8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»




Download 21.13 Kb.
bet4/5
Sana27.03.2024
Hajmi21.13 Kb.
#178476
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentd-www.hozir.org
Mehnat muhofaza 39, 01-04, Rustamov Asadbek, Hisobot-saylov yig‘ilishi bayoni, 2 5407079099397047175, JAMIYAT FALSAFASI VA INSON FALSAFASI, Академик алмашинув келишуви УрДУ, Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi, 9-sinf kirish testi informatika, Image to PDF 20230315 18.28.23, 5, Boʻlinish alomatlari, Djoldasov Aybol, 2 5271607442810081252, abbosbek
2. Yurakni yopiq massaj qilish.
Yurakni massaj qilishdan asosiy maqsad, qon aylanishini tiklash va ta’minlashdir. Yurak ishdan tо‘xtasa qon aylanishi tо‘xtab, organizmda tiklab bо‘lmaydigan hodisalar rо‘y beradi.
Yurak kо‘krak qafasini ichida bо‘lib, kо‘krak oldi va umurtqa pog‘onasi oralig‘ida joylashgan, shuning uchun kо‘krak bosilganda, uni umurtqa pog‘onasi tomon taxminan 4 sm gacha siqish mumkin. Bu bosim yurakka ta’sir etib, uning ichidan qonni aortaga sо‘ngra esa kichik va katta qon aylanish doiralariga siqib chiqaradi. Qо‘l olinganda, kо‘krak qafasi tiklanadi va yurak bо‘shlig‘i yana qonga tо‘ladi. Bu harakatlar qaytarilganda qonning aylanishi tiklanadi va yurakni ishlab ketishiga olib keladi.
3. Jabrlanuvchiga vrach kelgunga qadar dastlabki yordam kо‘rsatish tartibi.
a) Jabrlanuchini gorizontal qattiq yuzaga yotqizish kerak. Agar binoda nam sovuq pol bо‘lsa, vaqtni о‘tkazmasdan jabrlanuvchini tagiga quruq kiyim yozish kerak;
b) Jabrlanuvchini bir qо‘l bilan peshonasidan, ikkinchi qо‘l bilan daxani tagidan ushlab, boshini orqaga og‘dirish kerak (16.1-rasm);
v) Sun’iy nafas oldirishni «og‘izdan-og‘izga» usuli asosida amalga oshirish. Buning uchun yordam kо‘rsatuvchi ikki marta chuqur nafas olib, jabrlanuvchining og‘ziga puflash lozim. Bunda yuzi bilan jabrlanuvchining burun teshiklarini yopib turushi kerak . Agar havo chiqib ketsa, burunni barmoqlar bilan yopish kerak. puflaganda kо‘krak kо‘tarilishi lozim. Dastlabki 10 ta puflash mumkin qadar tezroq bajarilgani ma’qul;
g) О‘pkaga havo 5-10 marta puflangandan keyin, uyqu tomirlaridagi puls qо‘l bilan ushlab tekshiriladi. Agar puls yaqqol sezilsa о‘pkaga har daqiqada 12 marta havo berish davom ettiriladi;
d) Agar puls urishi sezilmasa darhol yurakni yopiq massaj qilishga kirishiladi. Yurak tо‘xtaganini yana bir alomati kо‘z qorachig‘ining kengayib ketishidir. Bu hodisa yurak tо‘xtaganidan keyin 1 daqiqa vaqt ichida sodir bо‘ladi. shuning uchun agar puls sezilmasa, darhol yurakni yopiq massaj qilishga kirishiladi. Bunda, jabrlanuvchini qattiq yerga yotqizilishi kerak. Kо‘krak о‘ng qо‘lning kafti bilan bosiladi, ikkinchi qо‘l esa birinchisini ustiga qо‘yiladi.
Kо‘krakda qо‘l kaftini qо‘yadigan joyni topish juda muhimdir. Bu joy kо‘krak qovurg‘alari birlashgan joyning eng pastidan 4 sm yuqorida joylashgan.
Yopiq massaj ritmi har bir sekundda kо‘krakka bir marta bosish bilan amalga oshiriladi.
y) Shu bilan bir vaqtda sun’iy nafas oldirishni ham davom ettirish kerak. Agar yordam kо‘rsatuvchi bir о‘zi bо‘lsa, sun’iy nafas oldirish bilan yurakni massaj qilishni galma-galdan olib borish kerak: ya’ni ikki marta о‘pkaga havo puflab, 15 marta kо‘krak massaj qilinadi. Agar yordam kо‘rsatuvchilar 2 kishi bо‘lsa, biri havo berib, ikkinchisi yurakni massaj qiladi. Bunda, 1 marta havo berilib 5 marta kо‘krakni bosish kerak.
j) Yordam kо‘rsatuvchi sun’iy nafas berish hamda yurakni massaj qilish bilan birgalikda, atrofda odamlar bо‘lsa baqirib yordamga chaqirish kerak. yetib kelganlar vrachni chaqirtirib, jabrlanuvchiga yordam berishlari lozim. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish vrach kelgungacha tо‘xtamay davom ettiriladi.



Download 21.13 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»

Download 21.13 Kb.