• BOJXONA TO’LOVLARI VA ULARNING TURLARI. AKSIZ VA QO’SHILGAN QIYMAT SOLIGI VA ULARNI UNDIRISH TARTIBI.
  • Farg’ona davlat universirteti




    Download 0.59 Mb.
    bet1/7
    Sana30.03.2024
    Hajmi0.59 Mb.
    #182476
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    BOJXONA TO’LOVLARI VA ULARNING TURLARI. AKSIZ VA QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG\'I VA ULARNI UNDIRISH TARTIBI.
    1 Maruza Raqamli, Lantanoidlar, invoice

    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSIRTETI

    • SIRTQI BO’LIM
    • IQTISODIYOT YO’NALISHI
    • 19.84 GURUH TALABASI
    • XASANOV SINDORNING
    • “BOJXONA ISHI”
    • FANIDAN TAYYORLAGAN
    • MUSTAQIL ISHI

    BOJXONA TO’LOVLARI VA ULARNING TURLARI. AKSIZ VA QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG'I VA ULARNI UNDIRISH TARTIBI.

    MAVZU:

    Davlat boji tegishli harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pul yoki pulsiz shaklda to`lanadi. Davlat boji tushumlari bo`yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o`zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning o`ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat boji ayrim hollarda qisman yoki to`liq qaytarilishi mumkin.

    • O`zbekiston Respublikasida davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadigan yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
    • Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O`zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini tashkil etish, tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlash, iqtisodiyotning rivojlanishini rag`batlantirish, ichki bozorni himoya qilish hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro`yobga chiqarishda bojxona to`lovlari muhim rol o`ynaydi.

    Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o`tishda va Bojxona kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to`lovlari undiriladi:
    -bojxona boji;
    -qo`shilgan qiymat solig`i;
    -aksiz solig`i;
    -litsenziya berganlik uchun yig`im;
    -bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassis degan malaka attestati berganlik uchun yig`im;
    -bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im;
    -dastlabki qaror qabul qilganlik uchun haq;
    -tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun yig`im;
    -qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to`lovlar..

    Bojxona to`lovlari va ularning turlari, stavkalarini qo`llash va hisoblash tartibi O`zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to`grisida”gi qonuni va Bojxona kodeksida belgilab berilgan. Boj tarifi-bojxona chegarasidan olib o`tiladigan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan boj stavkalari to`plamidir. Bojxona boji - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o`tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to`lov. O`zbekistonda import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya) bojlari qo`llaniladi.

    • Bojxona tarifini qo`llash va to`lovlarini hisoblab chiqarish asosida tovarlarning bojxona qiymati yotadi. Shuning uchun bojxona qiymatini aniqlash muhim jarayon hisoblanadi.

    Download 0.59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.59 Mb.