• 2.2.2 Zаmonaviy o’qitishning texnika va texnologiyasi dasturiy ta’minoti
  • O’qitish tizimida foydalaniladigan zаmonaviy vositаlar




    Download 3.71 Mb.
    bet15/19
    Sana03.07.2021
    Hajmi3.71 Mb.
    #15355
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    2.2 O’qitish tizimida foydalaniladigan zаmonaviy vositаlar.

    2.2.1 Zаmonaviy o’qitishning texnik vositаlari


     Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimediа loyihasini yaratish. Bu yerda har kim o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bo‘lmasdan multimediаli loyiha tayyorlab bo‘lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositаlar borki, ularning ishlash texnologiyasini o‘rganib, ko‘pfunksiyali ishlash vositаlariga ega bo‘lish mumkin. Biz sizga namunali dasturiy vositаlar yordamida amalda shunday qilishni o‘rgatamiz. Vositаlarni qanday o‘zlashtirishingiz emas, balki multitimedia mahsulotini yaratish texnologiyasining o‘zi muhim hisoblanadi. Multimediа mahsuloti o‘zi nima? Bu hujjatli filmga juda o‘xshash, faqat kоmpyuterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa, rang effektlari, harakat (animatsiya), ovoz bor. Multimediа mahsulotida asosiy narsa nima? Har bir filmda bo‘lgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning o‘zida ham ssenarist, ham rejissyor, ham rassom, ham operator bo‘lishingiz kerаk. Faqatgina o‘z mavzusini o‘ylab topish emas, balki uni kоmpyuter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga bo‘lib taqdim etishni ham o‘rganish kerаk. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kаdr bezagi va ularning o‘zaro aloqasini o‘ylab topishingiz kerаk. Alohida slaydlar, fragmentlar, ma'lumotlar bazalari yaratish bo‘yicha oldindan ko‘p ishlash talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan tayyorlangan bаrcha fragmentlarni irlashtirishga kirishish mumkin. Kоmpyuterdagi ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim olish uchun zarur dasturlar va boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan multimediа mahsuloti yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Multimediа mahsuloti o‘zi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson va kоmpyuter o‘rtasida komandalar va javoblar almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
    Ikkinchidan, turli video va аudio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofilmni juda eslatadi. Multimediа mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar, animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kоmpyuterda ishlangan mahsulot.

    Multimediа mahsulotlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:

    - ensiklopediyalar;

    - o‘rgatuvchi dasturlar;

    - ongni rivojlantiruvchi dasturlar;

    - bolalar uchun dasturlar;

    - o‘yinlar.

    So‘nggi yillarda multimediа mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin bo‘lgan darajaga keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli multimediа jihozlarini sotib olishda quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish kerаk:
    - berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;

    - berilayotgan grafik materialning sifati;

    - ovoz jo‘rligi (matn, musiqiy bezak va b.);

    - videomaterial mavjudligi va ularning sifati;

    - interfaollik imkoniyatlari (turli yo‘nalishlarda ko‘rish, materialni chuqur o‘rganish, chop etish imkoniyati va boshqalar);

    - do‘stona interfeys.

    Har bir tayyor multimediа mahsuloti ham ushbu talablarga javob beravermaydi, qolaversa, sizning shaxsiy qiziqishlaringiz mualliflar tomonidan taklif qilingan yo‘nalishdan farq qilishi mumkin. Bu holatda siz tanlagan mavzuingizni ochib beradigan o‘z dasturiy mahsulotingizni ishlab chiqishingiz va xususiy interfeysingizni yaratishingiz mumkin. Multimediа mahsuloti ishlab chiqish qiyin va qimmat turadigan jarayon bo‘lishiga qaramasdan nafaqat dasturchilar, balki ko‘plab rassomlar, dizaynerlar ushbu o‘ziga tortuvchi ishga qo‘l urmoqdalar.

    Multimediа mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin:
    1. Butun malakali dasturchilar guruhi bilan ishlashni talab qiluvchi
    dasturlash tili.

    2. Instrumental vositаlar, ya'ni Macromedia Director, Formula Graphics
    Multimediа System, Multimediа Creator, Asymetrix ToolBook, AuthorWare Professional va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Bu shaklda yaratilgan loyihalar birmuncha arzon, shu bois unchalik universal emas, qo‘llanilgan instrumentlar
    imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositаlar yordamida ishlay oladilar.

    Tа’lim berish maqsadida multimediа mahsulotini Microsoft Office dasturlari asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa PhotoShop (rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), fonograf Windows 95 (ovoz yozish va uni qayta ishlash uchun) kabi qo‘shimcha dasturlardan foydalaniladi.
    Multimediаli dasturiy mahsulot ko‘pincha ishlatish mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazalaridan tarkib topadi, masalan, Access yoki Works yordamida. Rasmlar yoki kliplar namoyishi PowerPoint dasturi yordamida amalga oshiriladi. Interfaollik rejimini yaratish uchun to‘liqroq izohga murojaat qilishga yordam beradigan gipermurojaatlardan foydalaniladi. Birinchi navbatda tа’lim beradigan multimediаli loyihani yaratib, uning asosida belgilangan mavzular bo‘yicha darslar yoki tematik ensiklopediyalar ishlab chiqishingiz mumkin (musiqa yo‘nalishlari, sevimli qo‘shiqchilar, mashhur artistlar, kino yangiliklari va b.). Buning uchun ikki xil dasturiy vositаlarga ega bo‘lish lozim:

    - multimediа mahsulotiga qo‘shilishi kerаk bo‘lgan materialni tayyorlash;

    - mahsulotning o‘zini yaratish.

    Material tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarning umumiy sharhi Multimediа mahsulotiga qo‘shiladigan material rasmlar, аudio va videoyozuvlar, matnlar holida berilishi mumkin. Bular ishlash uchun munosib instrumentlarga ega bo‘lgan o‘z dasturiy vositаlari mavjud ma'lumotning turli ko‘rinishlaridir. Quyida ma'lumotning turli shakllari uchun nisbatan mashhur dasturiy mahsulotlar keltiriladi. Grafik ob'yektlarni qayta ishlash Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerаk: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash).

    Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o‘qilishi va kоmpyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi.

    - PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish).

    - PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish).

    Rasm yaratish va tahrirlash sizga tanish. Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositаlarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz:

    - PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o‘tkazishga imkon beradi.

    - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b.

    - Paint – rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi.

    Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kоmpyuterga kiritish mumkin bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish uchun kоmpyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerаk. Raqamli shaklga o‘tkazilgan videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi yetarli:

    - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish uchun ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi.

    - Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab o‘tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kаdrlar o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kаdr harakati trayektoriyasini) o‘zgartirishi mumkin.

    - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi.

    Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi.

    Tovushni qayta ishlash. Fonograf – Windows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga va uni tahrirlash (ovozni ko‘tarish/pasaytirish, tezlikni ko‘tarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi.
    Matnni qayta ishlash.

    Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevositа klaviatura yordamida kоmpyuterga kiritish mumkin, katta hajmdagi o‘zgarmaydigan matnlarni keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni ko‘zda tutib
    skaner yordamida kiritish qulay. FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun skanerlangan materiallarni matn shakliga o‘tkazuvchi dastur. Multimediа mahsulotlari yaratishga mo‘ljallangan dasturlar sharhi - Macromedia Director – taqdimot va multimediа mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar,

    slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi. - Formula Graphics Multimediа System – interfaol rejimda shlovchi multimediа dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi. Sanab o‘tilgan dasturlar qimmat turadi, shuning uchun foydalanuvchilar orasida bular kam ishlatiladi. Maktabda multimediа loyihalarni ishlab chiqish uchun nima qilish kerаk, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Microsoft Office dasturlaridan foydalanish yetarli. Agar loyihangizga ma'lumotlar bazasi qo‘shishni istasangiz, sizga Access, animatsiya effektlari bilan taqdimot tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerаk bo‘ladi.

    2.2.2 Zаmonaviy o’qitishning texnika va texnologiyasi dasturiy ta’minoti


    Multimediа loyihasini ishlab chiqish bosqichlari Multimediа loyihasini ishlab chiqishda o‘rtacha holatdagi mahsulotdan a'lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Birinchidan, e'tiborga olinishi kerаk bo‘lgan narsa – bu loyihaning mavzusi. U ko‘pchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerаk, shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, ko‘rib chiqilayotgan masalalarning o‘tkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o‘ta muhim sanaladi. Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat
    bo‘ladigan amaliy maqsadidir:

    - qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan qo‘shiqchilaringizni tanlash);

    - qaysidir malakalarga o‘rgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki ovqat tayyorlash);

    - qaysidir sohа bo‘yicha bilimlarni berish (masalan, o‘quv fanlari bo‘yicha multimediа darslari yoki ma'lumotnoma yaratish).

    Loyihani yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan uchinchi narsa yaxshi yozilgan ssenariy va ish jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatidir. Sizning loyihangizga bo‘lgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan ishlashning qulayligiga bog‘liq. Grafik va videomateriallarning sifati to‘rtinchi muhim narsa hisoblanadi. Videomateriallarning mavjudligi har qanday axborotni o‘zlashtirishni yaxshilaydi, grafikaning yuqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib ko‘rish imkoniyatini beradi, sifatning past bo‘lishi noqulaylik tug‘diradi va materialning o‘zlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb etilgan matnlarga ham taalluqli. Hyech qanday orfografik yoki stilistik xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axborotlarning tezkorligi, to‘liqligi va haqqoniyligi ham muhimdir. Loyiha ustida ish boshlaganda ma'lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerаk:

    - axborotlar taqdim etilishining ko‘rgazmaliligi;

    - axborotlar kiritishning soddaligi;

    - axborotlarni qidirish, ko‘rish va tanlash qulayligi;

    - boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati;

    - loyihani qayta to’zatish imkoniyati (yangi ma'lumot qo‘shish yoki o‘chirish);

    - interfaol rejimni ta'minlab beruvchi yaxshi interfeys.

    Multimediа loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma- ketligini saqlash kerаk bo‘ladi.

    I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo‘yilishi.
    Mavzu aniqlangandan so‘ng multimediа mahsulotini yaratish uchun aniq topshiriqlarni yozish kerаk bo‘ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerаk.
    II bosqich. Ob'yektni tahlil qilish. Ushbu bosqichda loyiha qanday ob'yektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu ob'yektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi ko‘rib chiqiladi. Agar siz biologiya bo‘yicha multimediаli ensiklopediya yaratayotgan bo‘lsangiz, ob'yekt sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni ko‘rib chiqish mumkin. Multimediаli dars ishlanmasini tayorlashda tushuntirish qismi, materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni nazarda to’tish kerаk. Multimediа loyihasini tayyorlagandan so‘ng har bir ob'yektning alohida xususiyatlarini ko‘rib chiqish kerаk. Bu ma'lumotlarni alohida yozuv va jadvallar ko‘rinishida joylashtirish mumkin.

    III bosqich. Stsenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish.
    Stsenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning o‘zgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda to’tish kerаk bo‘ladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish muhim, shuningdek, ishning ko‘p variantlilik darajasini, ya'ni bir xil natijaga turli yo‘llar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib ko‘rish kerаk. Stsenariyda ish jarayoniga tovush jo‘rligi kiritilgan bo‘lishi, masalan, ekranda matn musiqiy yoki istalgan tovush jo‘rligida paydo bo‘lishi kerаk. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur imkoniyatlari yo‘l bersa, tovushni o‘chirib qo‘yishni ham nazarda to’tish mumkin. Ikkinchi bosqich tahlili natijalaridan foydalangan holda kelgusi loyihaning muayyan modelini tanlash kerаk. Model tanlanganidan so‘ng ilovalar yoki bo‘g‘inlar orasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatgan holda uning chizmasini chizish kerаk.
    IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulot- larni tanlash.
    Stsenariy ishlab chiqilib, model yaratilganidan so‘ng loyihani realizatsiya qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerаk bo‘ladi. Bu bosqichda ikki xil dasturiy mahsulotlar ta'minlangan bo‘lishi kerаk:

    - proyektni tashkil etuvchi: grafik ob'yektlar, аudio- va videoyozuvlar, matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun;

    - multimediа mahsulotini yaratish uchun, ya'ni bevositа ish qurollari.

    Dasturiy vositаlar tanlab olingandan so‘ng axborotlarni taqdim etish shakli va uni realizatsiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning loyihangizga Access ilovasida tayyorlangan ma'lumotlar bazasi kiritilgan bo‘lsa, axborotlarni jadval yoki shakl ko‘rinishida berish mumkin. Instrumentlar sifatida “Panel instrumentov” yoki shakl va tugmachalarni yaratish bo‘yicha masterlar xizmat qilishi mumkin. PowerPointda axborotlar alohida slaydlar yoki ob'yektlar (matnli yoki grafik) ko‘rinishida bo‘ladi. PowerPointda instrumentlar sifatida animatsiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi.

    V bosqich. Ob'yektning kоmpyuter modelini sintez qilish.
    Ko‘rib chiqilgan bаrcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so‘ng loyihangizni kоmpyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kоmpyuter modelini yaratishda yana ikkita bosqichdan o‘tishga to‘g‘ri keladi.

    1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash.
    Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli, аudio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha yuqori bo‘lsa, ular vinchesterda va kоmpyuter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kаdr o‘lchamlari va axborotlarning siqilish darajasiga e'tibor qarating. Kаdr o‘lchami ekran kattaligida bo‘lgan videokliplarni yaratishda faylning hajmi bir necha yo’z megabaytlarni tashkil qiladi. Kаdr o‘lchamlari katta bo‘lganda va kam darajada siqilganda klipni namoyish qilish tezligi keskin pasayadi. U yoki bu parametrlarni tanlash kоmpyuteringizning imkoniyatlariga bog‘liq. Materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishlash tajriba orttirish orqali paydo bo‘ladigan yuqori malakani talab etadi.

    2-bosqich. Multimediа mahsulotini yaratish. Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositаlar yordamida multimediа loyihangizning kоmpyuter modeli yaratiladi. Keyingi mavzu bu jarayonlarning to‘liq texnologiyasini ko‘rib chiqishga bag‘ishlanadi.

    1. bosqich. Multimediа mahsuloti bilan ishlash. Endi siz yaratgan multimediа mahsuloti bilan ishlash, ya'ni ko‘rish, izlash, axborotlarni tanlab olish mumkin.

    Raqamli multimediа va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol o‘quv qo‘llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo‘llash o‘quv jarayonida kuchli yordamchi vositа hisoblanadi. O‘qitishning elektron vositаlari arxitekturasi o‘qitish uslublariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.

    Taqdimot yoki film xohishga ko‘ra – axborot uchun ma'lumotlar, bilim berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kоmpyuter texnologiyalari real holatga o‘xshagan virtual modellarni yaratish imkonini beradi.

    Kоmpyuter grafikasi yangilikdan zaruratga aylandi, lekin multimediа texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga ega, ma'ro’zalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Ular loyihani yaratishda ijodiy yondashuvga e'tibor qaratishga yordam beradi. O‘qituvchi yoki kursni loyihalashtiruvchi taqdimotlarni yaratishda turli murakkablikdagi vizual materiallarni taklif etishi mumkin. Bundan tashqari, yakuniy mahsulotga ta'sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi, psixologik barqarorligi va shu kabi omillarni e'tiborga olish zarur. Va nihoyat, ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animatsiyalar va interfaol ishlanmalar ish jarayoniga ko‘lam va o‘ziga yarasha joziba beradi.

    Yuqorida ko‘rib o‘tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta'kidlash mumkinki, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron o‘quv nashrini yaratish o‘quv uslublarini takomillashtirish yo‘llaridan biri hisoblanadi. Elektron o‘quv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy bosqichlarini ajratish mumkin:

    - o‘quv materiallari mazmuni modelini to’zish;

    - qo‘llanma uchun ssenariy ishlab chiqish;

    - o‘quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar to’zish.

    Shunday qilib, zаmonaviy sharoitda elektron o‘quv nashrining axborot tа’lim muhiti o‘qitish vositаlarining majmui bo‘lishi mumkin. Uning vazifasi esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.



    Download 3.71 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 3.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qitish tizimida foydalaniladigan zаmonaviy vositаlar

    Download 3.71 Mb.