• Fan o‘qituvchisi: Shodmonov D
  • Nazariy qism I. Qisqacha nazariy ma’lumot Elektron biznes tizimida biznes faoliyatini shakllantirishning 5 asosiy usuli uchraydi.
  • II.Laboratoriya mashg`uloti vazifalari 1.B2C Haqida umumiy tushunchalar 2.B2C O’rganish va shu sohasidagi firmalarni o’rganish Laboratoriya ishini bajarish
  • Elektron biznes” fanidan 2-laboratoriya ishi




    Download 6,23 Mb.
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,23 Mb.
    #123730
    Bog'liq
    2labEBT
    Mavzu.dunyo okaenlarining ifloslanishi, 3-amaliy Q.F, Murodjon qurs ishi7, DTM 10.03.2024, ertaklar haqida malumotlar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI

    AXBOROT TA`LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI


    ELEKTRON BIZNES” FANIDAN


    2-LABORATORIYA ISHI

    Fan o‘qituvchisi: Shodmonov D
    Bajardi:20-07-guruh talabasi Rashidov E

    Samarqand – 2023


    2-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu:Elektron biznes info strukturasini qurishda biznes modellarini o’rganish va tahlil qilish.
    Ishning maqsadi: Biznes modellarini tahlil qilish va B2C modelida bitta savdo tarmog’idan foydalanishni o’rganish.
    Nazariy qism
    I. Qisqacha nazariy ma’lumot
    Elektron biznes tizimida biznes faoliyatini shakllantirishning 5 asosiy usuli uchraydi.
    1. Biznes-biznes yoki kompaniya-kompaniya (Business-to-Business yoki B2B);
    2. Biznes-iste’molchi yoki kompaniya-iste’molchi (Business-to-
    Consumer yoki B2C);
    3. Biznes-ma’muriyat (administratsiya) (Business-to-Administration yoki B2A);
    4. Iste’molchi-ma’muriyat (administratsiya) (Consumer-to-Administration yoki C2A).
    Oxirgi paytlarda mutaxassislar tomonidan:
    5. Iste’molchi-iste’molchi usuli tavsiya etilmoqda. (Consumer-toConsumer yoki C2C).
    Business-to-Business (B2B) modeli kompaniyalar o‘rtasida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida amaliy ishlarni tashkil qilishgayo‘naltirilgan bo‘limni o‘zida aks ettiradi. Elektron savdoning bu bo‘limi korporativ mijozlar o‘rtasida xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi mahsulotlar savdosi bilan birgalikda savdodagi sheriklarning zaruriy integratsiyasini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig‘ish va uzatishning maxsus tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan ham shug‘ullanadilar.
    Biznes-biznes ko‘rinishidagi modellarda yetkazib beruvchilarning hisob va to‘lovlari buyurtmalar uchun tarmoqni qo‘llovchi ikki firma (yoki kompaniya) biznes jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalar sxemasida amalga oshiriladi. Shlyuzlar yordamida biznes jarayonlarining Internet tizimi (tashqi muhit) bilan avtomatik aloqasi ta’minlanadi. Biznes-biznes modelining ajralib turuvchi belgilari quyidagilardan iborat:
    1. Internetning biznes tizimidan avtomatik ravishda ajralib chiqishini ta’minlovchi shlyuzning mavjudligi;
    2. Biznes jarayonida va firma (kompaniya)ning ish jarayonida kirish/chiqish ma’lumotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyasi;
    3. Berilayotgan ma’lumotlarning yagona standarti - EDI (Electronic
    Data InterExchange) dan foydalanish;
    4. Firmalar elektron biznes tizimidagi ishtirokchilarning teng huquqlilik xarakterga ega ekanligi (distribyutor–diler, ishlab chiqaruvchi – yetkazib beruvchi kabi iyerarxiyaning yo‘qligi).
    Business-to-Consumer (B2C) modeli kompaniyalar tovar va xizmatlarining yakka tartibdagi iste’molchilar bilan ishlashga yo‘naltirilgan bo‘limni ifodalaydi. Ushbu modelning yetkazib berish katalogi bo‘yicha an’anaviy savdodan farqi shundaki, mijoz uyi yoki idorasidan chiqmagan holda, kompyuter va elektron kredit kartasi yordamida tovarlarni sotib olishi yoki xizmatlardan foydalanishi mumkin. Ushbu modelning amalga oshirilishi salohiyatli xaridorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Shunday imkoniyatlardan biri kastomayzing (customizing) hisoblanadi. Bu xaridorga taklif qilinayotgan shunday imkoniyatki, unda kelgusi xarid mezoni mustaqil loyihalashtiriladi. Xususan, NIKEiD www.nike.com on-line magazini doirasida, xaridorlar o‘ziga yoqqan poyafzal modelini mustaqil loyihalashtirishlari, taglik qismining qanday materialdan bo‘lishi, rangni tanlash yoki 8 ta belgigacha bo‘lgan biror yozuvni tovarda joylashtirishi mumkin. Bunda, xaridor tomonidan loyihalashtirilgan tovar variantini o‘sha vaqtning o‘zida kompyuter ekranida ko‘rish mumkin.
    Boshqaruv tizimi saqlanib qoladi, ikkinchi firmada esa boshqarishning ichki tizimi Internetga ulanmagan. Bu holda birinchi firma bilan o‘zaro avtomatik ravishda ma’lumot almashinuvi bo‘lmaydi. Bunga qaramasdan ikkinchi firma birinchi firma bilan elektron biznes tizimini qurishning nazariy asoslariga ko‘ra o‘zaro ta’sirga kirishish mumkin va bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo‘la oladi. Boshqaruvchilar birinchi firma bilan ba’zi interfeyslar (masalan brauzer) yordamida aloqa qilishlari mumkin. Ular birinchi firmadan zaruriy ma’lumotlarni oladilar (elektron pochta yoki brauzer yordamida) va bu ma’lumotlarni o‘zlarining biznes jarayonlarini amalga oshirish uchun boshqaruv tizimiga kiritib qo‘yadilar. Ikkinchi firma boshqaruvchilari esa 1-firmaning iste’molchilari bo‘ladi.
    II.Laboratoriya mashg`uloti vazifalari
    1.B2C Haqida umumiy tushunchalar
    2.B2C O’rganish va shu sohasidagi firmalarni o’rganish
    Laboratoriya ishini bajarish:
    «
    Quyidagi botga kiramiz va online oilaviy pizza yetkazib berishni tanlaymiz

    Quyida oyna chiqadi va unda o’zimizga kerakli tilni tanlaymiz

    Quyidagi chiqan o’zimiz yashayotgan manzilni tanlaymiz

    Bosh menyudan buyurtma berishni tanlaymiz, notebookda buyurtma berib bo’lmaganligi sababli qolgani telefonda qilamiz

    Download 6,23 Mb.




    Download 6,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron biznes” fanidan 2-laboratoriya ishi

    Download 6,23 Mb.