• Utkir ararial tutilish Anatomik-fiziologik xususiyatlar
  • Auditoriyaga beriladigan savolar




    Download 2.73 Mb.
    bet5/7
    Sana25.03.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2239
    1   2   3   4   5   6   7
    Auditoriyaga beriladigan savolar

    1. Utkir ararial tutilish nima?

    2. UAT keltirib chikaradigan sabablarni kursating

    3. Tromboz nima?

    4. Emboliya nima? Trombozdan farki

    5. Arterial emboliyani asosiy sababini ayting

    6. Virxov triadasini ayting

    7. UAT gi taktika

    8. UAT kanday operatsiyalar kininadi?

    9. Operatsiyalarga absolyut karshi kursatmalarni ayting

    10. UAT profelaktik chora tadbirlar
    Utkir ararial tutilish

    Anatomik-fiziologik xususiyatlar

    Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta'siri xozir g‘oyatta katta va undan go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo etadi.

    Bemorlarni tekshirish metodlarini yoritishdan oldin arterial sistemaning ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz, nospetsifik aortaarteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan endarteriit.

    Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi, kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir.

    Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G. F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xoleste­rin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga o‘tadi.

    Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalar­ning himoya sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi.

    Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.

    Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan.

    Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig‘lanish xodisalari yuz beradi.



    Download 2.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.73 Mb.