TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASh FAKULTeTI
FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
TASDIQLAYMAN
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
professor Teshaev O.R. Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
____________________
«27» avgust 2015y.
Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR ARTERIAL TROMBOZLAR VA EMBOLIYALAR
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun
Toshkent – 2015
TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASh FAKULTETI
FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Davolash fakulteti dekani
professor Zufarov P.S.
____________________
«27» avgust 2015y.
Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR ARTERIAL TROMBOZLAR VA EMBOLIYALAR
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun
Jarroxlik UMK yig‘inida
ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan
protokol № ____
«27» avgust 2015y.dan
Toshkent – 2015
O‘TKIR ARTERIAL TROMBOZLAR VA EMBOLIYALAR
O‘QUV TeXNOLOGIYASI
Talabalar soni – 60-120.
|
Davomiyligi – 90 min.
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Ma'ruza – vizualizatsiya.
|
Ma'ruza rejasi
| -
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar xakida tushuncha.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar tasnifi.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar sabablari.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar klinik manzarasi.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar tashxis kuyishi.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar davolash usullari: jarroxlik va endovaskulyar.
-
Xirurgik amaliyotda uchragan misollar demonstratsiyasi (bemorlar, slaydlar, angiogrammalar).
|
O‘quv mashg‘uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarni o‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar, amaliyotlardan keyingi kelib chikadigan asoratalar va sabablar, uning rivojlanishi, klinik kelib chikishi va asoratlari, kiyosiy tashxislash, tekshiruvlar va davolash usullari bilan tanishtirish.
|
O‘qituvchining vazifalari:
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi lozim:
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar tushunchasi, kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillari.
-
O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar diagnostikasi.
-
Differensial diagnostika o‘tkazish xususiyatlari.
-
Xirurgik davolash tamoyillari.
-
Reabilitatsiya va profilaktika o‘tkazish tamoyillari.
|
O‘quv metodlari va texnikasi
|
Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.
|
O‘quv vositalari
|
Lazer proektor, vizual materiallar, informatsion ta'minot.
|
O‘quv shakllari
|
Kollektiv bilan ishlash.
|
O‘quv sharoitlari
|
TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.
|
MA'RUZANING TeXNOLOGIK KARTASI
Bosqichlar, davomiyligi
|
Faoliyat
|
O‘qituvchi
|
Talabalar
|
1 bosqich
Kirish
(5 minut)
|
1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi
|
1. Tinglaydilar.
|
2 bosqich
Bilimlar aktualizatsiyasi
(20 minut)
|
2.1. Talabalar bilimlarini aktualizatsiya qilish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni berish.
Blits-so‘rov o‘tkazadi.
2.2. Ma'ruza demonstratsiyasi va slaydlar taxlili.
|
2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2. Ko‘rsatilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.
|
3bosqich
Informatsion
(55 minut)
|
3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘nal-tiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi.
Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.
|
3.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.
|
4 bosiq
Yakuniy
(10 minut)
|
4.1. Savollar beradi.
4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.
|
4.1. Savollarga javob beradilar.
4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar.
|
Maruza mavzusini asoslash. Utkir arterial trombozlar va emboliyalar
Xozirgi zamon angiologiyasi o‘z ta'sirini kardiologiya, terapiya, gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir qator muammolariga yo‘naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma'lum bo‘lmagan yangi kasalliklari - nospetsifik aortaarteriit va fibroz displaziya diagnostika qilinyapti va o‘rganilyapti.
Maruza maksadi: talabalarni utkir ararial tutilishi bilan tanishtirish, ularga bu kasalik keltirib chikaradigan omil va sabablarni tushintirish, diagnostika va zamonaviy davolash usulini urgatish.
Maruzani tarbiyaviy axamiyati: Talaba embologen kasaliklar xakida xabardor bulishi kerak, shuni esda tutish kerakki 80-95% emboliyalarni sababi yurak xastaliklari buladi.
Maruza vazifalari:
-
UAT xakida tushuncha berish.
-
Tromboz va emboliyalar rivojlanish mexanizmlarini tushintirish.
-
Kasalik klinik kechishini tushintirish.
-
Differensial diagnostika kilish.
-
Zamonaviy tekshirish usulari bilan tanishtiish.
-
Misollar demonstarsiyasini amalga oshirish.
Taxlil kilinishi kerak bulgan savollar:
1. Kon ivishiga boglik bulgan sistemalar – 10 min
2. UAT xakida tushincha - 5 min
3. Trombo va embologen kasaliklar - 15 min
4. UAT klinikasi va diagnostikasi - 15 min
5. Differensial diagnostika va davolash - 20 min
6. asorat va profilaktika - 15 min
Auditoriyaga beriladigan savolar
1. Utkir ararial tutilish nima?
2. UAT keltirib chikaradigan sabablarni kursating
3. Tromboz nima?
4. Emboliya nima? Trombozdan farki
5. Arterial emboliyani asosiy sababini ayting
6. Virxov triadasini ayting
7. UAT gi taktika
8. UAT kanday operatsiyalar kininadi?
9. Operatsiyalarga absolyut karshi kursatmalarni ayting
10. UAT profelaktik chora tadbirlar
Utkir ararial tutilish
Anatomik-fiziologik xususiyatlar
Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta'siri xozir g‘oyatta katta va undan go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo etadi.
Bemorlarni tekshirish metodlarini yoritishdan oldin arterial sistemaning ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz, nospetsifik aortaarteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan endarteriit.
Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi, kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir.
Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G. F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xolesterin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga o‘tadi.
Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi.
Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) - xalq. [[Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), jumladan, [[Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.
Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan.
Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig‘lanish xodisalari yuz beradi.
Tekshirish usullari. Tomirlar patologiyasi bor bemorlarni tekshirish metodlarini 4 bosqichga bo‘lish mumkin:
I. Ambulatoriyada tekshirish bosqichi.
1.Kasallik shikoyatlari, anamnezini, kechish xarakterini batafsil yig‘ish va taxlil qilish. Odatda birinchi navbatda biror organda qon aylanishi yetishmovchiligi bilan bog‘lik simptomlar aniqlanadi. Ularning zararlangan organ funksional aktivligi paytida paydo bo‘lishi yoki kuchayishi o‘ziga xosdir. Oyoqlarda yurganda og‘rik paydo bo‘lishi va tinch turganda yo‘qolishi oyoq arteriyalari stenozi va okklyuziyasi simptomi yoki aorta bifurkatsiyasi simptomi hisoblanadi va «o‘zgarib turadigan oqsoqlik» deyiladi. Qo‘ldagi shunday og‘riqlar qo‘l arteriyalarining zararlanganidan dalolat beradi. Hazm cho‘qqisida qorindagi og‘riq visseral qon aylanishi surunkali buzilganligini ko‘rsatadi. Og‘riqning xarakteri, kuchi, joylashuviga ko‘ra muayyan tomir xavzasidagi qon aylanishi buzilishi, ishemiya darajasi va uning rivojlanish sur'atlari to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Parasteziyalar (uvishib qolish, igna sanchilganday, chumoli o‘rmalaganday sezgi bo‘lishi) ham qon aylanishi yetishmovchiligi belgilaridir. Funksional faollik paytida ular kuchayadi.
Bosh aylanishi, sinkopal holatlar, vaqti-vaqtida ko‘z ko‘rmay qolishi braxiotsefal tomirlar yoki umurtqa arteriyasining stenozga uchrash oqibati hisoblanib, bosh miyada qon ta'minoti yetarli emasligidan dalolat beradi. Ayrim hollarda bu simptomlar muayyan xarakatlar vaqtida paydo bo‘ladi, bu holda tomirlar bosilishi va miya ishemiyasiga shubxa qilinishi mumkin. Ichning buzilib, gox, ketib, gox, qotib turishi visseral qon aylanishi buzilishi simptomi bo‘lishi mumkin, unga to‘g‘ri baho berish uchun ularning faoliyati, rivojlanish dinamikasi, ishlatilgan vositalarning ta'sirchanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar zarur.
2. Ko‘zdan kechirish tomir kasalliklarining diagnostikasi uchun muxim to‘qima trofikasi buzilishlarini aniqlashga imkon beradi.
Mushak atrofiyasi odatda arteriyal qon aylanishi surunkali buzilganda rivojlanadi. Aorta koarktatsiyasi uchun qo‘l-oyoq muskulaturasining nomutanosib rivojlanishi xos.
Teridagi distrofik o‘zgarishlar (uning yupka tortishi, soch to‘kilishi kabi) ham ko‘pincha shu soxadagi qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi belgisidir. Tomir xastaliklarida teri rangining o‘zgarishi (rangparlik, sianoz) diagnostika uchun qimmatlidir. Bu simptomlarning qaerda joylashganini nazarda tutish muxim. Shu tufayli bemorni to‘liq, ko‘zdan kechirish, gavda va qo‘l oyoqlarining simmetrik qismlarini albatta taqqoslab qo‘rish zarur.
3. Palpatsiya (paypaslab ko‘rish) quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:
- gavda teri qismlaridagi xarorat o‘zgarishiga baho berish va simmetrik segmentlar bo‘yicha taqqoslash;
- palpatsiyada ba'zi kasallik simptomini aniqlashga muvaffaq bo‘linadi (masalan, arteriovenoz oqmada, sistola-diastolik titrash, flebolitlar borligi, aorta koarktatsiyasida qovurg‘alararo arteriyalar pulsatsiyasi va x. k.);
- tomirlar holatiga baho berish imkonini beradi;
- oyoq-qo‘llarning simmetrik satxlaridagi areteriyalar pulsatsiyasi palpator aniqlanadi va taqqoslanadi;
- muayyan holatda paypaslab ko‘riladi. Qorin bo‘shlig‘ini paypaslab, qorin arteriyasi anevrizmasini aniqlash mumkin.
4. Perkussiya tomir kasalliklari diagnostikasida kam ahamiyatga ega. Biroq u ma'lum ma'lumot olish imkonini beradi: masalan, qorin aortasi anevrizmasi yorilganda, qorin pardasi orqasi gematomasini aniqlashda, ko‘ks oralitada tomir dastasi chegaralarini aniqlashda yordam beradi.
5. Tekshiruvni auskultatsiyasiz o‘tkazishni to‘la qimmatli deb hisoblash mumkin emas. Auskultatsiyani o‘tkazsa bo‘ladigan hamma nuqtalarda o‘tkazish zarur. Normada magistral arteriya tepasida puls venasi zarbini eshitish mumkin. Torayganda yoki patologik kengayganda sistolik shovqin, qon arterial o‘zandan venoz o‘zanga tushganda sistola-diastolik shovqin paydo bo‘ladi. U yoki bu arteriyani qaerida auskultatsiya qilishni bilish zarur. Chunonchi, uyqu arteriyasi bifurkatsiya soxasida ichki uyqu arteriyasining boshlangich bo‘limi bilan birga pastki jag‘ burchagi orasida eshitiladi. Imo-ishora muskuli orqasida umrov arteriyasidan shovqinlar eshitiladi, shu nuqtaning o‘zida o‘ng tomonda braxiotsefal stvoldagi shovqinlarni, o‘mrov o‘rtasidan 2 sm berida umurtqa arteriyasidan keladigan shovqinlarni aniqlash mumkin. Ikkinchi qovurg‘alar orasida to‘shdan o‘ng tomonda yuqoriga ko‘tariladigan aorta va aortal klapandan shovqinlar eshitiladi, to‘shdan chap tomondan, uchinchi qovurg‘alar orasida, yuqoriga ko‘tariladigan aorta anevrizmali bemorlarda aorta klapani yetishmovchiligida diastolik shovqin yaxshi eshitiladi. Pastga tushadigan ko‘krak arteriyasidan va qorin aortasining proksimal bo‘limidan stenotik shovqin qorinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab xanjarsimon o‘siq ostida aniqlanadi. Qorin stvoli shovqini u bosilganda yoki stenozida xuddi shu nuqtada eshitiladi. Xanjarsimon o‘siq bilan kindikning o‘ng va chap tomoni o‘rtasida pararektal chizik bo‘ylab buyrak arteriyalari shovqinini eshitish mumkin. O‘rta chiziq bo‘ylab yuqoridan va kindik sathida qorin aortasi shovqinlari bo‘ladi. Chov burmasi nuqtasida son arteriyasi shovqini eshitiladi. Taqim chuqurchasi o‘rtasida shu nomdagi arteriya shovqini eshitiladi.
Bemor shikoyatlari bo‘lmaganda ham albatta tomirlarni eshitib qo‘rish kerakligini ta'kidlab o‘tamiz. Masalan, uyku arteriyasi ustida xarakterli shovqin eshitilishi, xatto klinik belgilari bo‘lmaganda ham, uning stenozidan dalolat beradi. Gipertenziyali bemorlarda aorta yoki buyrak arteriyalari ustidagi shovqin uning vazorenal genezi xaqida taxmin qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra tomirlarni auskultatsiya qilish tomir kasalliklarini erta yaxshiroq diagnostika qilishga yordam beradi.
6. Arterial bosim hamma qo‘l-oyoqlarda, zarurat bo‘lganda va tik turgan holatda Valsalvi sinamasi bilan aniqlanadi.
II. Tekshirishning umumiy statsionar bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) laboratoriya ma'lumotlari analizi - qon, siydikning umumiy analizi, qon bioximiyasi va elektrolitlari, koagulogramma, Zimnitskiy sinamasi, summar buyrak funksiyasi;
2) funksional tekshirish ma'lumotlari (EKG,FKG, ossillosfigmoreografiya), rentgenologik ma'lumotlar, nevrologik, oftalmologik status ma'lumotlari, qorin aortasi va uning tarmoqlarini fonoangiografik tekshirish.
III. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar tipi.
Qorin aortasi va tarmoqlari zararlanishini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruv metodlari qo‘llaniladi. Ichak va hazm organlari absorbsion va sekretor funksiyasi to‘g‘risidagi axborotni bemor koprogrammasini tekshirib olish mumkin. Badbuy xidli, shilimshiq, neytral yog‘, mushak tolalari, biriktiruvchi to‘qima miqdori ko‘p, shakllanmagan axlat hazm organlarining sekretor va absorbsion funksiyasi buzilganidan darak beradi. Vitamin V12 bilan sinama (Shellenger testi) ingichka ichak distal bo‘limining absorbsiya holati to‘g‘risida ma'lumot beradi. Metod So58 bilan nishonlangan vitamin V12ning radioaktiv dozasi peroral qabul qilingandan keyin 24 soat ichida siydik bilan ajralishni aniqlashga asoslangan.
Me'da ichi rN-metriyasi usuli bilan me'da sekretsiyasini tekshirish.
Me'da-ichak yo‘lining rentgenoskopiyasi. Bu tekshiruvda ichakning motor funksiyasini hamda qator destruktiv o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.
Endoskopii diagnostika usullari (gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya). Bu usullar abdominal patologiyaning kelib chiqishinigina emas, balki me'da-ichak yo‘lidagi o‘sma va boshqa organik kasalliklarni istisno qilishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi.
Arterial ossillografiya periferik arterial sistemani tekshirishning tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. Metodning moxiyati manjetkadagi turli bosimda puls to‘linlari kattaligini qayd qilishdan iborat, olingan egri chizik arteriyalar devorining cho‘zilish amplitudasini aks ettiradi.
Sfigmografiya - arterial pulsni grafik qayd qilish metodikasidir. Bevosita yoki oddiy sfigmografiya arterial tomirning mazkur chegaralangan qismida yurak siklidagi o‘zgarib turadigan bosimi ta'siri ostida paydo bo‘ladigan tomir deformatsiyasi darajasini xarakterlaydi. Oyoq-qo‘llarning okklyuziyalovchi va stenozlovchi zararlanishlarida tomir devorining summar tebranishlarini qayd qiladigan hajmli sfigmografiyadan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu oyoq-qo‘lning tekshirilayotgan sathidagi kollateral va magistral qon ta'minoti haqida umumiy tasavvur beradi.
Pletizmografiya - organ yoki gavda qismi hajm ining ular tomirlarining qon bilan to‘liqligi o‘zgarishi bilan bog‘lik tebranishlarini qayd qilish usulidir. U periferik gemodinamikaning muxim ko‘rsatkichi - maksimal arterial bosimni qayd qilishning volyumetrik usuli negizini tashkil qiladi.
Reovazografiya - periferik qon aylanishi holatiga baho beradigan usul sifatida keng tarqalgan. Metod tekshiriladigan soha orqali yuqori chastotali tok o‘tkazish va kompleks elektr qarshiligini grafik qayd qilishga asoslangan, bu qarshilik to‘qimaning qon bilan to‘liqligiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Tekshiriladigan qismning qon bilan to‘liqligi oshishi elektr toki pasayishiga, qon bilan to‘liqlikning kamayishi esa qarshilikning oshishiga olib keladi. Reovazografiya periferik va serebral hamda umumiy gemodinamikani o‘rganishda ishlatiladi.
Angiotenziometriya - qon aylanishini o‘rganishning 1952 yilda N. I. Arinkin taklif etgan kompleks usulidir. Pletizmo va sfigmografiya bu usulning asosini tashkil etadi. Bu usul bilan maksimal arterial bosim, venoz bosim, tomirlar tonusi, oyoq-qo‘lning hajm -pulsga ta'luqli qon ta'minoti, qon oqimining hajm tezligi, yurakning sistolik hajmini tadqid qilish mumkin. Biroq metodikasi ko‘p mehnat talab qiladi, apparatlari murakkab, shu tufayli metod klinikada keng qo‘llanilmayapti.
Fonoangiografiya - qon oqimi buzilishlarida tomirlardagi shovqinlarni grafik qayd qilishdir. Shovqinlarni qayd qilish uchun maksimal shovqin proeksiyaga o‘rnatiladigan oddiy fonokardiografik datchik ishlatiladi.
Kapillyaroskopiya - periferik tomirlarni vizual kuzatish usuli. Kapillyar qon aylanishi aksariyat kapillyarlar yaxshi ko‘rinadigan tirnoq o‘rni (soxasi)da tekshiriladi.
Teri elektr termometriyasi - teri xarorati arterial va kapillyar qon aylanishi holatini aks ettiradi, shuningdek chuqur joylashgan to‘qimalardagi metabolik jarayonlar aktivligi to‘g‘risida ma'lumot beradi. Haroratni universal tibbiy elektr termometr EGU-m bilan o‘lchanadi. Ha-roratni o‘lchash diapazoni 16° dan 42°S gacha.
Ultratovushli dopplerografiya. Metod asosini Doppler effekti tashkil qiladi. Yakinlashayotgan narsaning tovush chastotasi oshib, uzoqlashayotgan narsa tovushning chastotasi kamayishidan iborat. Uni periferik arterial sistemasining o‘tkir va surunkali okklyuziyalarini diagnostika qilish, arterial o‘zaklar okklyuziyasida arterial bosimni aniqlash, tomirlardagi rekonstruktiv operatsiyalar vaqtida qon oqimini aniqlashda foydalaniladi. Doppler tekshiruvi atravmatik; tomirlar patologiyasida muxim o‘rin tutadi. Uyqu va umurtqa arteriyalarini tekshirishdan tashqari, oyoq-qo‘llardagi sirkulyator buzilishlarni diagnostika qilishda katta imkoniyatlarga ega. U arteriografiyani to‘ldirishi mumkin.
Pnevmoretroperitoneografiya - aorta va uning tarmoqlari va qorin pardasi orti bo‘shlig‘ining differensial diagnostikasida qo‘llaniladi.
Funksional vena ichi urografiyasi – bunda kontrast modda yuborilgandan keyin 1, 3, 5, 10, 20, 30, 45, 60 minutdan keyin suratlar olinadi. Vaqt berayotganda kosacha-jomcha apparatining shakliga, deformatsiyasiga, ularning kontrastlanish tezligiga va kontrast moddaning chiqarilishiga ahamiyat beriladi.
Buyrak arteriyasi bir tomonlama zararlanganda ekskretor urogrammada quyidagi belgilar bo‘lishi mumkin:
a) bitta buyrakda ikkinchisiga qaraganda kontrast paydo bo‘lishining kechikishi;
b) buyraklar o‘lchamlari o‘rtasidagi tafovut 1 sm dan ko‘p;
v) urografiya o‘tkazilishining oxirida zararlangan buyrak kontrastlanishining paradoksal oshishi;
g) arteriyalarida okklyuziyasi bor bemorlarda normal retrograd pielogrammada buyrakning butunlay kontrastlanmasligi.
Yod-gippuran-131 bilan radioizotop renografiya buyrakning 3 ta asosiy ko‘rsatkichi: buyrakda qon oqimi, kanalcha epiteliysi sekretsiyasi va siydik chikaruvchi yo‘llar holati to‘rrisida ma'lumot beradi.
Buyraklarni skannirlash - buyraklar asta-sekin singdirib chiqaradigan neogidrin20 ishlatiladi. Skannogrammalar qator buyrak anomaliyalari: distoniya, gipoplaziya, polikistoz, nefroptoz, pielonefrit, buyrak arteriyalari stenozi, buyrak segmenti in farqtida ayniqsa kerak. Buyrak arteriyasining magistral stenozida, odatda, chegaralari tekis buyrakda neogidrin aktivligi konsentratsiyasining kamayishi aniqlanadi. Buyrakning parenximatoz zararlanishlarida neogidrin aktivligi turli bo‘limlarda xar turli pasaygan.
Seriossintigrafiya. Oddiy statik skannirlashdan farqli ravishda bu usul yoki dinamik skannirlash yod-gippuran-131 izotopi bilan «Daynami», «Gamma-kamera» kabi yangi apparatlarda o‘tkaziladi. Metod buyrakning holati, o‘lchamlari, shaklini aniqlash bilan bir qatorda uning izotop singdirish darajasini ko‘rsatib beradi.
Kontrast tekshirish metodlari. Tomirlardagi morfologik o‘zgarishlarni inson hayot vaqtida tekshirishning asosiy usuli angiografiya turli kasalliklarda qo‘llaniladi. Tomirlarni kontrast tekshirish xirurgik davo qilinadigan bemorlarda va boshqa usullar kasallikka diagnoz qo‘yishga imkon bermagan hollarda qo‘llanilishi kerak. Xozirgi vaqtda monelik qiladigan hollar doirasi birmuncha toraygan, angiografiya, masalan, miokard infarktida, ishemik insultda va xatto buyrak yetishmovchiligida ham o‘tkaziladi.
Bemorlarning kontrast moddalarni ko‘tara olmasligi angiografiya o‘tkazishga monelik qiladigan hol hisoblanadi.
Klinik amaliyotga angiografik tekshiruv metodlarining joriy qilinishi angiologiya rivojida katta turtki bo‘ldi. Bu tekshiruvdan keyin deyarli hamma savollarga javoblar olinadi, bemorni operatsiya qilish-qilmaslik masalasi hal qilinadi. Angiografiya o‘tkazishda ehtimol, tutilgan asoratlarni yodda saqlash kerak. Hozir ixtisoslashgan bo‘limlarda og‘ir asoratlar 0,5-1,0% gacha uchraydi. Angiografiyaning quyidagi turlari bor.
Arteriografiya. Kontrast modda bevosita yaqin arteriyada yoki aortografiyada birmuncha olis qismlarda in'eksiya qilinishi mumkin.
a) teri orqali punksion arteriografiya qilish. Bu usul oyoq-qo‘l tomirlarining diagnostikasida qo‘llaniladi. Punksion arteriografiyadan son arteriyasi distal bo‘limi zararlanganiga, taqim arteriyasi va boldir arteriyalari kasalliklariga shubxa bo‘lganda foydalaniladi.
Aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanganligini diagnostika qilish uchun ham punksion arteriografiyadan foydalanish mumkin.
Umurtqa arteriyasini tekshirish uchun kontrast moddani qo‘ltiq arteriyasini teri orqali punksiya qilish yo‘li bilan qon oqimiga qarshi yuboriladi.
| Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. |
Aortografiya. Xozir uning quyidagi metodlari qo‘llaniladi. Aortani turli satxlarda punksiya usuli bilan aortografiya qilish:
a) parasternal punksiya aortaning boshlangich bo‘limlari va toj arteriyalarni kontrast tekshirish uchun qo‘llaniladi;
b) retroplevral punksiya. Aorta pastki ko‘krak bo‘limini kontrast tekshirish uchun qo‘llaniladi;
v) translyumbal punksiya. qorin aortasi va oyoq arteriyalari ateroskleroz, aorta-arteriit yoki boshqa jarayon bilan zararlanganda ularni kontrastlash uchun 1929 yilda Dos - Santos taklif etgan aortaning bevosita translyumbal punksiyasi qo‘l keladi. Agar qorin aortasi visseral tarmoqdarini kontrastlash zarur bo‘lsa, XII ko‘krak umurtqasi satxida yuqori translyumbal aortografiya bilan aorta punksiyasi bajariladi. Agar qorin aortasi bifurkatsiyasi va oyoq arteriyalarini kontrastlash vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, II bel umurtqasi pastki cheti sathida aortani pastki translyumbal punksiya qilishdan foydalaniladi.
Kateterni periferik arteriya orqali o‘tkazish metodi ham bor. Aortaga son, yelka, bilak, umumiy uyqu va kindik arteriyasi orqali o‘tkazish va zarur satxda o‘rnatilishi mumkin. Aortani Seldinger usulida teri orqali, son orqali kateterlash keng qo‘llanilyapti. Son arteriyasini igna bilan punksiya qilinadi va u orqali tor ko‘rinishidagi metall o‘tkazgich kiritiladi. Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. Igna chikariladi, o‘tkazgich esa arteriya bo‘shlig‘ida qoldirilib, u orqali kateter kiritiladi. O‘tkazgich chiqarilgandan keyin kateter aortaga yoki uning tarmoqlariga kiritiladi va aortografiya bajariladi. Son arteriyasi orqali zond kiritilganda yuqoriga ko‘tiriladigan va ko‘krak aortasi, aorta ravog‘i tarmoqlari, qorin aortasi kontrastlanishi va visseral arteriyalar selektiv arteriografiya qilinishi mumkin.
Selektiv angiografiya. Bunda kateter uchi (uchki bo‘limi muayyan konfiguratsiyali maxsus kateter qo‘llaniladi) qilinishi lozim bo‘lgan tomirga kiritiladi, keyin kontrast modda in'eksiya qilinadi.
Koronarografiya - toj arteriyalarni kontrast tekshitish. Koronarografiyaga ko‘rsatmalar:
1) tipik stenokardiya va boshdan kechirilgan miokard infarktining klinik manzarasi;
2) boshqa kasalliklar bilan izoxlash mumkin bo‘lmagan atipik og‘riq;
3) yurak klapan apparati patologiyasi bilan bog‘liq, bo‘lmagan yurak ritmi buzilishi;
4) miokardni bevosita revaskulyarizatsiya qilish operatsiyasidan keyin aylanma shuntlar o‘tkazuvchanligini aniqlash;
5) infarkt oldi holati va o‘tkir miokard infarkti rivojlanishining dastlabki soatlarida.
Koronarografiyaga monelik qiladigan hollar:
1) isitma holatlari;
2) parenximatoz organlarning og‘ir holati;
3) yurak ritmining og‘ir buzilishlari;
4) miya qon ta'minotining o‘tkir buzilishlari;
5) yod preparatlariga ortiqcha sezuvchanlik.
Souns bo‘yicha selektiv koronarografiya: yelka arteriyasi orqali Seldinger bo‘yicha ingichka o‘tkazgich yordamida rentgeno kontrast kateter kiritiladi va chap, so‘ngra o‘ng toj arteriyalar kateterlanadi va kontrast modda in'eksiya qilingandan keyin turli proeksiyalarda suratlar seriyasi olinadi.
Jatkins bo‘yicha selektiv koronarografiya - Bauras kateteri yordamida toj tomirlarni son arteriyasi orqali kateterlanadi.
Paulin bo‘yicha yarim selektiv koronarografiya aortal sinuslar soxasiga (Valsalvi sinusi) kontrast modda yuborishga asoslanadi.
IV. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi.
Aorta va uning tarmoqlarini bevosita operatsiya vaqtida reviziya qilish. Arteriya ustida palpatsiyada aniqlanadigan titroq qon aylanishi buzilganidan dalolat beradigan belgidir. Uning intensivligi har xil - arang bilinadigandan -to kuchligacha bo‘lib, u stenoz darajasiga bog‘liq.
Stenozlangan kesimdan birmuncha distal tomonda zararlangan arteriyadagi arterial bosimni aniqlash va uni aortadagi bosim bilan taqqoslash sirkulyator buzilishlarning og‘ir-yengilligi to‘g‘risida tushuncha beradi.
Intraoperatsion elektromanometriya. Okklyuziya yoki stenozdan birmuncha distal joyda aorta va magistral arteriya o‘rtasidagi bosim darajasini o‘lchash - elektromanometriya usuli arteriyalar bo‘ylab qon oqishining buzilishi darajasi to‘g‘risida ma'lum tasavvur etadi. Elektromanometriya stenoz yoki okklyuziyadan pastroqda aorta yoki arteriyani punksiya qilish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bu «Mingograf-42» apparati yordamida qayd qilinadi. Elektromagnit floumetriya - qon oqimini tekshirishning birmuncha ishonchli usuli hisoblanadi. Usul elektromagnit induksiyasi qonuniga asoslangan. Metod prinsipi shundan iboratki, qon oqayotgan tomir bilan elektromagnit datchik o‘rtasida elektromagnit maydon hosil qiladigan potensiallar ayirmasi paydo bo‘ladi, hajmiy qon oqimi, ya'ni tomirning shu segmenti orqali bir minutda oqadigan qon miqdori (ml) egri chiziqlarda qayd qilinadi.
|