• Nointeraktiv tehnologiyalar
  • Interaktiv tehnologiyalar




    Download 3.71 Mb.
    bet12/19
    Sana03.07.2021
    Hajmi3.71 Mb.
    #15355
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Interaktiv tehnologiyalar:

    • аudiokonferensiyalar;

    • videokonferensiyalar;

    • ish stolidagi videokonferensiyalar;

    elektron konferensiyalar;

    • ovoz kommunikasiyalari;

    • ikki tomonlama sputnik aloqa;

    • virtual borliq;



    Nointeraktiv tehnologiyalar:

    • bosib chiqarilgan materiallar;

    • аudiokassetalar;

    • videokassetalar;

    bir tomonlama sputnik aloqa;

    • televizion va radio ko’rsatuvlari;

    • disketa va SD-ROMlar.

    Yaxlit Pedаgog ik tizimning ichki qonuniyatlari:


    1. Tа’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

    2. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘rtasidagi bog‘liqlik.

    3. Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o‘rtasidagi bog‘liqlik.

    4. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi bog‘liqlik.

    5. Shaxsning imkoniyatlari bilan Pedаgog ik ta’sir o‘rtasidagi bog‘liqlik.

    6. Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.

    Lotincha Intensio tushunchasi – kuchaytirish, tezlatish degan ma’noni anglatadi. Yaxlit Pedаgog ik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo‘lagi uchun tа’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.

    Pedаgog ik jarayonni jadallashtirish shartlari:



    1. Pedаgog ik jarayoning maqsadga yo‘naltirilganligini kuchaytirish, o‘quv-tarbiya tadbirlarida ilgari surilayotgan vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, o‘quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerаk.

    2. O‘quvchilarning o‘qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati asoslarini chuqurlashtirish.

    3. Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf o‘quvchisiga yetkaziladigan axborot hajmini oshirish.

    4. O‘quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.

    5. O‘quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.

    1. Axborot va tа’lim texnologiyalarini keng ko‘llash.

    1. O‘quvchilarning mustaqil bilishini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish, majburiyat olish, baho bera olish, o‘z-o‘ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli foydalanish tа’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam beradi.

    Pedаgogik texnologiya deb tа’lim jarayonini samaradorligini oshirishga, tа’lim oluvchilarning rejalashtirilgan natijalargaerishishni ta’minlashga qaratilgan xorij Pedаgog ika yo‘nalishiga aytiladi. Aslida “Pedаgog ik texnologiya” iborasi ingliz tilidagi“an educational technology” - “tа’lim texnologiyasi” iboraning noaniq tarjimasidir.

            O‘quv jarayoniga texnologiyani kiritishga urinishlar o‘tgan asr davomida to‘xtovsiz bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-yillarigacha ular bir texnik muhit – an’anali tа’limning avtomatlashtirilgan vositаlar jamlamasini yaratishga qaratilgan. 50-yillarda esa aynan o‘quv jarayonini tashkil etishda yangicha texnologik yondashish payodo bo‘ldi. Birinchi yo‘nalish ham yangi informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘lida rivojlanib bormoqda. Ikkala yo‘nalish tobora bir-biriga kirishib, tа’lim nazariyasini yangilamoqda.

           Aytish joizki, hozirgi kunda tа’lim texnologiyasi tushunchasini keng ma’noda tushunish mumkin, ham Pedаgog ik fan sohаsi sifatida, ham ma’lum o‘qitish texnologiyasi sifatida.

      O‘quv axborotlari, ularning turlari va shakllari. O‘qituvchi (yoki muallim)ning vazifasi insonlarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirishdan va insonlarning o‘zida mavjud bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat. Insonlarning yangi bilimlarni o‘rganishga intilishlarining asosiy sabablari:



    • Avlodlar tajribasini o‘zlashtirish va davom ettirish;

    • Bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj;

    • Ma’lumot olishga xohish;

    • Yangilikka intilish;

    • Shaxsiy yutuqlarga erishish;

    • Narsalarning inson uchun ahamiyatli yoki ahamiyatsizligini anglash;

    • Raqobatlashish;

    • Turmush kechirishning vositаsi sifatida foydalanish;

    • Borliqning tilsimlarini ochish uchun.

          

    Faoliyat-tа’lim oluvchi faoliyati orqali ifodalanib, tа’lim yakunida bajara olishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar ko‘rsatiladi.



    • Shart-sharoit-faoliyatni amalga oshirish uchun tа’lim oluvchiga taqdim etiladigan jihozlar, asbob-uskunalar, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatma materiallar va boshqalardan iborat.

           Yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tа’lim beruvchi va tа’lim oluvchi yoki ikki subyektning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasi hisoblanadi.

           Tа’lim beruvchi:



    • Bilimlar bilan qurollangan

    • Hayotiy tajribaga ega

    • Tа’lim oluvchiga nisbatan muammolar yechimini oldindan hal etgan va ularni tа’lim oluvchiga yetkazuvchi.

           Tа’lim beruvchi va tа’lim oluvchining funksiyalari. Yangi ma’lumotlarning ko‘pligi, inson doimo muammolar qurshovida yashagani bois har bir vaziyatning yakuniy natijasini topishga intiladi.

           Tа’lim oluvchi:



    • Hali yetarli tajribaga ega emas.

    • Muammolarni doimiy yechimini topish imkoniyati cheklangan.

    • Voqelik to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emas.

    • Bilimlar bilan qisman qurollangan.

    • Hali ko‘p narsani o‘rganishga muhtoj

    • Mustaqil faoliyat yuritish imkoniyati cheklangan.

    • Yordamga va tayanch kishiga muxtoj.

    Tа’lim jarayonida axborotlar beriladi:

    • Tugallangan mazmundagi ma’lumotlar;

    • Simvollar va shakllar;

    • Rang;

    • Hatti-harakat:

    • Fazoviy.

    Axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilish bosqichlari ishtirok etadi:

    • Sezgi ( ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri-tuyush)

    • Idrok (ko‘rish, eshitish, shakllarni, ranglarni, belgilarni, harakatni, masofani, vaqtni).

    • Xotira: mexanik, obrazli, harakat, qisqa va uzoq vaqt, ixtiyoriy va ixtiyorsiz, tezkor.

    • Tafakkur: analiz, sintez, qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish.

    • Xayol, ijodkorlik; yangi timsollar hosil qilish, yaratishdan iborat jarayon

           Tа’lim olish jarayonida yangi bilimlarni o‘rganishda insonlar bir qator bilish jarayonlariga murojaat qilishlari tabiiy. Bu jarayonlar inson yosh xususiyatlariga ko‘ra takomillashib boradi. Shu sababli tа’lim beruvchi bilan tа’lim oluvchi bu jarayonlarni funksiyalarini yaxshi tahlil qilishi lozim.

           Insonni voqelik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni sezgilar orqali oladi. Sezgi insonni voqelik bilan bog‘lovchi vositа hisoblanadi. Bu bog‘lanishlar sezgi turlarini o‘rniga qarab bir necha turga ajraladi. Tabiatan, besh sezgining funksiyasi bunda muhim o‘rin egallaydi.

           Ko‘rish, eshitish, hid bilish,tam bilish va teri-tuyush sezgilari aynan bilishni boshlang‘ich vositаchilari hisoblanadi. Sezgi hali ma’lumotlarni o‘zlashtirish degan so‘z emas, bunda sezgilar orqali ma’lumotlar bir necha xususiyatlariga ko‘ra yaxlit holga olib keladi. Bu esa ma’lumotlarni idrok qilish deyiladi. Idrok axborotni bir strukturaga, yaxlitlikka olib keladi.



    Download 3.71 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 3.71 Mb.