Elektron to‘lov tizimlari Paycash tizimining asosiy parametrlari Assist to‘lov tizimidan foydalanuvchi




Download 100.08 Kb.
bet1/5
Sana13.09.2022
Hajmi100.08 Kb.
#25863
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 5-ta ma`ruza matn
А6, Kompyuterni tashkil etish” fanidan amaliy ish mavzu pcmcia, friction, 200 та, 1195378, Kapital qurilish mohiyati turlari va ishtirokchilari-fayllar.org, 3-mavzu. Qurilish va arxitektura sohasida axborotlarni yaratish va qayta ishlash.

Mavzu : Elektron biznes tizimining asosiy elementlari
Reja:

  1. Elektron to‘lov tizimlari

  2. Paycash tizimining asosiy parametrlari

  3. Assist to‘lov tizimidan foydalanuvchi

  4. Mondex kartasi

An’anaviy iqtisodiy model Internet iqtisodiyoti modeli Tovar va xizmatlar tarqalishining mu- rakkabligi Yetarli darajada katta miqdordagi xari- dorlar (iste’molchilar) o‘rtasida tovar va xizmatlarning tarqalishida aytarli dara- jada qiyinchiliklarning yo‘qligi Kapitalning ishlatilishini biznes-reja ish- lab chiqish orqali aniq asoslab berish za- rurligi sababli kapital jalb qilishning murakkabligi Kapital bevosita savdo mahsulot hisob- lanadi, bu esa uning jalb qilinishini an- cha soddalashtiradi An’anaviy magazinlarning real samara- dorligi ularning bir-ikki yil ishlaganla- ridan so‘ng aniqlanadi Elektron magazinlarning faoliyat yuri- tish samaradorligi bir necha oy ishlagan- dayoq ma’lum bo‘ladi Innovatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiy axborotlar kategoriyasiga kiriti- ladi Innovatsiyalar (yangiliklar) to‘g‘risidagi ma’lumotlardan elektron biznesning is- talgan qatnashchisi foydalanishi mum- kin Real sharoitda ishlovchi magazinlar tar- mog‘iga potensial xaridorlarning borishi ularning turli joylarda joylashgani va shuning uchun yo‘lga ko‘p vaqt ketishi sababli qiyinligi Virtual savdo markazlari tarmog‘ini tez aylanib chiqish magazinlarga jismonan tashrif buyurishni talab qilmaydigan yo‘l ko‘rsatishning elektron vositalarni qo‘llash hisobiga juda soddalashtirilgan Tovar va xizmatlar haqini to‘lash uchun ko‘pincha «jonli pullar»dan foydalanish Tovar va xizmatlar haqini to‘lash uchun ko‘pincha elektron (raqamli) pullardan foydalanish Internet – butunjahon tarmog‘i. Internet-iqtisodiyot (raqamli iqtisodiyot) Internet-iqtisodiyot butun jahon tarmog‘i bo‘lgan Internetga bo‘ysu- nuvchi elementdir Chunki bu iqtisodiyot turini amalga oshirishning texnik-texnologik vositachisi, aynan Internet tarmog‘i hisoblanadi. Elektron biznes esa, o‘z vaqtida, Internet biznesning tarkibiy qismidir. Elektron savdo esa, elekt- ron biznesning bir tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritadi. Quyida ko‘rsa- tilgandek, elektron biznes tizimi bevosita tovar va xizmatlar savdosidan tashqari keng miqyosdagi ishbilarmonlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Internet-iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan bir qator belgilariga ko‘ra farqlanadi. Ushbu farqlar tizimlashtirilgan holda 3.1 jadvalda o‘z aksini topgan. O‘z o‘rnida, elektron biznes modeli ham savdoning an’anaviy mo- delidan farq qiladi. Elektron biznes modelining an’anaviy ko‘rinishdagi savdo modelidan farqlovchi asosiy belgilari quyidagilardir: 1. Biznes faoliyatining bevosita maxsus muhit hisoblangan Inter- net tarmog‘ida amalga oshirilishi; 2. Mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishning onlayn usulidan (ya’ni real vaqt jarayonida) foydalanish; 3. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni maxsus naqd pul- siz to‘lov tizimlari (jumladan aralash tizimlardan ham) orqali amalga oshirish; 4. Sotib olingan mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lovlarda alohida pul ko‘rinishi – elektron pullardan foydalanish; 5. Biznes ishtirokchilarining turli qallobliklardan (maxfiy ma’lu- motlarni o‘qish, uni o‘zgartirish) himoya qilish maqsadida maxsus das- turlardan foydalanish; 6. Zamonaviy Internet texnologiyalaridan foydalanish; 7. Internet tarmog‘ida xaridorlar uchun zarur bo‘lgan tovar va xiz- mat turlarini qidirishni yengillashtirish va tezlashtirishda maxsus navi- gatorlarni qo‘llash; 8. Elektron biznes bozorining xalqaro toifaga ega ekanligi. 3.2. Elektron biznesning asosiy ko‘rinishlari tasnifi Elektron biznes asosiy ikki model: V2V va V2S doirasida shaklla- nadi. Bular “huquqiy shaxslarning huquqiy shaxslarga xizmat ko‘rsati- shi” va “huquqiy shaxslarning jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishi” tushunchalariga mos keladi. Xorijda, elektron biznes modellari tarixida V2S toifasidagi model birinchilardan hisoblanadi. Internet muhitida esa ilk mexanizm MoTo (Mail order – telephone order) paydo bo‘lgan. Xaridor buyurtmasi so- tuvchining web-saytida tegishli hujjatni to‘ldirish yo‘li bilan, tovar uchun to‘lov esa plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan. Shun- dan keyin tovar pochta orqali yoki kuryerlik xizmati orqali yetkazib be- rilgan. Elektron biznes rivojlanishining bu bosqichida Internet orqali to‘- lov tizimlari haqida umuman so‘z ham bo‘lmagan. G‘arb mamlakatlarida to‘lov kartochkalar yordamida to‘lanadigan tijoriy operatsiyalar yuqori mavqega ega. Bir bankning o‘zida sotuvchi- ning ham, xaridorning ham shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘lishlari asosidagi to‘lovlar amalga oshirishning bu sxemasi bunchalik keng ko‘- lamda bo‘lishi o‘ylanmagan ham edi. Bunday sxema “to‘lov tizimi” deb yuritiladi. Internetda to‘lov kartalarining hisob-kitob vositasi sifatida us- tun bo‘lishi uning rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘rtasida keng tarqal- gani bilan izohlanadi. Bugungi kunda elektron biznesning eng rivojlangan bozori – AQSh bozori hisoblanadi. Shuning uchun elektron biznes sohasida yig‘ilgan tajribalar tahlilini asosan AQSh, shuningdek, G‘arbiy Yevropa misolida keltirib o‘tamiz. Amerika ekspertlari fikriga ko‘ra, Internetda amalga oshirilayotgan savdo jarayonlarini 8 toifaga ajratishi mumkin. Birinchi toifa: Internetda an’anaviy MoTo kelishuvlari mexanizm- lari, to‘lov va yetkazib berishning shakllangan yo‘nalishlari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo modellariga ko‘ra bevosita sotadigan yirik cha- kana savdo korxonalari. Ikkinchi toifa: O‘zining web-saytlarida bozorning turli sohalarida tur-licha tijoriy xizmatlarini keng iste’molchilarga taklif qiluvchi katta massh-tabdagi Internet portallar(AOL, Yahoo va boshqalar). Bunda, bir tomonda mijoz o‘ziga zarur tovarlar ro‘yxatini olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, ikkin-chi tomondan portal bu faoliyatdan komissiya puli ishlab oladi. Uchinchi toifa: Bozorning ma’lum sohasida ishlovchi kompaniya- lar xizmatlarini taklif qiluvchi bir turdagi portallar (bir qator web- saytlar-dan iborat kataloglar) To‘rtinchi toifa: “Birja maydonlari” sifatida ishlovchi elektron kim oshdi savdolari. Ular sotuvchi va xaridorlarga ikkitomonlama kelishuvlar- ni imzolashda qulay mexanizmlarni taklif qiladi. Bizneschilarning bu toi- fasi hozirgi kunda boshqalariga qaraganda tezroq rivojlanib bormoqda. Beshinchi toifa: Raqam ko‘rinishdagi mahsulotlar (musiqa, video fayllar, tekstlar, onlayn o‘yinlar va boshqalar) bilan shug‘ullanuvchi bizneschilar. Shu toifaga Internetda reklama bilan shug‘ullanuvchi biz- neschilarni ham kiritishimiz mumkin. Oltinchi toifa: bir sinfga oid mahsulotlar iste’molchilarini birlash- tiruvchi “jamiyatlar” tashkil qiluvchi saytlar (Internet tarmog‘ida shax- siy nomi va manziliga ega bo‘lgan html hujjatlarini o‘zaro bog‘lovchi to‘plamlar). Bunday saytlar iste’molchilarga ulgurji chegirmalar berish orqali ularning mablag‘larini tejash imkoniyatini yaratadi. Ushbu model murakkab uy-ro‘zg‘or buyumlari va shaxsiy kompyuterlar sotib oluvchi xaridorlar o‘rtasida ommalashib bormoqda. Yettinchi toifa: korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi elektron biznes (B2B) ni kiritish mumkin. Amerika ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu bo‘limda yuqori o‘sishni kutish mumkin. 2002-yilga kelib ushbu sektordagi tovar aylanmasi 320 mlrd AQSh dol- larini tashkil etgan. Va nihoyat, sakkizinchi toifa – turli xizmatlar uchun hisob-kitob- larni belgilash (kommunal to‘lovlar, tibbiy xizmatlar, sug‘urta va h.q.). 3.3 Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari An’anaviy tushunchada “magazin” deganda sotish va sotib olish jarayoni ro‘y beradigan joy tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u yerda xaridor tovarlar ro‘yxati bilan tanishadi, uning tavsifini o‘rganadi, tanlaydi, buyurtma beradi va oldindan band qilib, to‘lab qo‘yadi. Aksa- riyat holatlarda esa, tovarning qo‘ldan qo‘lga o‘tish holati kuzatiladi. Elektron magazindan foydalanganda esa tovar xarid qilinishi bilan uning qo‘ldan qo‘lga o‘tish ehtimolligi sezilarli kamayadi. Bunga sabab esa, xaridorga tovarni yetkazib berish uchun mu’lum vaqt ketishidir. Elektron biznesning vazifasi sherik kompaniyalar bilan bir qatorda, yakka tartibdgi xaridorlarga ham ikki tomonlama samarali savdo aloqa- larini yaratib berishdan iborat. Forester Research kompaniyasi tomoni- dan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, elektron biznes aylanma- sining qariyb 85 foizi sherik kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi savdolarning hajmi sanoat va moliya kabi sohalarga nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Xususan, savdo haj- mining taxminan 50 foizi sanoat ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelsa, moliya sektoriga bor-yo‘g‘i 27 foizi to‘g‘ri keladi, xolos. “Datamonitor” kompaniyasi tomonidan qilingan oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, kompani- yalar o‘rtasida savdo qilish uchun elektron biznes tizimini yo‘lga qo‘- yish 5 ming AQSh dollaridan 2 mln dollargacha mablag‘ talab qiladi.Elektron biznesni amalga oshishining beshta asosiy sohasini ko‘ri- shimiz mumkin: Birinchi soha – salohiyatli mijozga Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan vositalar orqali tovar taklif qilish. An’anaviy usulda savdo qilish jarayonida xaridor tovarning bahosini savdolashishi, sotuvchi bilan mas- lahatlashishi, tovarni sotib olishga qaror qilishi yoki undan voz kechishi mumkin. Internet tarmog‘ida salohiyatli mijozlarga multimedianing bar- cha imkoniyatlari yaratib beriladi. Aniqroq qilib aytganda, tovarni uch o‘lchamli fazoda ko‘ra olishi, maxsus tayyorlangan ovozli, animatsiyali videoroliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ikkinchi soha – tovar sotib olishni bevosita amalga oshirilishi. Shu bilan birga, tez va ozmi-ko‘pmi xavfsizdir. Tovarni sotib olish uchun bu- yurtma, elektron pochta orqali xabar yuborilishi bilan tasdiqlanishi zarur. Uchinchi soha – sotishdan keyin qo‘llab-quvvatlash. Bu mijozga tovarni sotib olishni rasmiylashtirayotganida taklif qilinib, keyinchalik tovardan foydalanish davomida ham amalda bo‘ladi. Bunda mijozga so- tuvchi kompaniya bilan elektron pochta yoki web-saytda aloqa qilish im-koniyati yaratib berilib, agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, mijoz norozilik bildirishi ham mumkin bo‘ladi. To‘rtinchi soha – Mijozlarning ma’lum magazinlar yoki ba’zi mar- kalar uchun yetakchiligiga alohida e’tibor qaratish. Elektron magazin- larning savdo hajmi, odatda, uning doimiy mijozlari miqdori bilan aniq- lanadi. Bunda, ushbu elektron magazin bitta doimiy mijozni saqlab tu- rish uchun 30$ dan 200$ va undan ko‘p xarajat qiladi. Beshinchi soha – elektron magazinga e’tiborni qaratish va saqlab turish maqsadida qilinadigan reklamadir. Internet tarmog‘ida reklamaga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Uning maqsadi, keng ommaga mo‘ljal- langanligi, o‘zgaruvchan, interfaol va o‘ziga jalb qilishdan iborat. Rek- lamaning yuqorida aytib o‘tilgan talablarga javob berishini ta’minlash maqsadida Java-animatsiya, DHTML, VRML va boshqa shu kabi vosi- talar ishlab chiqilgan. 3.4. Elektron biznesning an’anaviy savdo shaklidan farqi Elektron magazinlarda savdo jarayonini tashkil etish an’anaviy tu- shunchadagi savdodagidan farq qiladi. Elektron savdo va oddiy savdo ja- rayonlarining asosiy farqli tomonlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Xaridorlarni jalb qilish usuliga ko‘ra. Magazinga xaridorlarni jalb qilish usuli juda katta ahamiyatga ega. An’anaviy tushunchadagi savdoda ushbu jarayonni 4 bosqichda izohlash mumkin xaridorlarni reklama yordamida jalb qilish; bu yerda asosiy omil magazinning qayerda joylashganligidir; savdo peshtaxtalari va magazinga kirish joyining chiroyli qilin- ganligi; bu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi; Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki qismini did bi- lan yasatish va qulay tashkil qilish bilan, o‘ziga jalb qilish;  Xaridorning o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlashi; sotuvchi yor- damida tovarni qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar uchun qaror qabul qilishi yoki qilmasligiga shunchalik bog‘liq. Elektron magazinda yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar umuman boshqacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va ma- gazinga kirish birgalikda tashkil qilingan. Barcha reklama ma’lumotlari elektron magazinning peshtaxtasida joylashtirilgan. Bunda xaridorga ke- rakli tovarni qayerdan va qanday olishi to‘g‘risida sodda va lo‘nda ko‘r- satilgan ma’lumotlar bo‘lishi zarur. 2. Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan. Elektron sav- do tizimida sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta’sir qilish imkoniyati- dan mahrumdir. Xaridorga o‘zining chiroyi va respektabelligini namo- yish qilish bilan ta’sir qilish bundan mustasno. 3. Tovar haqida ma’lumot berish usuli bilan. Oddiy savdo jara- yonida tovar bilan tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elek- tron magazinda esa bunday tanishuv xaridorlarning tovar haqidagi ma’- lumotlarni diqqat bilan o‘rganishlari va uning ko‘rsatilgan sifatlarining naqadar to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berishlarini talab etadi. 4. Xarid qilish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovarni sotib olish bevosita yuz beradi. Elektron magazinda xarid jarayonida esa, xa- ridor buyurtmani Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va rasmiylashtirish or- qali amalga oshiradi. 5. Savdoni tashkillashtirishda xarajatlar darajasiga ko‘ra. Elek- tron magazin orqali savdo va xizmat ko‘rsatishda, magazin binosi, ombor va idora, shu bilan birga, boshqa savdo uskunalari talab etilmaydi. Dunyo- da umuman savdo do‘konlariga ega bo‘lmagan va o‘z tovarlarini faqat elektron magazin orqali amalga oshiradigan kompaniyalar talaygina topi- ladi (www.virtualvin.com, www.amazon.com). Bunday turdagi savdoni tashkillashtirish reklama va chakana savdo rastalarini saqlab turishga keta- digan xarajatlarni qisqartiradi. Amalda mahsulot ulgurji narxlarda, lekin chakana ravishda sotiladi (20-30 foiz arzonlashtirilgan holda). 6. Magazinlarga tashrif buyurishning soddaligiga ko‘ra. Ke- rakli mahsulotni qidirishda o‘nlab elektron magazinlarga kirish, shuncha sondagi savdo magazinlarni mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo‘n- g‘iroq qilishdan ko‘ra ancha qulay. 7. Kira olish darajasiga ko‘ra. Har qanday elektron magazinga xaridorlar dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan kira olishlari mum- kin. Shuning uchun ham sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy tovarlarni tanlash imkoniyati cheklanmagan. Bunday magazinlar kecha- yu kunduz ochiq bo‘lib, oddiy magazinlarga o‘xshab xaridorlar tiqilinch bo‘lmaydi. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish imko- niyatiga ega. 8. Xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra. Oddiy magazinda kerakli to- var haqida batafsil ma’lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik daraja- siga, shu bilan birga, uning xaridor uchun vaqt sarflay olishiga bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir tovar uchun keng ma’- nodagi ma’lumotlarni yo‘lga qo‘yilganligini ta’minlash bilan birga, to- var haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo‘li bo‘shashini kutishi shart emas. 9. Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra. Shaxsiy “firma” elektron magazinini tashkil qilishga oddiy, an’anaviy magazin tashkil qilishdan ko‘ra ancha oz vaqt ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsu- lotiga narxni o‘zi belgilashi va nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ish- tirok etmaydigan bu munosabat jarayonida, firma o‘z tovarlarini sotish- dan yanada ko‘proq daromad ko‘radi. 10. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra. An’anaviy magazinlarda, qoi- daga ko‘ra, tovar turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor o‘ziga kerakli molni topish uchun shu turdagi bir necha magazinlarga borishiga to‘g‘ri keladi. Agar zaruriy tovar bir elektron magazinda bo‘l- masa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chi- qaruvchining rasmiy web-saytiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish ham mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narx- dagi tovarni tanlash mumkin. Nazorat savollari 1. Internet tarmog‘ida elektron biznesning o‘rniga tavsif bering. 2. Elektron biznesning oddiy savdo turidan qanday muhim farqlari mavjud? 3. Elektron biznesning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 4. Elektron biznesning asosiy turlarini tasniflang va ularni ta’riflang. 5. Biznesni qo‘llashning asosiy sohalariga ta’rif bering. Elektron biznesda to‘lov vositalari Internet tarmog‘i vositasida amalga oshiriladigan elektron biznes ti- zimi rivojlanish sur’atining sekinligi, elektron pullar va plastik kartoch- kalardan xavfsiz foydalanishning yetarlicha keng tarqalmaganligidadir. Asosan, tovarni sotib olishda, xaridor sotuvchiga bir qancha kamchilik- larga ega bo‘lgan, plastik kartochkaning nomerini beradi (bu haqda quyida batafsil aytib o‘tiladi). Shu bilan birga, sotuvchi bankda kartoch- kalarni qabul qilish uchun maxsus hisob raqam – credit card merchant account ochish jarayoni oson kechmaydi. Elektron biznes savdosida risk darajasining yuqoriligi sababli har qanday bank ham bunday xizmat ko‘rsatish uchun rozi bo‘lavermaydi. Plastik kartochkalar o‘rniga elek- tron pullardan foydalanuvchi to‘lov tizimidan foydalanish, turli mayda savdogarlarning kamxarj va hech qanday rasmiyatchiliklarsiz bozorga chiqish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, Internetda o‘zini to‘la oqla- mayotgan bu tizim bir qancha xaridorlarni ham diqqatini tortadi. Internet tarmog‘ida maxsus qo‘llanilish uchun ishlab chiqilgan mil- liy va xorijiy to‘lov tizimlarida kredit kartalari yoki elektron pullar yor- damida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarda foydalanilmoqda. Internetdagi oddiy savdo turi – bu turli ma’lumotlar (matnlar, gra- fika va boshqalar), dasturiy ta’minot va xizmatlar (masalan, xususan In- ternetga kirish) bilan shug‘ullanishdir. An’anaviy tarzda bunday maqsad- lar uchun kredit kartochkalaridan foydalaniladi. Ammo Internetda 99,9 foiz qilinayotgan bu turdagi kichik xaridlar uchun ushbu turdagi to‘lov tizimini qulay va xavfsiz deb bo‘lmaydi. Ayni vaqtda, (qoidaga ko‘ra o‘zi umuman bilmagan va ishonishga yetarli asosi bo‘lmagan) sotuvchi- ga kartochkasi va o‘zi haqida, barcha raqam va amal qilish muddati, is- mi va manzilgohi ko‘rsatilgan holda ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Bunda xaridor o‘z kartochkasidan 1$ emas, balki undan bir necha baro- bar ortiq summani yo‘qotishiga tavakkal qiladi, chunki kartochka hisob raqamida, odatda, bir necha ming dollar bo‘ladi. Bunda xaridor to‘g‘ri- sidagi ma’lumotlar istalgan odamga tarqalishi mumkin. Haqiqiy sotuv- chi uchun ham bu holat noqulay bo‘lishi tabiiy hol, albatta. Unda kartochka va uning egasi haqidagi ma’lumotlarni tarmoq or- qali o‘g‘irlanmasligi borasida va vaqt o‘tgandan so‘ng shu kartochkadan o‘g‘irlangan pulni qaytarish borasida hech qanday kafolat yo‘q. Qo‘- shimcha tarzda bankka jarima to‘lashga to‘g‘ri kelishi mumkin (bunda, har bir pulni qaytarish operatsiyasi - chargeback uchun jarima miqdori 25$ ni tashkil qiladi). Shuning uchun ham, tarmoq orqali bo‘ladigan qal- tis operatsiyalarda Amerika banklarining adolatliligini tan olmaslikning iloji yo‘q. Mos ravishda bunday (xaridorlar aksariyat hollarda xariddan voz kechishadi) sotuvchilardan olinadigan komission to‘lovlar miqdori oddiylardan 1,5 – 2 barobar ko‘p miqdorda qilib belgilangan. Shu tariqa, aytish mumkinki, Internet to‘lov tizimining hali hech kim o‘ylamagan va yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklardan holi bir ti- zim mavjud. Bunday sxemalar elektron imzolarni nominallarni saqlov- chi – ma’lumotlar dahasini qalbakilashtirish (nusxa ko‘chirish) dan shifrlash va himoyalash bilan birga virtual banklarda himoyalangan ki- rish yo‘liga ega bo‘lgan hisoblarni yuritish elektron pullar yordamida amalga oshiriladi. Raqamli pullarni Internet muhitidagi to‘lov tizimining asosi sifati- da, ularga amal qilishini tashkillashtirish, xavfsizlik darajasi va hisob-ki- tob usuliga ko‘ra tasniflash mumkin. Foydalanish turiga ko‘ra raqamli pullar quyidagicha guruhlanadi:  zaruriy ma’lumotlar bilan ochiq tarzda almashinuv;  ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar tizimi;  guvohnomalardan foydalanishni ko‘zda tutadigan tizimlar;  Internet tarmog‘ida kliring tizimlari;  raqamli naqd pullar (ShK ko‘rinishidagi);  raqamli naqd pullar (Smart card ko‘rinishidagi). Ochiq tarzda ma’lumotlar almashinuv. Mohiyatiga ko‘ra, bu ti- zim emas, balki kredit karta yordamida (xuddi, telefonda buyurtma ber- gandagidek) Internet tarmog‘ida to‘lashning eng oddiy usulidir. U xavf- sizlikning hech qanday chora-tadbirlarisiz, tarmoq orqali zaruriy ma’lu- motlar (karta nomeri, egasining ismi, sharifi va manzilgohi) ni berish or- qali amalga oshiriladi. Buning kamchiligi yaqqol: ma’lumotlar maxsus filtrlar yordamida osongina qo‘lga kiritilishi va karta egasining zarariga ishlatilishi mumkin. Sotuvchi xaridorlarning to‘lovdan voz kechish ehti- molligidan, doimo ishonchsizlikda bo‘ladi. Hozirgi kunda bu usul o‘zi- ning amaliy qimmatini yo‘qotib bormoqda. Ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar tizimi. Bu o‘tgan usulga qaraganda ancha himoyalangan usul hisobla- nadi. To‘lov Internet tarmog‘ida ma’lumotlar tarqatishning xavfsiz yoki aloqa seansining himoyalangan (shifrlangan) protokol (bayonnoma) lari yordamida amalga oshiriladi. Transaksiya jarayonida ma’lumotlarni ush- lab olishning deyarli ilojisi yo‘qligiga qaramasdan, bunday ma’lumotlar sotuvchi serveridan olinish xavfi ostida bo‘ladi. Shu bilan birga, sotuv- chi tomonidan ham, xaridor tomonidan ham identifikatorni qalbakilash- tirish yoki almashtirib qo‘yish ehtimol ham yo‘q emas. Xaridorda “kre- dit karta” dan ma’lumotlarni olish va keyin “g‘arazli xaker” emas, balki o‘z kartasidan nimaga va qachon to‘lovni amalga oshirganligini ro‘kach qilgan holda to‘lovdan voz kechishi mumkin. Guvohnomalar ishlatishni ko‘zda tutuvchi tizimlar Bu ham Internet tarmog‘ida kredit kartadan foydalanishning yana bir yo‘li bo‘lib, boshqalariga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. U mijoz va sotuvchilarning raqamli sertifikatlari va raqamli imzolarini tasdiqlovchi ma’lumot almashinuvining maxsus himoyalangan protokollarni qo‘llash bilan uzviy bog‘liq. Bu usulni qo‘llashda kelishuvning shartlarini bajarish va identifikatorlarni almashtirib qo‘yish holatlari kuzatilmaydi. Internet tarmog‘ida kliring tizimi. Fransuzchadan tarjima qilgan- da “kliring” – o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tushuniladi. Internetda kliring tizimining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, mijoz elektron magazindan har bir xaridi vaq- tida o‘zining shaxsiy va bank ma’lumotlarini ochishi shart emas. Buning o‘rniga u magazinga (kliring tizimida ishlovchi) o‘zining identifikatori yoki ushbu tizimdagi ismini ma’lum qiladi xolos. Shundan keyin maga- zin sistemadan to‘lovni tasdiqlanishi yoki rad qilinishini so‘raydi. Amal- da tizim elektron magazinga to‘lovni kafolatlaydi. Bunda mijoz o‘zi ha- qidagi ma’lumotlarni faqat bir marta – yaxshi himoyalangan protokollar yoki Internetdan boshqa (masalan, pochta) vositalar orqali ishonchli va himoyalangan tizimga beradi. Tizimda pul mijozga qulay bo‘lgan usul- da yig‘ilib boradi. Agar kredit karta bo‘lsa, mijoz ro‘yxatdan o‘tishi bi- lan, ushbu tizim yordamida to‘lov amalga oshiriladi, kredit karta bo‘l- magan holda pul yetib borguncha (pul o‘tkazish yoki chek orqali) ku- tishga to‘g‘ri keladi. Tizim mijoz va sotuvchining identifikatorini tas- diqlovchi raqamli sertifikatlarni chiqarishga moslashgan va mijozning magazin bilan “suhbat” protokoli ushbu sertifikat va elektron imzolardan foydalanadi. Raqamli naqd pullar (RS turi) – Internetdagi zamonaviy hisob-kitob ko‘rinishlaridan biri raqamli naqd pullar hisoblanadi. Raqamli naqd pul- lar – kupyura va tanga rolini o‘ynovchi juda katta raqamlar yoki fayllar- dir. Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlardan farqli ravishda, bu fayllar pullar haqidagi yozuvlar emas, balki haqiqiy pullardir. Kriptografiyaning za- monaviy usullari, xususan, yashirin imzo algoritmlari ularga ishonchli ishlashlarini ta’minlab beradi. Ushbu turdagi tizimni boshqarish uchun xarajat, boshqa tizimlarga qaraganda ancha ozdir. Shuning uchun ham, bunday tizimdagi hisob-kitoblarda kredit kartasining ularga mayda – 1 AQSh dollaridan kam bo‘lgan hisob-kitoblarda dadil qo‘llash imkonini beradi (bunday kichik to‘lovlar – mikroto‘lovlar deb yuritiladi). Muta- xassislar fikrlariga ko‘ra, Internet tarmog‘ida ma’lumotlar sotish hajmi- ning asosini, aynan, mikroto‘lovlar ta’minlab beradi. Bundan tashqari, raqamli naqd pullarda pul sarflagan mijoz haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmasligi bilan, egasi nomining to‘la sir bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday raqamli pullarning yana bir turi raqamli cheklarni ham keltirish mumkin. Raqamli naqd pullar (Smart Card turi) – raqamli pullar sohasida ya- ratilgan mukammal tizimlardan biri - Smart Card texnologiyasiga asos- langan tizimdir. Zamonaviy smart karta o‘zining protsessoriga, xotira- siga, dasturiy ta’minotiga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish tizimiga ega bo‘lgan kichkina kompyuterdir. Har qanday smart kartada ham ra- qamli naqd pullar bo‘lavermaydi. Hozircha smart karta ularni ro‘yxatdan chiqarilganligi yoki mijoz haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga olgan oddiy- gina debet kartasi sifatida foydalanilmoqda (shartli ravishda “elektron hamyon” deb ataladi). Smart Card ga asoslangan raqamli naqd pullar za- ruriy maxfiylik va anonimlikni ta’minlasa-da, to‘lovni tasdiqlash to‘g‘- risida markaz bilan bo‘ladigan aloqani ta’minlash zaruriyatini ko‘zda tutmaydi. Bu ularning PC (ShK – shaxsiy kompyuter) asosida qurilgan bosh- qa tizimlardan asosiy farqidir. Fayl pullarni diskdan ko‘chirib olish yoki o‘chirib tashlashning iloji yo‘q. Shuning uchun ham, transaksiyalar nol- ga intiladi. Shu bilan birga, bunday tizimni taklif qiluvchi kompaniyalar, kartani bankomatda “to‘ldirish” yoki pulni naqd qilib olish holatlarini hisobga olmaganda, transaksiyalar ustidan nazorat o‘rnata olmaydilar va ular uchun to‘lovlarni qabul qilmaydilar. Hozirgacha, bunday kartalar real hayot jarayonlari; kafe, kino va boshqa joylarda xizmat haqi uchun to‘lovlarda ishlatilib kelingan (pilot dasturlarida). Lekin tez orada (aniq- rog‘i, ularni o‘qish uchun hozirda ishlab chiqilayotgan ShK uchun peri- feriy qurilmalar keng tarqalgan sharoitda) ular Internetdagi hisob-kitob- lar uchun yaroqli bo‘ladi. Hisob-kitoblar turiga ko‘ra, to‘lov tizimlarini quyidagi 3 asosiy gu- ruhga ajratishimiz mumkin: – kredit sxemalar; – debet sxemalar – “elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalar. Yuqorida keltirilgan, to‘lovlarni amalga oshiruvchi har bir tizim o‘zining afzalliklari bilan birga, ba’zi kamchiliklardan ham holi emas. Ularning har biriga quyida to‘xtalib o‘tamiz. Kredit sxemalar. Kredit sxemalarining asosini kredit kartochka- laridan foydalanish tashkil qiladi. Elektron bozorda chakana xarid jara- yonida bunday kartochkalardan foydalanish xuddi oddiy magazindagi xarid jarayonidek bo‘ladi: mijoz tovar yoki xizmatni sotib oladi va so- tuvchiga to‘lov tariqasida o‘z kredit kartochkasi raqamini beradi. Aynan bitta sotuvchidan ko‘p marotaba xarid jarayonida aksariyat hollarda obuna tamoyilidan ko‘proq foydalaniladi: mijoz kredit kar- tochka ma’lumotlarini bir marta ma’lum qiladi va keyingi xaridlarida faqat ismini aytish bilan kifoyalanadi, sotuvchi esa kredit kartochkadan kerakli summani oladi. Obuna tamoyilidan America Online, CompuSer- ve, NewsPage va ESPNET, CyberCash, Open Market, First Virtual kabi kompaniyalar foydalanadi. To‘lovlarning kredit sxemasi asosiy afzallik- lari quyidagilardir: – mijozlar uchun odatiyligi va huquqiy aniqlilik; – MasterCard, VISA, Microsoft va IBM kompaniyalari ishlab chiq- qan SET protokolidan foydalanilayotganligi sababli, maxfiy ma’lumot- larning yetarlicha yuqori darajada himoyalanganligi; Debet sxemasi toifasiga kliring transaksiyalari ko‘zda tutilgan elek- tron hamyonlar yordamidagi hisob-kitoblarni kiritishimiz mumkin (o‘zi- ga xos tomoni shundan iboratki, unda pullar kompyuterning qattiq dis- kida saqlanadi) Virtual hamyonlar tizimiga Cybercoins tizimi (CyberCash kom- paniyasi ishlab chiqqan) misol bo‘la oladi. To‘lovlar debet sxemasi- ning afzalligi shundaki, unda mijozlarga kredit foiz to‘lovlari zaruriyati yo‘q. Debet kartochkalarini qo‘llash keng tarqalgan mamlakatlarda elek- tron bozordagi hisob-kitoblarni amalda qo‘llash jarayonini yengillishti- ruvchi SETprotokolining I modelida, debet sxemalariga ko‘ra amalga oshirilib, ularni amalda qo‘llash jarayoni birmuncha yengillashadi. To‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari Debet sxemasi asosidagi to‘lovlar xavfsizligining zaruriy darajasini ta’minlash muammosi hozirga qadar o‘z yechimini topgani yo‘q. Bunda muammo, kredit sxemalariga o‘xshab, to‘lovlarda SET protokolining xavfsizlikni ta’minlashda samaraliroq tizim ekanligida emas, balki bu sxemalar ortida VISA yoki MICROSOFT nomlarining turmayotganida- dir. Zaruriy xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida bunday nomdor firmalarning qo‘llab-quvvatlamaganligi – to‘lovlar debet sxemasini mashhur bo‘lib ketmayotganining sabablaridan biridir. Shunga qara- masdan mayda to‘lovlar sektorida (muammo unchalik dolzarb bo‘lma- gan) debet sxemalar kredit sxemalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qili- shi mumkin. Elektron pullardan foydalanuvchi sxemalar: O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday sxemalar ham debet sxemalar tarkibiga kiradi. Ikki xil turdagi raqamli naqd pullar mavjud: smart-kartalarda saqlanuvchi va kompyu- terning qattiq disklarida saqlanuvchi. (Misol tariqasida Digicash, Net- cash, Cybercoinlarni keltirish mumkin) elektron hamyon bo‘yicha ham- ma hisob-kitoblarni bank yoki boshqa kliring kompaniyasi amalga oshi- radi. Elektron pullar tizimida kartochkadagi yoki kompyuter qattiq dis- kidagi yozuvlarga muvofiq, summalar u yoki bu valutaga o‘tkaziladi. Bu mablag‘lar erkin konvertatsiyalanib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi alo- qa kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi mumkin. Elektron pullar bilan kliring operatsiyalari o‘tkazilmaydi. Elektron to‘lovlarning bu sistemasi o‘z mohiyatiga ko‘ra naqd pul- larga o‘xshashdir. To‘lov amalga oshiriladigan tizim provayderida ol- dindan naqd pul kupyuralarining elektron analoglari sotib olinadi. Ma- salan, Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan elektron pullarning hayot sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Avvalambor, mijoz o‘z kompyuterida o‘z imzosi bilan, seriya no- meri va nominallarini aniqlagan holda tasdiqlab, elektron kupyuralar ya- ratadi keyin pulni jo‘natadi va u yerda pullar hisob raqamiga real pul ko‘rinishida tushgandan so‘ng, faqatgina nominallarini bilgan holda, u kupyuralarni imzolaydi va uni qayta mijozga jo‘natadi. Xarid qilishda mijoz bu kupyuralarni sotuvchiga jo‘natadi. (Bunda sotuvchi xaridor ha- qida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, xaridor o‘z kupyuralar seriya nomerini faqatgina o‘zi bilgani uchun ham xaridni o‘zi amalga oshirganini doimo isbotlab bera oladi). Sotuvchi ushbu kupyuralarni bankka taqdim etadi va bank ularning haqiqiyligini tekshirganidan so‘ng xaridor hisobiga o‘tkazib beradi. Hozirda Digicash tizimini turli mamla- katlarda bir qancha banklar qo‘llab kelmoqdalar. Masalan, 1998-yilning 4-may kuni Bank Austria o‘z mijozlariga Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan Internet to‘lov tizimida qo‘llaniladigan elektron pullarni taklif qildi. Xususiy shaxslar bilan operatsiyalarda eng katta bank sanaladigan Bank Austria e-Cash texnologiyasini 1997-yil aprelida litsenziyalangan. Mijozlar biror bank bilan kelishuv imzolayotganida, ular dasturiy ta’- minotni o‘z kompyuterlariga olishlari va bankning web-manzili (www. bankaustria.com) orqali on-line tartibda o‘z elektron pullarini faollashtirib olishlari mumkin. Shundan keyin bank bilan ishlaydigan turli magazinlar- dan xarid qilishni boshlash mumkin. “Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning afzalligi: – bu tizim mikroto‘lovlarni amalga oshirishda qo‘l keladi; – to‘lovlarning maxfiyligi ta’minlanadi. “Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning kamchilik- lari esa quyidagilardir: – kupyuralarni oldindan sotib olish zaruriyati; – kredit taklif qilish imkoniyatining yo‘qligi. Elektron naqd pullar SETga o‘rindosh tizimlar bilan yetarlicha yax- shi raqobatga kirisha oladilar. Elektron biznes va to‘lov tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslash- gan aksariyat kompaniyalar qiyin ahvolda qoldilar: Stavkani nimaga qo‘yish kerak, SET tizimidagi to‘lovlargami yoki naqd pul bilan amalga oshiriladigan to‘lovlargami? Agar yaqin o‘tmishda ikkinchi variantga to‘liq ishongan bo‘lsalar, hozirda bunday ishonch deyarli yo‘q. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, konservativ kredit kartochkalarini baribir elektron naqd pullar siqib chiqaradi. 4.2. To‘lov tizimlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari To‘lov tizimi – bu to‘lov vositasi sifatida (standartda ko‘rsatilgan bank plastik kartalari yoki elektron naqd pullar) pulni saqlovchilardan (disklar, smart-kartalar) foydalanishni ta’minlovchi zaruriy dasturiy vositalar yi- g‘indisidir. To‘lov tizimlari elektron biznes tizimi infrastrukturasining aso- siy elementlaridan biridir. Elektron biznes tizimida savdoni takomillashti- rishni amalda qo‘llash ancha ishonchli, istiqbolli va iqtisodiy samarador to‘lov tizimlarini qo‘llash zaruriyati bilan juda ahamiyatlidir. Har qanday to‘lov tizimi optimalligining asosiy mezonlari quyida- gilar hisoblanadi: 1. Transaksiyani amalga oshirish bahosi. 2. Tizim qatnashchilarining javobgarlik (majburiyatlari) darajasi (masshtabi). 3. Xavfsizlik darajasi (ishonchlilik, tizimga kirishga qarshi tura olish, maxfiylik). 4. Salohiyatli mijozlarni jalb qilish darajasi. 5. Interfeysning qulayligi. Hozirga qadar yuzdan ortiq to‘lov tizimlari ishlab chiqilgan. Ular- ning soni doim ortib boradi. Bu tizimlarga aniq tahliliy baho berishning Raqamli pullarni qo‘llashga asoslangan to‘lov tizimlari PayCash http:// www. paycash.ru/ Debetli (to‘lov o‘z schyotidan «to‘lov ki- tobchasi»ga oldindan o‘tkazilgan raqamli naqdiga amalga oshi- riladi) Oldindan ishtirok etadi Aniq realizatsiya- ga bog‘liq. Ko- missiya istalgan bosqichda olinishi mumkin WebMoney http: //www.webmoney.uz/ WebMoney Exchan- ge – «raqamli naqd pullar»ga o‘xshash hi- sob-kitob tizimi; ti- zimda ishlash uchun te- kin bo‘lgan WM Kee- per dasturini o‘rnatish talab etiladi. Dollar Yevro So‘m Rubl Grivnilar ishtirok etadi Naqdsiz bu valuta- larga to‘lov sum- masini 0,8%i miq- dorida, bunda mi- nimal komissiya $ 30, maksimali $ 200 ni tashkil etadi. Kartochkaning har xil turlarini qo‘llanilishiga asoslangan to‘lov tizimlari ASSIST(ASSIST) http://www.assist.ru/ VISA, Euro/Master Card, JCB kredit plas- tik kartochkalari bo‘- yicha to‘lovlar Ishtirok etadi Sotib oluvchi uchun tekin. Magazinga xarid hajmidan (3- 5%) kelishilgan foiz Russia Shopping Club http://www.russianshop ping. com/ To‘lov vositasi bo‘lib plastik kartochka (VI- SA,Master Card, Am Ex, Discover, Euro Card), biznes yoki shaxsiy chek hisob- Kartochka/ chekdagi mab- lag‘larni (bank-emitent tomonidan) dollarga Sotib oluvchi uchun tekin. Magazin uchun – savdo haj- miga ko‘ra maxsus kelishilgan foizni to‘laydi imkoni yo‘q. Shuning uchun ham, keyingi misollarda hozirda amalda keng qo‘llaniladigan to‘lov tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz. O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan zamonaviy Internet to‘lov tizimlari- ning texnologiyalari turlichadir. Ular orasida to‘lov tizimlarining ikkita asosiy tasnifiy guruhi eng katta qiziqish uyg‘otmoqda. Birinchi guruh raqamli pullardan foydalanishga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisida to‘lov- lar kredit kartalar orqali amalga oshiriladi. To‘lov tizimlarining birinchi guruhi tipik vakillariga PayCash va WebMoneyni kiritish mumkin. Ikkin- chi guruhga esa, ASSIST (ASSIST), Russian Shopping Club, CyberPlat (Kiberplat), Instant, InterRussia, ElIT lar misol bo‘la oladi. Ular bir-bi- ridan foydalanishning qulayligi, ruxsatsiz kirishdan himoyalangani, shu bilan birga, narxi bilan farq qiladi. To‘lovlar tizimi 4.1. jadvalda kelti- rilgan elektron pullar juda katta amaliy qiziqish uyg‘otmoqda. Unda bu elektron to‘lov tizimlarining solishtirma bahosi berilgan. 4.2.1. Elektron to‘lov tizimlariga tahliliy baho Amalda ko‘proq qo‘llanadigan Rossiyaning elektron to‘lov tizim- lariga qisqacha ta’rif beramiz. PayCash to‘lov tizimi PayCash (pey kesh) Bu Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir. (Tom Studio web-agentligi mahsuloti). [Bu “Tavri- cheskiy” banki va “Alkorxolding” kompaniyalar guruhi tomonidan ish- lab chiqilgan qo‘shma loyihadir] PayCash tizimi debet toifasiga kiradi, to‘lov oldindan mijoz hisob raqamidan “to‘lov daftarchasi”ga o‘tkazil- gan holda raqamli naqd pulda amalga oshiriladi (tashuvchi – ShK (shax- siy kompyuter)). Ko‘rib chiqilayotgan to‘lov tizimi tarmoqda 1997-yil dekabr oyining boshida paydo bo‘lib, 1998-yilning yanvar oyida omma- viy e’lon qilingan. PayCash tizimi Internet tarmog‘i doirasida keng miq- yosdagi to‘lovlarni tez va samarali amalga oshiruvchi vosita sifatida o‘ylab chiqilgan. Bu kredit kartochkalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizim yoki bank-mijoz tizimi emas, balki aynan Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir. PayCash tizimida ishtirokchilar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun oldindan “hamyon” deb shartli nomlanuvchi maxsus das- turiy ta’minotdan foydalanish majburiyatini oladilar. Foydalanuvchi to- monidan shaxsiy kompyuterda o‘rnatilgan “hamyon” alohida noyob (xos) parametr – “hamyon” yordamida jo‘natiluvchi hamma elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzo uchun kalit yaratib beradi. Kalit faqat “hamyon” bilan bog‘liq va u hosil qilingan kompyuter bilan umu- man bog‘liqligi yo‘q. “Hamyon” egasi hech qanday cheklovlarsiz uni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga erkin o‘tkazishi, uydan, ishxona yo- ki mehmonda bo‘lganida ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Elektron magazin egalari PayCash tizimi yordamida Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishlari va rasmiylashtirishlari mumkin. Hozirgi kunda elektron pullar PayCashning boshqa ishtirokchilari yordamida to‘lovlarni samarali o‘tkazishga sharoit yaratib beruvchi tayyor dasturiy ta’minotni o‘zida to‘la aks ettiradi. PayCash to‘lov tizimining ishtirokchilari banklar ham, mijozlar ham bo‘lishi mumkin. PayCash bir-biri bilan umuman bog‘lanmagan o‘z mahalliy tizimini tashkil qila oluvchi bir qancha banklar borligini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, PayCash hech qanday cheklovlarsiz, bank tizi- mida qo‘llaniladigan, (elektron ko‘rinishda chiqarilgan pul majburiyat- lari) elektron pulning bir ko‘rinishi foydalanadigan global to‘lov tizimini tashkil qilishga imkon yaratadi. Foydalanuvchilar jismoniy va yuridik shaxslar, shu bilan birga, (elek- tron magazinlar, kazino) kompyuter dasturlari bo‘lishi mumkin. Bank uchun har qanday foydalanuvchi bir xil huquqqa ega. Xususan, to‘lovlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lish uchun foydalanuvchi maxsus “elektron magazin” nomini olishi talab etilmaydi. Foydalanuvchi o‘zining Pay Cash tizimi doirasida o‘tkaziluvchi barcha operatsiyalarini “Hamyon” yordamida amalga oshiradi. Tizimning boshqa ishtirokchilari bilan foy- dalanuvchi vint tarmog‘ida xabar almashinuv jarayoni yordamida birga- likda harakat qiladi (“hamyon” yordamida tayyorlangan va jo‘natilgan). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, PayCash tizimida foydalanuvchi, oddiy qog‘oz pullari singari yo‘qotib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, elek- tron ko‘rinishda chiqarilgan (elektron pullar), taqdim etuvchi uchun bank majburiyatlariga o‘z buyrug‘ini oladi. Masalan, kompyuter nosoz- likka uchrasa yoki o‘g‘irlab ketilsa, o‘z kompyuteriga o‘tkazgan, lekin xarajat qilishga ulgurmagan mijoz hamma pulini yo‘qotadi. Shu tarzda PayCash tizimi oddiygina mijoz-bank tizimi emas, balki nomi ko‘rsatil- magan elektron pullar tizimidir. Bu yana shu bilan o‘z isbotini topadiki,Parametrlar Izoh 1. Ko‘pvalutalik. Tizim bir vaqtning o‘zida 255 xildagi turli valutalar bilan ishlashi mumkin 2. Mumkin bo‘l- gan to‘lovlar dia- pazoni. Bir martada mijoz boshqa har qanday mijozga 0,01 kopeyek va undan yuqori bo‘lgan summani to‘lashi mumkin. Real to‘lov- larning quyi chegarasi sog‘lom fikr va bank uchun komissiya to‘lovlari summasi miqdori bilan belgilanadi. unda bank mijozga o‘z kompyuteriga o‘tkazishga ulgurgan elektron pullarni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatilishiga qarshi turishi va tizimdagi barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Agar mijozga o‘z pullarini PayCash tizimidan tashqariga olib chi- qish talab etilsa, u mablag‘ning ma’lum qismi yoki hammasini o‘z hisob raqamidan oddiy bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq beradi. Masalan, naqd pulsiz bank o‘tkazmasi yordamida oddiy maga- zinda to‘lovni amalga oshirish yoki ularni naqd pulda olish. PayCashda, Internet tarmog‘idagi naqd pul to‘lov tizimilari kabi, to‘lov tizimi ishti- rokchilari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida bank tomonidan chiqarilgan elektron pul majburiyatlaridan foydalaniladi. PayCash to‘lov tizimining ishlash sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega. Bo‘lajak mijoz “hamyon” yordamida bankda hisob raqam ochadi (hisob raqam Internet tarmog‘ida shaxsiy kompyuter yordamida ochiladi). Keyin u tanish usullar orqali shu hisob raqamga pulni o‘tkazadi (masalan, bank kassasiga naqd pul topshirish, bank yoki pochta o‘tkazmalari, kredit kartalar yordamida). Shundan keyin u rasmiy mijozga aylanadi. PayCash tizimi doirasida hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, mijoz o‘z kompyu- terida “hamyon” yordamida bir yoki bir necha to‘lov daftarchalari hosil qiladi. Undan keyin esa, yana “hamyon” yordamida bankdagi hisob ra- qamidan bir to‘lov daftarchasiga, ya’ni o‘z kompyuteriga ma’lum miq- dorda pul o‘tkazadi. Bunda bank qaysi to‘lov daftarchasiga pul o‘tkazil- ganini aniqlay olmaydi. U (ya’ni bank) to‘lov daftarchalarining aniq kimga tegishli ekanini ham bilmaydi. Shundan keyin mijoz o‘z daftar- chasidagi pul mablag‘laridan Internetda anonim tarzda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Har bir to‘lov bank tomonidan alohida avtorizatsiya qilinadi. To‘lov summasi 0,01 kopeyek, AQSh dollari uchun esa 0,001 sent aniqlikda istalgan raqam bilan ifodalangan bo‘lishi mum- kin. 4. Himoyalanganlik. Tizimning barcha qatnashchilari bir-birlaridan va tashqi «tash- rif»lardan himoyalanganlar, chunki ularning ixtiyorlarida o‘z- larining haq ekanliklarini isbotlash va vijdonsiz hamkorlarni fosh etish uchun texnik vositalar mavjud. Raqamli imzolar uchun 1024 bitlik kalitlari bilan RSA algoritmi qo‘llaniladi. 5. Xavfsizlik. Tarmoq bo‘yicha qayta uzatishda barcha ma’lumotlar krip- tografik davralarda barqaror obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan usul- lar bilan shifrlanadi. Bunda 1024 bitdan qisqa bo‘lmagan ochiq kalitlardan va 128 bitdan qisqa bo‘lmagan simmetrik kalitlar- dan foydalaniladi. Shuning uchun ham kerakli hisob-kitoblar yordamida shifrlangan ma’lumotlarni yo‘lda ushlab olishning ehtimoli juda kam. 6. Aloqadagi uzi- lishlarga nisbatan barqarorligi. Agar moliyaviy operatsiyaga xizmat ko‘rsatayotgan qaydaydir ma’lumot almashinuv protokoli muvaffaqiyatli yakuniga yet- magan bo‘lsa ham tomonlarning hech biri pulini yo‘qotmaydi. 7.Operatsiyalar da- vomiyligi. Agar bankda Pentium-200 rusumli kompyuterdan foydalanila- yotgan bo‘lsa, mijoz tomonidan initsiallashtirilgan har qanday operatsiyani u 0,1 dan 0,5 sekundgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bajara oladi. 8. Mijoz kompyu- terida elektron pul- larning hayot vaqti. Mijoz kompyuteriga o‘tkazilgan elektron pullar operativ to‘lov qobiliyatini bank shifrlari o‘zgartirilgunga qadar saqlab turadi. Shifrlar o‘zgartirilishining davriyligi bir necha yilni tashkil eti- shi mumkin. Mijoz elektron pullarini sarflash uchun yetarli vaqtga ega bo‘ladi. Mijozning yo‘qotilgan to‘lov qobiliyatini tiklash varianti ham ko‘zda tutilgan. 9. Masshtablanish. Pentium-200/64MB/5GB kompyuteridan foydalanishga asos- langan bank serveri bir sutkada 150 000 gacha transaksiyalar- ni (to‘lovlar va shunga o‘xshash operatsiyalarni) amalga oshi- rishi mumkin. 10. Teng huquqli- lik. Barcha mijozlar amalda teng huquqlidir, xususan, ulardan har biri pul to‘lashi ham, pul olishi ham mumkin. 11. To‘lovlarning bir-biri bilan bog‘liqligi. Bank o‘z vositalari yordamida ma’lum to‘lovda qatnashuvchi pullar qaysi schyotdan kelganini bila olmasa ham u bir to‘lov kitobchasidan (kimga tegishliligi noma’lum) amalga oshirilgan barcha to‘lovlarni aniqlashning prinsipial imkoniyatiga ega. To‘lovlarning bunday bog‘liqligi xususiyati mijoz anonimligi- ga muayyan tajovuzdir. Bu tajovuzni kamaytirish uchun mijoz vaqti-vaqti bilan eski kitobchalardan foydalanishni to‘xtatib yangi to‘lov kitobchalarini ochishi mumkin. 12. To‘lovlarning anonimligi. U ikki darajada ta’minlanadi. Birinchidan, bankda schyot ochi- layotgan vaqtda mijoz o‘zi to‘g‘risida hech qanday axborot bermasligi mumkin. Ikkinchidan, har qanday to‘lov uchun bank qaysi schyotdan pul olinganligini aniqlash imkoniyatiga ega emas, chunki elektron pullarni hisob raqamlaridan to‘lov kitobchalariga o‘tkazishda mijozlar yashirin imzo texnologi- yadan foydalanadilar. 13. Elektron poch- taning qo‘llab-quv- vatlanishi. Tizim to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirishni ko‘zda tutsa ham, unga ayrim cheklovlar bilan elektron pochtani qo‘l- lab-quvvatlash unsurlari kiritilishi mumkin. PayCash to‘lov tizimining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 1. PayCash, yuqorida ta’kidlanganidek, Internet muhitida naqd pul to‘lovlar tizimidir; 2. Ushbu to‘lov tizimining muhim ijobiy tomoni – undan foydala- nishning oddiyligida; 3. Uning qo‘llanilishi kredit kartochkalaridan foydalanishni bekor qiladi; 4. To‘lovlar ancha xavfsiz, eng muhimi esa anonim tarzda amalga oshiriladi; 5. Foydalanuvchi odatiy naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshi- ruvchi PayCash tizimida hisob raqamga ega bo‘ladi; 6. PayCash tizimi bilan ishlash O‘zbekiston qonunchiligiga zid emas, undagi moliyaviy operatsiyalarning hammasi qonuniy va belgilan- gan tarzda, buxgalteriya hujjatlari asosida yuritilishi mumkin; 7. PayCash bir bankka tegishli bo‘lmasdan, mahalliy va global to‘- lov tizimlarini yaratiishga tayyor ochiq tizimdir. Bu esa, kelajakda Pay- Cash ga ulanish uchun mijozga bankni o‘zgatirishi talab etilmaydi; 8. Har qanday tizim ishtirokchisi; ham to‘lovchi, ham to‘lovni qabul qiluvchi bo‘la oladi. Bu esa, PayCash tizimi “hamyon”lari egasiga o‘z pul mablag‘larini boshqarishda keng imkoniyatlar ochib berishi bilan birga, Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishni tashkil etishni osonlashtiradi. PayCash tizimi kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: 1. Agar oddiy savdoda qallobni topish ehtimolligi ma’lum darajada bor bo‘lsa, anonim tizimda pul o‘tkazishda bu zanjir uziladi va aybdor jazosiz qoladi; 2. Shartli ravishda “hamyon” deb ataluvchi dasturiy ta’minot hozir- cha tashqi aralashuvdan to‘liq himoyalanmagan. Masalan, diskdagi hech qanday ma’lumot shifrlanmagan, kirishga kalit so‘zi uchun ma’lum che- garalar qo‘yilmagan, operatsion tizim tomonidan svop-fayldagi tanqidiy ma’lumotlarni diskka yozishni himoyalash bo‘yicha xavfsizlik choralari ko‘rilmagan va boshq. Agar begonalarning (“troyanlar” va viruslar) kompyuterga kira olmasliklarini hisobga olmasak, to‘lov tizimlari mijozlarining manfaatlari yetarlicha himoyalanganini ko‘ramiz. 3. Ma’lumotlarni shifrlashda juda qimmat tizimdan foydalanganligi. WebMoney to‘lov tizimi To‘lov turi: Web Money Exchange – “raqamli naqd pullar”ga o‘x- shash Internet hisob-kitoblari tizimi. Tizimda ishlash uchun WM Keeper Classic va WM Keeper Light bepul dasturini o‘rnatish talab etiladi. Ko‘p valyutalilik: AQShning dollari, Rossiyaning rubli, Yevropaning yevrosi, Ukrainaning grivnisi va O‘zbekistonning so‘m pullari saqlanadi. Transaksiya bahosi: IMTB, Web Money naqdsiz pul o‘tkazmalari uchun “hamyon”ingizdan quyidagi tariflar bo‘yicha pul ushlab qoladi: Tizim ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda vositachilik xaki faqat mablag‘ni jo‘natuvchidan undiriladi va o‘tkazil- gan mablag‘ summasining 0,8%ni tashkil etadi. Xar bir transaksiyani amalga oshirganlik uchun tizim to‘lov sum- masining 0,8% miqdorida, lekin 100WMY dan kam va 55000WMY dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tarif undiriladi ( bir WM– indentifikatorning hamyonlari bilan o‘tkazilgan operatsiyalar bundan mustasno). Transaksiyalarni amalga oshirganlik uchun tariflar o‘zgarishi mumkin. O‘zbekistonda www.webmoney.uz to‘lov tizimi 2007-yildan boshlab qo‘llanilib kelmoqda. Bu saytning ko‘rinishi Tizimning afzalligi: Web Money tizimidagi to‘lovlar anonim bo‘l- gani sababli, pul harakati ustidan nazorat qilib bo‘lmaydi, elektron biz- nes ishtirokchilari biri ikkinchisiga qachon va nima uchun pul o‘tkaz- ganini bilib bo‘lmaydi. Web Money tizimida identifikator taqdim etiladi, bu degani ro‘y- xatga o‘tish vaqtida WebMoney Transfer tizimi ishtirokchisiga ish olib borish uchun zarur bo‘ladigan 12-raqamli unikal WM-identifikator taq- dim etiladi. WM-identifikator tizim foydalanuvchisining unikal belgi- lanishi hisoblanadi. WM-identifikator egasi o‘zi mustaqil ravishda foydalanish parolini kiritadi va maxfiy kalitlar saqlanadigan fayllar va hamyonlarning saqla- nish joyini belgilaydi. U dasturning ma’lumotlar qismiga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishi, zarur bo‘lganida ularni o‘zgartirishi mumkin. Tizimda identifikatsiyadan tashqari Siz WM-identifikator yordami- da maxfiy kalit va uning paroli asosida autentifikatsiya jarayonini ham olib borasiz. Maxfiy kalit Sizning mulkingiz hisoblanib, boshqa shaxs- larga berilmasligi kerak. WM-identifikator egasining shaxsini aniqlash uchun tizimda WM- attestatsiya tadbiri olib boriladi. Tizim foydalanuvchilariga o‘zlarining ilovalarini ishlab chiqishlari shartida identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarini avtomatlashti- rilgan tizimda olib boriladi. Xavfsizlik xizmati WebMoney Transfer texnologiyasi Internet tizi- mi orqali ma’lumotlarni ayir boshlovchi dasturlarga qo‘yiladigan xavf- sizlik talabga to‘la javob bergan holda ishlab chiqilgan. Muayyan cho- ra-tadbirlar orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlari va mablag‘larining xavfsizligining ta’minlovchi samarali tizim ishlab chiqilgan. Tizimda qo‘llaniladigan xavfsizlik chora-tadbirlaridan bir qanchasi- ni ko‘rib chiqamiz. WM Keeper dasturiga kirish uchun foydalanuvchining 12-raqamli unikal WM-identifikatorini va parolini (foydalanuvchi tomonidan kiriti- ladi), shuningdek, maxfiy kalitlar va hamyonlar saqlanadigan fayllarning kompyuter xotirasidagi saqlanish joyini bilish talab qilinadi. Dasturning tuzilish arxitekturasi o‘zga foydalanuvchilarning WM- hamyonlaridan noqonuniy foydalanish va hisobida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan WM-hamyonlardan hisob-kitoblarni amalga oshirish holat- larining oldini oladi (bundan kredit kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimlari mustasno)Dasturning barcha operatsiyalari —WebMoney larni hamyonlarda saqlash, hisob raqamidan ko‘chirma, foydalanuvchilar RSA simon algo- ritmlardan foydalangan holda kodlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Har bir seans uchun amalga oshiriladigan operatsiyalarning maxfiyligini ta’minlash uchun unikal seans kalitlari ishlatiladi. Dastur doirasida aloqa uzilishlari uchun turg‘unlik oliy darajada. Agar biror bir operatsiya samarali amalga oshirilmasa, u tizim tomoni- dan inobatga olinmaydi. Transaksiyalarni amalga oshirish vaqtida mab- lag‘lar doim biror bir tomonning WM-hamyonlarida joylashgan bo‘ladi. Oraliq holat tizimda mavjud emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, WM-mab- lag‘larining yo‘qotilishi kabi holatning vujudga kelishi umuman mum- kin emas. O‘rnatilgan texnologik mexanizmlardan tashqari tizimda foydala- nuvchilarning o‘zlari tomonidan o‘rnatiladigan qo‘shimcha xizmatlar ham mavjud. Maxfiylik: Xohishingizga qarab WM Keeper dasturining ilovalari orqali siz o‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni (ismingiz, familiyangiz, e- mail, pochta manzili va x.q.). WebMoney Transfer dasturining boshqa foydalanuvchilari nazaridan berkitishingiz mumkin. Bunday holatda operatsiyalarni amalga oshirishingizda ikkinchi tomon siz haqida ma’lu- motlarga ega bo‘la olmaydi. Agarda keyinchalik sizning tijorat hamkoringiz o‘zingiz to‘g‘ringiz- dagi ma’lumotlarni ko‘rsatishni talab qilsa va siz bunga rozi bo‘lsangiz, WM Keeper dasturining ilovalari bu ma’lumotlarni ko‘rinadigan qilish- ga imkoniyat beradi. WM-identifikatori orqali ishlatadigan WM-hamyonlarning raqam- larini aniqlash mumkin emas. Xohishingiz va kompyuteringizga qarab WM Keeper dasturining bir nechtasini o‘rnatib tizimga turli xil WM- identifikatorlar orqali kirishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish: WebMoney Transfer tizimining foydalanuv- chisi bo‘lish uchun o‘z ShK (shaxsiy kompyuteringiz) ga mijozlik das- turini o‘rnatishingiz va dastur interfeysi orqali tizimda ro‘yxatdan o‘ti- shingizning o‘zi kifoya. Ro‘yxatga o‘tish vaqtida tizim bitmiga imzo chekishingizni va o‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng foydalanuvchi identifikatori – WM-identifikator topshiriladi. Shuningdek, turli xildagi WM-hamyonlar ochiladi. O‘z hamkorlaringizga o‘zingizning WM-hamyoningizning raqamini ma’lum qilib, ulardan WM larni olishingiz mumkin bo‘ladi. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun WM Keeper dasturining ikki ver- siyasidan birini o‘z kompyuteringizga o‘rnatishingiz kerak bo‘ldi WM Keeper - Classic yoki Light. WebMoney Transfer tizimidan foydala- nuvchilar qatoriga qo‘shilish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: WM Keeper Classic mijozlar dasturining installatsion arxivi ShKga ko‘chirib olinadi. 5 Olingan faylni u joylashgan papkadagi fayl nomida installatsiya qilish lozim. Installatsiya jarayonida ekranda paydo bo‘luv- chi ko‘rsatmalarga rioya qilish kerak. Installatsiyadan so‘ng vazifalar paneli (ekranning chap tomonidagi quyi burchak) da «Пуск» («Start») menyusidagi WM Keeper belgisini bosib, dasturni ishga tushirish kerak. Paydo bo‘lgan dialog darchasida ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tishni tanlash lozim. Shundan so‘ng bizga maxfiy kalitli fayllar va hamyonlar joylangan fayllarni saqlash uchun kompyuter xotirasidagi joyni ko‘rsa- tish va dasturni ishga tushirish uchun parol tayinlash taklif qilinadi. Qatorlarni to‘ldirib «Создат»ni tanlash kerak. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘z-o‘zidan amalga oshadi. Tizimga ki- rish uchun zarur bo‘lgan betakror WM-identifikator beriladi. Uni, uning parolini yozib olish lozim va albatta kalitli fayldan ehtiyot shart nusxa ko‘chirib oling. Dastur o‘rnatilgach, u R-, Z-, E- va Y-rusumli hamyon- lar yaratadi. Hamyonlardan tizimda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishingiz mumkin. WM Keeper dasturini ishga tushirish ham start menyusidan amalga oshiriladi. Ekranda WM-seyf tasviri pay- do bo‘lgach, «Вход» («Kirish»)ni tanlab, ro‘yxatga o‘tish paytida ta- yinlangan o‘z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiritish lozim. Das- tur sertifikatlashtirish serveriga ulanishini (Online holati) kutish kerak va natijada o‘z WM-hamyonlarini va tizimdagi operatsiyalarga kirish imko- niyatiga ega bo‘ladi. WM Keeper Classic dasturi Windows 98 SE, Windows Me, Win- dows 2000, Windows XP, Windows 2003 operatsion sistemalarida ish- laydi. Windows 98 da ishlash uchun qo‘shimcha Distributed Component Object Model (DCOM) o‘rnatish lozim. DCOMning oxirgi versiyalarini Microsoft kompaniyasining saytidan topish mumkin (DCOM98 1.3). WM Keeper Classic dasturining ruscha versiyasi bilan ishlashda tegishli operatsion sistemaning ruscha tahriridan mahalliylashtirilgan inglizcha versiyadan foydalanish lozim. WM Keeper Light bilan ishlash uchun kompyuterga WebMoney Transfer sertifikatini o‘rnatish va brauzerni ishga solish kifoya. WM Keeper Light brauzerlarning har xil versiyalarini quvvatlaydi, shu bois har qanday platformada ishlash mumkin. Microsoft Internet Explorer yoki Netscape da ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy sertifikat olish mumkin va www.wmcert.com saytida bajariladi. Operada ro‘yxatdan o‘tish va shax- siy sertifikat olish uchun «Сервис-Настройки-Сет» menyusidagi Opera ko‘rsatkichlarida brauzer identifikatsiyasini o‘rnatish lozim: Mozilla 5.0 sifatida ifodalanadi. WM Keeper Light server ilovasini ishga tushirish uchun shaxsiy sertifikat o‘rnatish va https://www.light.webmoney.ru saytiga kirish lozim. WM Keeper Light interfeysining tavsifini ishga solingan dasturda menyuning «Помощ» («Yordam») bandidan topish mumkin. Dastur bi- lan ishlash paytida tug‘ilgan savollarga javob olish uchun «?» belgili ikonkalardan ham foydalaniladi - sichqoncha ularga to‘g‘rilanganida in- terfeys elementiga (ustun yoki satrga) tegishli tavsif paydo bo‘ladi. Tizimning kamchiligi: 1024 bitgacha uzunlikda bo‘lgan kalitdan foydalanishni ko‘zda tutuvchi shifrlashning juda qimmat ekanligi. Shu bilan birga, bu tizimni qayta shifrlash imkoniyatini keltrib chiqaruvchi algoritmlarni ishlab chiqish yoki chiqilmasligiga aniq ishonch yo‘qligi. ASSIST to‘lov tizimi ASSIST to‘lov tizimi – Kiperblat tizimi to‘lov interfeysi. 1999- yilning aprelida muomalaga kiritilgan. U “Platina” biznes banki (Mosk- va) va “Reskoft” MChJ (Sankt Peterburg) tomonidan yaratilgan va foy- dalaniladi. ASSIST to‘lov tizimi (http://www.assist.ru/) kredit kartalar bo‘yicha Internet to‘lov tizimlari amal qilishining xalqaro qoidalar doi- rasida va elektron magazinlardagi xaridlar uchun to‘lovlarning tasdiq- langan jarayonlariga ko‘ra ish yuritadi. Tovarni xarid qilish jarayoni Amerika va Yevropa magazinlaridan hecham farq qilmaydi. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Elektron magazindagi xaridni to‘lash uchun mijozga biror xalqaro to‘lov tizimi (VISA, EuroCard/MasterCard, Diners Club, JCB i American Express) lardan birining kredit kartochkasi bo‘lishi kifoya. Kartochka har qanday xalqaro yoki O‘zbekiston biznes banklari tomonidan muomalaga chiqarilishi mumkin. Kartochka to‘g‘ri- sidagi barcha ma’lumotlar shifrlangan tarzda avtorizatsiyalashgan ser- verga beriladi. Xaridor to‘lovni qaysi valutada amalga oshirganligiga qa- ramasdan, magazin hisob raqamiga faqat so‘mlarda kelib tushadi. Ma- gazin so‘m yoki AQSh dollariga hisob talabini qo‘yishi mumkin (bun- day holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu kundagi kursi bo‘yicha konvertatsiya amalga oshiriladi). To‘lov vositasida kredit kartochkalaridan foydalanilganligi bois, transaksiyalar oralig‘i istalgancha bo‘lishi mumkin. Mijozning dasturiy ta’minoti sifatida har qanday web brauzerni olish mumkin. Qo‘shimcha hech qanday dasturiy ta’minot o‘rnatish talab etilmaydi. Server dasturiy ta’minot sifatida DynaSite dan foydalanadi. ASSIST ti- zimida maxfiy, shifrlangan ma’lumotlar yordamida qayta ishlash uchun mi- jozdan bankka o‘tkazish vaqtida to‘lovlarning xavfsizligi ta’minlanadi. Olin- gan maxfiy mijoz ma’lumotlarini qayta ishlash (karta rekvizitlari, ro‘yxatga olish ma’lumotlari va boshq.) “Platina” bankining Cyber-Plat tizimi back-of- fice da amalga oshiriladi. Shunday qilib, mijozning bank va shaxsiy ma’lu- motlarini, shuningdek, uning boshqa elektron magazinlarda qilgan xaridlari to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni hech kim, xatto sotuvchi ham ololmaydi. Elektron magazinga to‘lovni qayta ishlash natijalari haqidagi ma’lu- motlarni berishda, 512 bit uzunlikda ochiq tarzda bo‘lingan kriptografiya ko‘rinishidagi notekis algoritm asosidagi raqamli imzolardan foydalaniladi. Bunday uzunlikdagi kalitni soxtalashtirish juda mushkul bo‘lib, uni ochish juda katta mablag‘ talab etadi (mutaxassislar fikricha, 8 mln AQSh dollari). Berilayotgan ma’lumotlarning xavfsizligi Ma’lumotlarni mijozdan server tizimiga berish bosqichida shifrlash uchun SSL 3.0 protokolidan foydalaniladi. Raqamli sertifikatlar berish markazi – Verisign kompaniyasi tomonidan unga sertifikat berilgan. Bunda to‘lovlarning maxfiy ma’lumotlarni mijozdan bankka, keyincha- lik qayta ishlashi uchun berayotgan vaqtda shifrlashdan foydalanishi bilan uning xavfsizligi ta’minlanadi. Kelgusida ma’lumotlar berish, ki- rish mumkin bo‘lmagan yopiq tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladi. ASSIST tizimi yordamida o‘tkaziladigan hisob-kitoblar O‘zbekiston qo- nunchiligiga to‘liq mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining tegishli moddalari orqali tartibga solinadi. Bank kredit kar- tochkalari yordamidagi to‘lovlar MoTo (Mail order Telephone order) sxemasi asosida o‘tkaziladi (tegishli to‘lov tizimlari (VISA, Europay, Diners Club) qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda) va O‘zR Markaziy bankining “Kredit tashkilotlarining bank kartochkalarini emissiya qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalarda hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida” gi nizomini qanoatlantiradi. Kredit kartalari bilan hisob-kitoblar: biron VISA, Eurocard/MasterCard, Diners Club, JCB bank kredit kartochkalari egasi (keyinchalik “Xaridor”) elektron magazinlarda xaridlarini to‘lashi mumkin. ASSIST to‘lov tizimiga asoslangan kredit kartochkalar bilan hisob- kitoblar sxemasi. ASSIST to‘lov tizimidan foydalanuvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatni tushuntirib beramiz: 1. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi, tovarlar to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli kredit kartochkasini tanlaydi; 2. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto- rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi, buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi; 3. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi, tovarlar to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli kredit kartochkasini tanlaydi; 4. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto- rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi, buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi; 5. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri himoyalangan protokol (SSL 3.0) bo‘yicha xaridor bilan aloqani tiklaydi va undan kredit kartochkasi pa- rametrlarini qabul qilib oladi (ya’ni kartochka raqami, uning amal qilish muddati, kartochkada ko‘rsatilgandek, kartochka egasining ismi-sharifi). Kartochka haqidagi ma’lumot himoyalangan ko‘rinishda avtorizatsiyalash- gan serverga beriladi. U xaridor bilan operatsiyalarda magazinga berilmaydi. 6. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri olingan ma’lumotlarni av- val qayta ishlaydi va uni tizimning hisob-kitob bankiga (keyinchalik “Bank” deb yuritiladi) beradi. 7. Bank tizimda bunday ma’lumot mavjudligini tekshiradi va ope- ratsiyaning belgilangan tizim cheklanishlari doirasida ekanini aniqlaydi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra transaksiya avtorizatsiyasini o‘tkazishni ta- qiqlaydi yoki unga ruxsat beradi. Avtorizatsiya taqiqlangan sharoitda Bank ASSIST avtorizatsiya- lashgan serveriga to‘lov o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida xabar beradi. Avtorizatsiyalashgan server xaridorga sababini ko‘rsatgan holda rad ja- vobini beradi. Bundan tashqari, avtorizatsiyalashgan server magazinga buyurtma raqamini ko‘rsatib, uning inkor etilganini xabar qiladi. Avtorizatsiyaga ruxsat berilganda esa, uni qabul qilish uchun so‘- rovnoma yopiq bank tarmog‘i orqali xaridor kredit kartochkasi bank- emitentiga yoki bank-emitent vakil bo‘lgan to‘lov tizim kartalari jara- yonlari markaziga uzatiladi. Karta to‘lov tizimlari markazidan olingan avtorizatsiyadan ijobiy natija olingan holatda: a) Bank ASSIST avtorizatsiyalashgan serveriga avtorizatsiyaning ijobiy natijasi haqida xabar beradi; b) Avtorizatsiyalashgan server xaridorga ijobiy natija haqida xabar beradi. v) Avtorizatsiyalashgan server avtorizatsiyaning ijobiy natijasini buyurtma raqami bilan Magazinga uzatadi; g) Bank va Magazin o‘rtasidagi mavjud shartnoma munosabatlariga muvofiq bank magazin hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazadi; d) magazin xizmat ko‘rsatadi (tovarni berib yuboradi). 4.1-rasm. ASSIST to‘lov tizimi bo‘yicha kredit kartalari vositasida hisob-kitoblar sxemasi Tovar yetkazib berish

Download 100.08 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 100.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron to‘lov tizimlari Paycash tizimining asosiy parametrlari Assist to‘lov tizimidan foydalanuvchi

Download 100.08 Kb.