8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»




Download 21.13 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2024
Hajmi21.13 Kb.
#178476
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentd-www.hozir.org
Mehnat muhofaza 39, 01-04, Rustamov Asadbek, Hisobot-saylov yig‘ilishi bayoni, 2 5407079099397047175, JAMIYAT FALSAFASI VA INSON FALSAFASI, Академик алмашинув келишуви УрДУ, Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi, 9-sinf kirish testi informatika, Image to PDF 20230315 18.28.23, 5, Boʻlinish alomatlari, Djoldasov Aybol, 2 5271607442810081252, abbosbek
Sun’iy nafas oldirish.

Sun’iy nafas oldirish, yordam kо‘rsatuvchi о‘z о‘pkasidan, «og‘izdan-og‘izga» yoki «og‘izdan-burunga» usulida havo puflash yо‘li bilan oshiriladi.


«Og‘izdan-og‘izga» sun’iy nafas oldirish usulini faqatgina elektr tokidan jarohatlanib, mavhum о‘lim holatida emas, balki boshqa baxtsiz hodisalar: bо‘g‘ilish, zaharlanishning, dori-darmonlarni kо‘p miqdorda iste’mol qilish, suvga chо‘kish (bunda suvni о‘pkadan chiqarib о‘tirishga vaqt ketkazmasdan zudlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishilsa, suvni о‘pkadan asta sekinlik bilan chiqadi) rо‘y berganda ham qо‘llash mumkin.
Bu usul boshqa usullarga qaraganda quyidagi sabablarga kо‘ra qulayroqdir:
    1. yordam kо‘rsatuvchi, haqiqatdan ham, havo shikastlangan kishining о‘pkasiga kirayotgan va chiqayotganligini kо‘krak qafasini kо‘tarilib – tushishiga qarab ishonch hosil qilish mumkin.


    2. yordamchi tomonidan puflanayotgan havo tarkibida nafas olish uchun yetarli miqdorda kislorod bо‘ladi.


Bunda boshqa usullarga nisbatan, о‘pkaga puflanayotgan havoning miqdori 1000-1500 sm3 ga yetadi. Shikastlanib asfiksiyaga (nafas olishi va qon aylanishi tо‘xtagan holati) uchraganlarda, halqum va jag‘ muskullarining bо‘shashishi natijasida til pastki jag‘ga yopishib, orqaga ketib qoladi va nafas olish yо‘lini tо‘sib qо‘yadi. (16.1-rasm).


Sun’iy nafas oldirishni boshlashdan avval, о‘pkaga havo yо‘lini ochish kerak. Buning uchun shikastlangan odam boshini iloji boricha orqaga og‘dirish kerak. Shunda pastki jag‘ bilan til oldinga chо‘zilib, nafas yо‘li ochiladi (16.1-rasm).
Yordam kо‘rsatuvchi puflayotganda og‘zini jabrlanuvchi og‘ziga zich birlashtirib shunday kuch bilan havo berishi kerakki, bunda jabrlanuvchining kо‘krak qafasi kо‘tarilishi kerak. Havo tashqariga chiqib ketmasligi uchun burun teshiklari barmoqlar bilan qisiladi (16.1-rasm).
«Og‘izdan-og‘izga» usuli oddiy va qulaydir. Ba’zan bosh orqaga og‘dirilsa ham, og‘izni ochish imkoniyati bо‘lmaydi. Bunday holatda, havo burun orqali «og‘izdan-burunga» usuli asosida о‘pkaga puflanadi. Havo tashqariga chiqmasligi uchun og’izni qо‘l bilan mahkam yopish kerak.
Jabrlanuvchining og‘zidan suyuqlik va ovqat qoldiqlari chiqishi mumkin. Bunday hollarda, ovqat о‘pkaga tushmasligi uchun og‘iz tezlik bilan tozalanishi kerak. Og‘iz va tomoqda suyuqlik borligini sezgan zahotiyoq, jabrlanuvchining boshi yon tomonga og‘dirilib, qarshi tomondagi yelkasi kо‘tariladi, bunda og‘iz kо‘krakdan pastga bо‘lishiga e’tibor berish kerak. Shunda suyuqlik pastga oqib ketadi. Sо‘ngra tezlik bilan og‘iz dastrо‘mol yoki qо‘l bilan tozalanib, yana havo beriladi.
Kattalar,bolalar va go’daklarda sun’iy nafas berish tartibi


Kattalar


Bolalar

Go’daklar

Yoshi

8-yoshdan katta

1-8 yosh


1 yoshgacha


Boshi

Bosh orqaga egilib,iyak ko’tariladi

Ehtiyotkorlik bilan bosh jrqaga egilib iyak ko’tariladi


Bosh biro z orqagaegiladi


Burni

Burun kataklari bosh va ko’rsatkich barmoq bilan mahkam qisiladi.

Burun kataklari bosh va ko’rsatkich barmoq bilan mahkam qisiladi.




Og’zi

Jabrlanuvchining lablari lablar bilan zich qamrab olinadi

Jabrlanuvchining lablari lablar bilan zich qamrab olinadi


Jabrlanuvchining burni va og’zi lablari bilan zich qamrab olinadi


Puflashni bajarish


1,2,3,4 deb 5-sida puflash


1,2 deb 3-sida puflash


1,2 deb 3-sida puflash


Puflashni maromi


Har 5 sekundda 1 marta puflash


Har 3 sekundda 1 marta puflash


Har 3 sekundda 1 marta puflash


Puflashning davomiyligi


1.5-2 sek


1-1,5 sek


1-1,5 sek


Tomir urushini tekshirish


Uyqu arteriyasida


Uyqu arteriyasida


Elka arteriyasida


Agar nafas olish bilan birgalikda, yurak urishi ham tо‘xtasa, sun’iy nafas olish bilan birgalikda yurak yopiq massaj qilinadi.



Download 21.13 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-laboratoriya ishi birinchi tibbiy yordam korsatishni manikentda organish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni «og‘izdan-og‘izga»

Download 21.13 Kb.