|
8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»
|
bet | 1/5 | Sana | 27.03.2024 | Hajmi | 21.13 Kb. | | #178476 |
Bog'liq 8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentd-www.hozir.org Mehnat muhofaza 39, 01-04, Rustamov Asadbek, Hisobot-saylov yig‘ilishi bayoni, 2 5407079099397047175, JAMIYAT FALSAFASI VA INSON FALSAFASI, Академик алмашинув келишуви УрДУ, Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi, 9-sinf kirish testi informatika, Image to PDF 20230315 18.28.23, 5, Boʻlinish alomatlari, Djoldasov Aybol, 2 5271607442810081252, abbosbek
8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish
8-LABORATORIYA ISHI
BIRINCHI TIBBIY YORDAM KORSATISHNI MANIKENTDA ORGANISH
Ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni («og‘izdan-og‘izga» va yurakni yopiq massaj qilish) amalda qо‘llay bilish.
Umumiy ma’lumotlar
Jarohatlarni tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, ba’zi bir holatlarda jabrlangan kishilarga tezlik bilan malakali birinchi yordam kо‘rsatilsa, о‘limni oldini olish imkoniyati bо‘lar ekan.
Birinchi yordam, tezlik bilan, jabrlanuvchini yaqinida turgan kishi tomonidan berilishi kerak. Ba’zan jabrlanuvchini taqdiri, uning atrofida turgan kishilarning tayyorgarligi, malakasi va tez yordam kо‘rsata olishi qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi.
Agar, odam bexosdan tok yurituvchi qismga tegib qolgan bо‘lsa, uni tezda tok ta’siridan ozod qilish kerak. Bunda о‘zi ham tok ta’siri ostiga tushib qolmasligi uchun ehtiyot choralarini qо‘llashi va jabrlanuvchi bilan kontaktda bо‘lmasligi va qadam kuchlanishiga tushmasligi kerak.
Eng yaxshisi, uskunani о‘chirgani ma’qul, agar iloji bо‘lmasa (1000 V gacha bо‘lgan elektr uskunalarda), yog‘och dastali yoki dastasi ihotalangan asbob bilan simlarni uzib tashlash kerak.
Kuchlanish 400 V gacha bо‘lgan moslamalarda shikastlangan odamni palto yoki kostyumi polga tegib turmagan va tanasidan ajralib turgan bо‘lsa, hamda nam bо‘lmasa, tok yurituvchi qismdan tortib ajratib olish mumkin. Bunda shikastlangan kishi tanasi, oyoq kiyimi nam jismga va atrofdagi yerga tutashgan narsalarga tegmasligi kerak. Agar bu harakatlarni biror bir sababga kо‘ra amalga oshirib bо‘lmasa, qо‘llarga dielektrik qо‘lqoplar kiyib olish kerak. Dielektrik qо‘lqoplar bо‘lmasa, qо‘lga sharf yoki biror bir quruq latta о‘rab olish kerak. Qо‘llarni ihotalash о‘rniga butun tanani ihota qilsa ham bо‘ladi. Bunda, oyoqlarga rezina kalish kiyish, rezina poyondoz yoki taxta tо‘shama ustiga chiqib olish kerak. Agarda jabrlanuvchi elektr simini qattiq siqib ushlab olgan bо‘lsa, har bir barmog‘ini alohida alohida ajratish kerak.
Agar jabrlanuvchi baland joyda bо‘lsa, moslamani о‘chirish uni yiqilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda jabrlanuvchining yiqilib tushmasligini oldini olish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»
|