• II. Trenajyorni ishga tayyorlash.
  • III. Ishni bajarish tartibi.
  • Amaliy qism I. Qо‘llaniladigan apparatura




    Download 21.13 Kb.
    bet5/5
    Sana27.03.2024
    Hajmi21.13 Kb.
    #178476
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentd-www.hozir.org
    Mehnat muhofaza 39, 01-04, Rustamov Asadbek, Hisobot-saylov yig‘ilishi bayoni, 2 5407079099397047175, JAMIYAT FALSAFASI VA INSON FALSAFASI, Академик алмашинув келишуви УрДУ, Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi, 9-sinf kirish testi informatika, Image to PDF 20230315 18.28.23, 5, Boʻlinish alomatlari, Djoldasov Aybol, 2 5271607442810081252, abbosbek
    Amaliy qism
    I. Qо‘llaniladigan apparatura.
    Yorug‘lik tablosi bilan ta’minlangan “Vitim” trenajyori.
    Trenajyorda о‘rganish jarayoni:
    - mavhum о‘lim va tirilish tashxisi.
    - reanimatsiya usullari.
    - reanimatsiya tadbirlarining samaradorligini baholashni о‘z ichiga oladi.
    Trenajyorning tarkibi organizmning asosiy fiziologik funksiyalari – nafas olish yurakning ishi, kо‘z qorachiqlarini holatini modellashtirish imkonini beradi.
    Reanimatsiyani nazorat qilish va о‘rganish uyqu arteriyalarining urishi, kо‘z qorachiqlarining kengayishi, yorug‘lik tablosi ekranida kо‘rinadigan kо‘krak qafasining, yurak, о‘pka va oshqozon holatlariga qarab bajariladi.
    II. Trenajyorni ishga tayyorlash.
    1. Trenajyorni qattiq taglik ustiga (stol, kushetka, pol va h.k.) chalqancha yotqizing.


    2. Yorug‘lik tablosini sim yetadigan qilib, kо‘rishga qulay bо‘lgan joyga о‘rnashtiring.


    3. “Tablo-mulyaj” kabelini va ta’minot simini ehtiyot choralarini kо‘rgan holda joylashtiriladi.


    4. Yorug‘lik tablosini trenajyor bilan «tablo-mulyaj» kabeli orqali ulab qо‘ying.


    5. Hajmining 2/3 qismigacha tо‘ldirilgan zararsizlantiruvchi eritma solingan idishni trenajyor yaqiniga qulay joyga keltirib qо‘ying. Unda og‘iz-burun maskasini dezinfeksiya qilib quritib trenajyorga о‘rnating.


    6. Ta’minot simini kuchlanish 220 V va chastotasi 50 Gs li elektr toki zanjiriga ulang.


    Bunda, tabloning yuqorigi chap burchagida yorug‘lik nuqtasi va yuqorigi о‘ng burchagida hisoblash sonlari paydo bо‘ladi. «Tayyor» tugmasini bosib trenajyor ishga tayyor holga keltiriladi.


    III. Ishni bajarish tartibi.
    1. «Tayyor» tugmasini bosish trenajyorning boshlang‘ich holatini bildirib, odamning klinik о‘lim holatiga mos keladi (ya’ni anatomik tirilish alomatlari, nafas olish, tomir urish sezilmaydi. Kо‘z qorachiqlari kengaygan holatda bо‘ladi).


    2. Yuragi kichrayib borayotgan, lekin nafas olishi tо‘xtagan odamning holatini imitatsiya qilish uchun «Puls» tugmasini bosing. Bunda uyqu arteriyasida chastotasi 1 Gs (daqiqasiga 60 marta) qon tomiri urayotganini, kо‘z qorachig‘i kichrayib borayotganini va nafas olish (kо‘krak qafasini kо‘tarilishi) yо‘qligini kо‘ramiz. Tabloda kichrayayotgan yurak va siqilgan о‘pka kо‘riladi.


    3. «Tirik odam» holatini imitatsiya qilish uchun «puls» va «nafas» tugmalarini bosing. Bunda uyqu arteriyasida qon tomiri urishi va kо‘z qorachig‘ining kichrayishi seziladi. Nafas olish paydo bо‘ladi (ya’ni, kо‘krak qafasining daqiqasiga 12-20 marta harakati seziladi). Tabloda siqilayotgan yurak va kengayayotgan о‘pka kо‘rinadi.


    4. Reanimatsiya amallarini trenajyorda «klinik о‘lim» holatidan boshlab bajariladi. Buning uchun bir marta о‘pkaga puflanadi, bundan sо‘ng reanimatsiyaning nazorat vaqtini hisoblash boshlanadi. Bunda, tabloda yurakning bо‘shashgan va о‘pkaning siqilgan holatlari kо‘rinadi. Reanimatsiyani bajarish jarayonida tabloda uning asosiy kо‘rsatkichlar beligilanib turadi. Masalan:


    a) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lmasa (1000 ml dan kam bо‘lsa) ekranda siqilgan о‘pka kо‘rinadi;


    b) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lsa, (1000-1300 ml dan kо‘p) ekranda normal о‘pka kо‘rinadi;
    v) berilgan havo hajmi kо‘p bо‘lsa (1500 ml dan kо‘p) ekranda meyoridan ortiq shishgan о‘pka kо‘rinadi;
    g) yurakni massaj qilishda yetarli kuch bilan bosilmasa ekranda yurakning bо‘shashgan holati (diastola) kо‘rinadi;
    d) yurakni massaj qilishda me’yoridagi kuch bilan (130-340 N kuch bilan, о‘rtacha qiymati 230 N) bosilsa ekranda yurakning siqilib borayotgan holati (sistola) kо‘rinadi;
    ye) yurakni massaj qilishda haddan ortiq (me’yoridan 1,5-2 marta) kuch bilan bosilsa tabloda yonib-о‘chib turuvchi nuqtalar paydo bо‘ladi.
    5. «Tayyor» tugmasini bosib, og‘izdan puflang, bunda tabloda avtomatik ravishda reanimatsiya nazorat vaqti hisoblana boshlaydi. Shu ondan boshlab «tibbiy yо‘riqnomaga» asosan «1:5» yoki «2:15» tartibida sun’iy nafas beri shva yurakni massaj qilishni boshlang. Tartibni tumbler orqali о‘rnating.
    6. Reanimatsiyaning nazorat vaqti (60 sek) tugagach yorug‘lik tablosining yuqori chap burchagidagi nuqta о‘lchanadi. Agar reanimatsiyaning amallarini tо‘g‘ri bajargan bо‘lsangiz tablo ekranida qisqarib borayotgan yurak va kattalashayotgan о‘pka kо‘rinadi. Trenajyorning о‘zida esa «anatomik tirilish» alomatlari seziladi.
    7. Yurakni yetarli kuch bilan bosilmasa yoki о‘pkaga yetarli havo berilmasa, reanimatsiyaning nazorat vaqti tugagandan keyin ham tabloda bо‘shashgan yurak va siqilgan о‘pka tasviri qolaveradi.
    8. Yurakni massaj qilishda qо‘lni kо‘krakka notо‘g‘ri qо‘yish yoki og‘izga puflashda trenajyor boshini notо‘g‘ri о‘rnatilsa tabloda «kattalashgan oshqozon» tasviri kо‘rinadi. Bu, oshqozonga havo kirib qolganligini bildiradi. Uni oshqozondan chiqarib tashlash uchun trenajyorni yon tomonga burish kerak bо‘ladi.
    9. Trenajyorni ishning yangi sikliga tayyorlash uchun «tayyor» tugmasini bosing. Ishni bajarish davomida har bir talaba quyidagi mashqlarni bajarishi kerak:
    1-mashq. Avval о‘zining, dо‘stining va sо‘ngra trenajyorning uyqu arteriyasini topish.
    2-mashq. Trenajyorda «og‘izdan-og‘izga» usulida sun’iy nafas berish.
    http://hozir.org
    Download 21.13 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 21.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy qism I. Qо‘llaniladigan apparatura

    Download 21.13 Kb.