• Kurs ishi Buxaro-2023 y MUNDARIJA: KIRISH
  • 2BOB Sug’urtaning davlat iqtisodiyotidagi ro’li
  • XULOSA
  • Fan va innovatsialar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 72.65 Kb.
    bet1/4
    Sana31.05.2023
    Hajmi72.65 Kb.
    #67678
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Sug`urta mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni
    pedagogik-faoliyat-va-uning-turlari, 2 B, Qo\'l to\'pi o\'yini texnikasi va taktikasining tasnifi, Maxmanazarov Murodbek, My favorite season, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Kompyuterda ishlashda xavfsizlik choralari, User Manual, 23603, 195fe76d2f661b762d8305a1950860b6 DASTURLASH ASOSLARI 1-qism, Multilevel ruxsatnoma (2023-oktyabr oyiniki), Abduraxmonov M, 1b, 3a



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
    FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

    Tasdiqlayman”:
    O’quv ishlari bo’yicha prorektor
    ___________ R.G‘.Jumayev
    «____» __________2023 y

    Marketing vaMenejmentkafedrasi


    3-1AGB22 guruhtalabasi Sharipov Fayzullaning
    “Ekonomiks” fanidan “Sug`urta: mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni”
    mavzusidagi


    Kurs ishi
    Buxaro-2023 y
    MUNDARIJA:
    KIRISH……………………………………………………………….……3


    1BOB. Sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlari, faoliyati, tamoillari va turlari

    …………………………………………………………………………...….5


    1. 1 Sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlari va uning funksiyalari …..…...5
    1.2 Sug’urtaning turlari va ishlash prinsplari ……………………..…….14


    2BOB Sug’urtaning davlat iqtisodiyotidagi ro’li ………………………...30
    2. 1 O’zbekistonda Sug’urta borozning ishlash mexanizmlari va amaldagi qonunlar ……………………………………………………………………30
    2. 2 Rivojlangan mamlakatlardagi sug’urtalarning yangi ko’rinishlari(yo’nalishlari) … …………………………………………..36
    XULOSA………………………………………………………………...….52

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..54




    Kirish
    O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabgi yillaridan boshlab amalga oshirilgan institutsional isloxatlar jarayonida bozor iqtisodiyoti munosabatlari tamoyillariga mos sug‘urtalash tizimi shakllandi. Nisbatan qisqa davrda iqtisodiyotning sug‘urta soxasida faoliyat yuritishni tartibga solish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik asoslari hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar barpo etildi. Natijada so‘nggi yillarda mamlatimizda iqtisodiyotining sug‘urta sektorida barqaror o‘sish sur'atlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, Mamlakatimizda sug‘urta bozorini har tomonlama rivojlantirish, bu bozor qatnashchilari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, halqaro bozorga integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha keng qo‘lamli ishlar olib borilmoqda. Sug‘urta bozorida raqobat faollashishi natijasida jahon standartlariga mos sug‘urta turlari ishlab chiqilib, xizmat ko‘rsatish sifati yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Sug‘urta bozori infratuzilmasi ham rivojlanib, yildan-yilga uning professional ishtirokchilari soni ortib bormoqda.
    Ushbu soxaga xususiy kapital kirib kelishini ta'minlash asosiy vazifalardan biridir. Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «...jahon moliyaviy - iqtisodiy inkirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga bu tizimning yanada mustaxkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shaklantirish hisobidan bank-moliya soxasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog‘liq». Sug‘urta kompaniyalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ham muhim masala hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida u marketing tamoyili asosida tashkil etiladi.
    Samarali boshqarish tizimlari ichida marketing muhim to‘tadi. Hozirgi paytda chet eldagi barcha rivojlangan firmalar marketing tamoyillari asosida ish yuritishmokda. Marketing tizimi chet el kompaniyalarining bozorlarini egallashdagi kuchli vositasi bo‘lib, o‘zining samaradorligini amalda ko‘rsatmokda.
    Hozirgi paytda sug‘urtada marketing shakllanmoqda, biroq uni rivojlantirish, va samaradorligini oshirish masalalari muammoli masalalardir. Bu muammo sug‘urta kompaniyalarini xo‘jalik faoliyatini samarali yuritish yo‘lida turgan asosiy nazariy va amaliy muammo hisoblanadi.
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi sug‘urta soxasida marketing faoliyatini tashkil qilish , ilg‘or tajribalarni tadqiq qilish asosida sug‘urtani bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatish, sug‘urta faoliyatida marketingni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
    sug‘urtaning mohiyatini hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda yoritish, uning ahamiyatini ko‘rsatish;
    O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslarini umumlashtirish va shu asosda takliflar ishlab chiqish;
    sug‘urta kompaniyalarida marketing faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
    marketing tizimini shakllanishi, ularni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chet el tajribasini sug‘urta kompaniyalariga tadbik etish.


    I-bob.Sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlari,faoliyati,tamoillari va turlari
    1.1 Sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlari va uning funksiyalari
    Тabiiy va boshqa stixiyali kuchlar ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo‘nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisiga sug‘urta deyiladi.

    Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:


    -Sug‘urta riskini mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishining asosiy shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi. Sug‘urta risklarini tahlil kilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo etadi. Ya’ni, risk sug‘urtaviy va sug‘urtasiz bo‘ladi. Sug‘urta shartnomalarida o‘z aksini topgan risklar sug‘urtaviy risklar deyiladi. Risk bahosini pulda ifodalanishi sug‘urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko‘rsatkich emas, balki u doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskni rivojlanishini, holatini doimo kuzatishi lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak.
    Riskni baholash uchun uni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
    1) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar.
    2) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lmagan risklar.
    Riskning eng katta guruhini sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug‘urta riskini sug‘urtasiz risklardan farq qilish mumkin.
    a) Risk tasodifiy xarakterga ega bo‘lmog‘i kerak ;
    b) Sug‘urta hodisalarini ro‘y berish faktining vaqti va makonining noma’lum bo‘lishi;
    v) Хavf solish manbasiga ko‘ra risklar tabiatning stixik kuchlari bilan bog‘liq risklari va moddiy boylikni o‘zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan bog‘liq risklar. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida o‘rin tutadi. Chunki bunday risklar ro‘y berishi natijasida ko‘plab ob’ektlar yirik miqdorda zarar ko‘rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, sunami, kuchli shamol misol bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik, siyosiy va maxsus risklar bo‘lishi mumkin.
    Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    Riskni nazorat qilish

    Riskni baholash

    Riskni aniqlash

    Riskni moliyalashtirish

    Riskni aniqlash, masalan ssuda oluvchilarning ssudani o‘z vaqtida qaytarib bera olmaslik riski sug‘urtalanadi, risk darajasi aniqlanadi. Kredit oluvchi shaxsning moliyaviy holati qanday aktivlarga ega ekanligi, loyihada hisob-kitob qanchalik asoslanganligi va xakozo.



    Riskni baholash - riskni holatlari aniqlanadi, riskni sodir bo‘lish ehtimoliyligi, aktuar hisob-kitoblar, statistik kuzatuvlar, ehtimollar nazariyasi asosida baholanadi va sug‘urtalanayotgan ob’ektga nisbatan risk darajasi aniqlanib sug‘urta tarifi hisoblanadi. Sug‘urta tarifining stavkasi - bu risk bahosidir.
    Riskni nazorat etish - bu sug‘urta kompaniyasining vakili tomonidan sug‘urtalangan ob’ekt holatini, uning saqlanish ustidan kuzatuv ishlarini olib borishi. Shuningdek, uning saqlash xavfliligi talablariga javob berishi tekshiriladi. Qator ob’ektlarni yaxshi saklash uchun zarur tavsiya va maslaxatlar beriladi.
    Riskni moliyalashtirish - bu riskni aniqlash, baholash va nazorat etish bilan bog‘liq hamma xarajatlarni qoplash.
    -Sug‘urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya tushunchasi kabi, sug‘urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
    -Sug‘urtada zararlarni hududlar bo‘yicha va muayyan bir vaqtda taqsimlanishi. Bu sug‘urtaning asosiy belgisi bo‘lib, hududlar bo‘yicha sug‘urta fondini sug‘urtalangan xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlash uchun katta hudud va ko‘plab sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar zarur bo‘lishi talab etiladi. Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug‘urta hodisalarini tasodifiy ro‘y berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida favqulodda hodisalar ehtimol ro‘y bermasligi mumkin. Bu holat sug‘urta hodisalari sodir bo‘lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug‘urta zahiralarini tashkil etishni talab qiladi.
    -Sug‘urta fondlariga jalb etilgan sug‘urta mukofotlarini qaytarib berish. Sug‘urta mukofotlari sug‘urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug‘urta tarifi ikki qismdan iborat bo‘lib, netto-stavka (sug‘urta hodisalari ro‘y berganda zararlarni qoplashga ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug‘urta kompaniyasi ishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi.
    o‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, majburiy sug‘urta turlariga doir sug‘urta shartlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Ixtiyoriy sug‘urtalashga doir sug‘urta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
    -Sug‘urta fondi mablag‘larining, faqat, shu fondni tashkil etishda qatnashgan sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanishi.
    Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar:
    Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Тadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. o‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
    Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishi zarur.
    Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
    Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urta kompaniyasidan tegishli vositachilik haqini oladi.
    Sug‘urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o‘z aksini topadi. Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug‘urta ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Тa’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urtaning funksiyalari bir necha ko‘rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof. V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansi” o‘quv qo‘llanmasida sug‘urta ikkita funksiyani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: qayta taqsimlash va nazorat funksiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; omonat; axborot”.
    Ko‘rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug‘urtaning 5 ta funksiyaga ega ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funksiyalarning ba’zilari tegishli bahs-munozarani talab etadi. Хususan, sug‘urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya – sug‘urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug‘urta faoliyatiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo, sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi. Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o‘zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug‘urta organlarining mablag‘lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan sug‘urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat tug‘ildi. Shuning uchun biz investitsiyani sug‘urtaning funksiyasi bo‘la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
    Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin. Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu sug‘urtaning axborot funksiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug‘urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z isbotini topmagan.
    Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:


    • Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya.


    • Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya.


    • Nazorat funksiyasi.


    Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug‘urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Тashkil etilgan sug‘urta fondining mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.



    Sug‘urtada fondini shakllanishi bilan bog‘liq atama va tushunchalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
    Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar:
    Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Тadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
    Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar maxsus davlat organining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishi zarur.
    Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
    Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
    Risk- bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratdi. Shunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro aloqadorlik yig‘indisidir.
    Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
    Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug‘urta ob’ekti; sug‘urta javobgarligining turi.
    Тibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Тibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Тibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
    Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
    Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
    Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
    Risklarni joylashtirish:

    1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish mos ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida amalga oshiriladi;


    2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo‘lib bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
    Sug‘urta - har xil noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. o‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir
    1.2 Sug’urtaning turlari va ishlash prinsplari

    O'zbekiston sug'urta bozorida sug'urtaning quyidagi sohalari mavjud, ya'ni: Hayotni sug;urta qilish (jismoniy shaxslaming hayoti, sog'lig'i. mehnat qobiIiyati va pul ta'minoti bilan bog'liq manfaatlarini sug'urta qilish. bunda shartnoma ho'yicha sug'urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug'urta pullarining sug'urta shartnomasida ko'rsatib o'tilgan oshirilgan foizni o'z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to'lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi): - umumiy sug'urta (shaxsiy, mulkiy sug'urta. javobgarlikni sug'urta qilish


    hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli bo'lmagan boshqa sug'urta turlari). Sug'urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog'liq majburiyatlaming umumiy xususiyatlariga muvofiq sug'urta sohalari sug'urta turlariga (klasslariga) bo'linadi. Sug'urta turlari (klasslari) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    O'zbekistonda sug'urta sohalari va turlari (klasslari)
    Havot sug'urtasi quyidagi turlami o'zida aks ettiradi. Ular butun umrga hayotni sug'urta qilish turi, vafot etishdan hayotni sug'urta qilish turi, shartnoma muddati yakunida hayot bo'lish, hayotni aralash sug'urtasi, mehnat qobiliyatini yo'qotishdan sug'urta qilishdir.
    Avrim davlatlarda baxtsiz hodisadan sug'urta qilish ham hayot sug'urtasi
    turlaridan hisoblanadi, lekin bizning mamlakatda ushbu tur umumiy sug'urta tarmog'iga taalluqlidir.
    Havotni sug'urta qilish tarmog'i

    Klass tartib raqami


    Klassning nomi


    I klass

    Hayot va annuitetlar

    II klass

    Nikoh va tug'ilish

    III klass


    Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish


    IV klass

    Sog'liqni sug'urta qilish

    Hayot va annuitetlar. Quyidagi hollarda sug’urta summalari to'lash bo'yicha


    sug'urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi. bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi havotni sug'urta qilish turlari jami:
    - sug‘urta qilinuvchining sug'urta muddati tamom bo'lgungacha yoki sug'urta
    shartnomasida belgilangan voshgachayashashi; - sug'urta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sug'urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to'lovlar (annuitetlar). Ill klass bundan mustasno. Nikoh va tug'ilish. Nikohga kirishda yoki bola tug'ilganda sug'urta summasi to'lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi havotni sug'urta qilish turlari jami. Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish. Umrbod renta to'lanishi bilan birgalikda hayotni sug'urta qilish turlari jami.
    Sog'liqni sug'urta qilish. Ko'rsatib o'tilgan sug'urta davri kamida bcsh yildan kam bo'lmagan muddatga yoki sug'urta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga
    qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo'qotganda sug'urta summalari to'lanishini ta’minlovchi hayotni sug'urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko'rsatilgan sug'urta davri sug'urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi
    mumkin emas.
    Ikkinchi yirik sug'urta sohasi bu umumiy sug'urta tarmog'idir. Bunda sug'urta obyekti sifatida sug'urta manfaati ya’ni mulkiy manfaat asos bo'lib hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga asosan mulkiy sug'urta shartnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan, ya’ni: Mulkiy sug'urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug'urtalovchi) shartnomadashartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea(sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda boshqa tarafga (sug'urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning fovdasiga tuzilgan bo'lsa, o'sha sh&xsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug'urtalangan mulkka yetkazilgan zarami yoxud sug'urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zarami shartnomada belgilangan summa (sug'urta puli) doirasida to'lash (sug'urta tovoni to'lash) majburiyatini oladi.
    Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug'urtalanishi mumkin:
    muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi). kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;

    Klass tartib raqami

    Klassning nomi


    1-klass

    Baxtsiz hodisalardan ehtivot shart sug'urta qilish

    2-klass

    Kasallikdan ehtivot shart sug'urta qilish

    3-klass

    Er usti transport vositalarini sug'urta qilish

    4-klass

    Harakatlanadigan tem iryo'l tarkibini sug'urta

    5-klass

    Aviatsiya sug'urtasi

    6-klass

    Dengiz sug'urtasi

    7-klass

    Yo'ldagi mol-mulkni sug'urta qilish

    8-klass

    Mol-mulkni olovdan va tabiiv ofatlardan sug'urta qilish

    9-klass

    Mol-mulkni zarardan sug’urta qilish

    10-klass

    Avtofuqarolik javobgarligini sug'urta qilish

    11-klass

    Aviatsiya sug'urtasi doirasidagi javobgarlikni sug'urta qilish

    12-klass

    Dengiz sug'urtasi doirasida javobgarlikni sug'urta qilish

    13-klass

    Umumiy fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish

    14-klass

    Kreditlami sug'urta qilish

    15-klass

    Kafillikni (kafolatlami) sug'urta qilish

    16-klass

    Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug'urta qilish

    17-klass

    Huquqiv himoya qilish bilan bog'liq xarajatlami sug'urta qilish

    • fuqarolik javobgarligi xavfi - boshqa shaxslaming hayoti. sog'lig'i yoki molmulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo'yicha


      javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar bo'yicha javobgarlik xavfi;
    • tadbirkorlik xavfi - tadbirkoming kontragentlari o‘z majburiyatlarini buzishi


      yoki tadbirkorga bogdiq bo‘lmagan vazivatlarga ko‘ra bu faolivat shartsharoitlarining o‘zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlami ololmaslik xavfi.

    Shuningdek qonunchilikka asosan quyidagi manfaatlarni sug‘urtalashga yo'l qo‘yilmaydi:


    G'ayriqonuniy manfaatlarni sug’urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Qimor. loterevalar va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko’riladigan zarami sug‘urtalashgayofi qo‘yilmaydi.
    Garovga olinganlami ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlami sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Sug'urta shartnomalarining ushbu birinchi. ikkinchi va uchinchi qismlariga zid bo‘lgan shartlari o'z-o^idan haqiqiy emas.
    Tarmoqlar bo‘yicha sug‘urtalash 4 vo‘nalishda olib boriladi

    Mulk sug'urtasi o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:


    • yuridik shaxslar mol-mulkini sugurtalash;


    • jismoniy shaxslar mol- mulkini sug'urtalash.




    Shaxsiy sug'urtalash quyidagilarga bo'linadi:


    • xayotni sug‘urtalash;


    • baxtsiz hodisalardan fuqarolami himoyalash;


    • tibbiy sug'urtalashdan iborat




    Javobgarlik sug‘urtasi quyidagilarga bo‘linadi:


    • fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi (transport egalari, sanoat va qurilish -


      montaj korxonalari, tovar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar);
    • kasbiv javobgarligini sug'urtalash (vrach, yurist, hisobchilar va h.k.).




    Tadbirkorlikka oidxavf - xatar sug‘urtasi quyidagilarga bo'linadi:


    • tadbirkorlik tavakkalchiligini sug'urtalash (savdo — sotiq tavakkalchiligini,


      ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalami joriy etishdagi xavf— xatar);
    • moliva tavakkalchiligini sug'urtalash (to'lanmagan kredit xatari).


    Xavf - xatar turlari bo'yicha guruhlash mol-mulk suturtasiga tegishli soxa


    hisoblanadi. Bunda sug'urta puli mol-mulkning shartnoma tuzilayotgan vaqtda haqiqiy qiymatidan oshmasligi kerak. Bu sohada guruhlash quvidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
    Uy-joyni yong‘ in va boshqa ofatlardan: qishloq xo'jaligi ekinlarini
    qurg'oqchilik kabi tabiiy ofatlardan sug'urtalash (masalan. O'zbekistonda ketma — ket 3 yil qurg'oqchilik bo‘ldi, ko'pgina fermer xo'jaliklari zarar ko'rdi, vaqtida sug'urtalangan xo'jaliklar zarari qoplandi, bu ishga befarq qaragan fermer xo'jaliklari esa og‘ir ahvolda qoldi). Shuningdek, chorva mollarini turli kasalliklardan, transport vositalarini esa o‘g‘irlanishdan sug'urtalash va hokazo
    Shuningdek tarmoqlar bo'yicha sug'urtalash majburiy va ixtiyoriy sug'urtaga
    bo'linadi. Shu bilan birga sug'urtaning majburiy va ixtieriy shakllari ham mavjud.
    Majburiy va ixtiyoriy sug'urtaning bir biridan farqi, shundaki, majburiy
    sug'urta yoppasiga amalga oshiriladigan chora-tadbir, ixtiyoriy sug'urta esa tanlov yo'li bilan. sug'urtalanuvchining xohish istagi bilan amalga oshiriladi.
    Bugungi kunda O'zbekistonda quyidagi sug'urta turlari majburiy hisoblanadi;


    • qurilish - montaj ishlari;


    • avtofuqarolik javobgarligini sug'urta qilish;


    • ish beruvchining fuqorolik javobgarligini sug'urtalash;


    • tashuvchining fuqorolik javobgarligini sug'urtalash;


    • xavfli soxalardagi ishlovchi ishchi xizmatchilami sug'urta qilish.


      Sug'urta bozorlari o'z tashkiliy — huquqiy jihatidan: aksiyadorlik, kooperativ, davlat va aralash sug'urta bozorlariga bulinadi. SHuningdek, ichki va tashki jahon sug'urta bozorlari ham bor. Ichki sug'urta bozori — mahalliy sug'urta bozoridir. Bunda sug'urta xizmatiga zarur bo'lgan talab asosida ish olib boriladi. Fuqarolaming mulkiy sug'urtasi bo'yicha xizmat ko'rsatiladi. Tashki sug'urta bozori esa ichki bozordan tashqarida chet ellik sug'urta kompaniyalari bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Bu bozorda ekologik sug'urta, moliya tavakkalligi sug'urtasi, avtotransport javobgarligi sug'urtasi kabi turlar mavjud. Jahon sug'urta bozori dunyo miqyosida ish yuritadi.

    Turli tarmoq xususiyatlariga ko'ra ham shaxsiy. mulkiy va javobgarlik sug'urta bozorlari xam mavjud. O'z navbatida bular ham bir qancha turlariga bo'linadi. Masalan. qo‘shimcha nafaqa sug'urtasi, baxtsiz hodisalardan sug'uitalash. Uy mulklarini sug'urtalash va boshqalar. Barcha ishlarni sug'urta hodimlari olib boradi, sotuvchi va xaridor o'rtasida vositachi - sug'urta agentlari, brokerlari. maklerlari va boshqalardir.


    Malumki, sug'urta bozorlari. ko'pincha maxsus kredit va sarmoya institutlari
    funksiyalarini bajaradi. Shu bois sug'urta kompaniyalarda katta mablag' to'planadi. Bu mablag'Iar qimmatli qog'ozlarga aylanib bozorlarda uzoq muddatli kredit berish imkonini tug'diradi. Shu sababdan sug'urta kompaniyaiari moliya bozorida ham mavqega ega bo'ladi.
    Sug'urta bozorlari chet ellarda juda rivojlangan. Bunga ulardagi
    tashabbuskorlik. tadbirkorlik, faollik, ixchamlik katta ta’sir ko'rsatgan. Shuni aloxida aytish kerakki. sug'urta faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi uning rivojiga hissa qo'shmoqda Bunda davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi sug'urta bozori mexanizmi bilan birlashib yaxshi natijalar bermoqda.

    Download 72.65 Kb.
      1   2   3   4




    Download 72.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsialar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 72.65 Kb.