrolitlar toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali




    Download 1.88 Mb.
    Sana29.11.2023
    Hajmi1.88 Mb.
    #107999
    Bog'liq
    Elektrolitik dissotsia
    kkkk, Б163, BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH., matlab topshiriq, tuzlarning eruvchanlik deagramasi 12-21 guruh, Mevalar va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashda zamonaviy te, 1-laboratoriya ishi, ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI, 1-mavzu, 7-ma\'ruza, 7- mavzu. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xusus, 141, 50---ta, 4-amaliy

    Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi. Elektrolitlar va noelektrolitlar

    TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI


    BAJARDI:TOSHEVA A

    Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi


    Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deb ataladi.

    XIX asrda kashf etilgan eritmalar nazariyalari (D.I.Mendeleyevning gidratlar va S.Arreniusning ionlanish nazariyalari) bir qarashda qarama-qarshi ma’noga egadek ko‘ringan edi.

    D.I.Mendeleyevning gidratlar nazariyasi ishqor, kislota va tuzlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini tushuntirib bera olmagan bo‘lsa, S.Arreniusning ionlanish nazariyasi elektrolitlarning eritmalarda ionlarga ajralish hodisasini to‘liq izohlab bera olmasdi.

    Birinchi marta bu ikki nazariyani elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi shaklida birlashtirishni rus olimi I.A.Kablukov taklif etdi.

    Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasiga ko‘ra elektrolitning qutbli erituvchida erishida elektrolitning erituvchining qutbli molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi ro‘y beradi.

    Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog‘li birikmalardir.


    Dissotsiatsiyalanish jarayonida ionlar gidratlangan holatga o‘tadi.

    Odatda, erituvchi molekulalari elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etmaydi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishda ular hisobga olinmaydi.

    Elektrolitmaslar qutbsiz yoki kuchsiz qutbli kovalent bog‘li birikmalar bo‘lib, erituvchi ta’sirida ionlanmaydi va shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydi.

    Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta’sirida eriganda hamda yuqori harorat ta’sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb ataladi.

    Har bir elektrolit musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil qiladi va bu ionlar neytral atom yoki molekuladan elektr zaryadi va boshqa xossalari bilan farq qiladi.

    Eritmada ionlar tartibsiz harakat qiladi, lekin elektr toki o‘tkazilganda manfiy zaryadlangan ionlar elektrod-anodga, musbat zaryadlangan ionlar elektrod-katodga tomon harakat qiladi.

    Elektrolitik dissotsiatsiyalanish – qaytar jarayon bo‘lib, kation va anionlar eritmada uchrashganda yana bir-biriga tortiladi va molekula hosil qiladi.

    Ion va molekulalar eritmada dinamik (harakatdagi) muvozanatda bo‘ladi.


    Shuning uchun elektrolitik dissotsiatsiyalanish tenglamalariga qaytarlik belgisi qo‘yiladi:
    NaCl ←→ Na++Cl– KOH ←→ K++OH– HNO3 ←→ H++NO–3

    Ma’lum haroratda dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan moddaning dastlabki molekulalari soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi (α) deb ataladi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


    Download 1.88 Mb.




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi. Elektrolitlar va noelektrolitlar toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali

    Download 1.88 Mb.