• 1931 – yilda
  • Elektromagnit induksiya hodisasi va qonuni Reja Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey ishlari. O`zinduksiya hodisasi




    Download 230.75 Kb.
    bet1/7
    Sana06.05.2023
    Hajmi230.75 Kb.
    #57143
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2.1Elektromagnit induksiya hodisasi va qonuni
    175413, 2 класс рус нац, BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

    Elektromagnit induksiya hodisasi va qonuni


    Reja


    1.Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey ishlari.
    2.O`zinduksiya hodisasi
    3.O`zaro induksiya

    Daniyalik fizik Ersted 1820-yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan keyin, ingliz fizigi Faradey bu kashfiyot bilan tanishgan va shunday xulosaga keladi:madomiki, berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok hosil qilish kerak va bu hodisaning to`g`riligini Faradey 1931 – yilda ko`p tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda sim o`ramli g`altak va galvonometrdan iborat berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida o`zgaruvchan magnit maydonda turganida konturlargatok hosil bo`lishi aniqlandi.


    Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`lgan tok induksion tok, hodisaning o`zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurituvchi kuch induksion elektr yurituvchi kuch (induksiya – EYUK) deb ataladi.
    Endi biz Faradeyning tok hosil bo`lishining shartlarini aniqlashga doir tajribalarni ko`rib chiqamiz.
    1.Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturga tok induksionallanadi, magnit g`altakka yaqinlashtirilganda yoki magnit g`altakka yaqinlashtirilganda ham galvonometr strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g`altakdan uzoqlashtirsak yoki g`altakni magnitdan uzoqlashtirsak (magnit oqimi kamayib boradi) strelka boshqa tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tok yunalishi oldingi holatdan o`zgaradi. Buni 1- “a” va “b” rasmlardan ham

    Г Г



    А)

    Г Г
    Б)




    Demak, magnit induksion oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan.
    Magnit qancha kuchli , uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim o`ramlari soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha induksion tokning kuchi ham shuncha katta bo`ladi. Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak ham magnit qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, berk konturda induksion tokni hosil qilsh uchun birgina magnit mavjud bo`lishigina etarli bo`lmay, balki magnit maydon o`zgarishi kerak ekan.
    2-tajriba:Ikki g`altakni yonma-yon qo`yib, ikkinchi g`altakning uchlarini galvonometrga ulab, birinchi g`altakning uchlarini tok manbaiga ulasak, birinchi g`altakdagi tok kuchini R-reostat bilan o`zgartirib, ya`ni (2-rasmdagidek), yoki kalit yordamida zanjirga ulab uzib turilsa (2-b rasm) ikkinchi g`altakda induksion tok hosil bo`lganini ko`ramiz.
    R
    K
    Б
    Б
    Г

    Bu ikkala holda ham ikkinchi g`altakni kesib o`tuvchi magnit induksiya oqimi o`zgaradi, chunki birinchi g`altak zanjirida tok o`zgaradi.



    Download 230.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 230.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektromagnit induksiya hodisasi va qonuni Reja Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey ishlari. O`zinduksiya hodisasi

    Download 230.75 Kb.