• 1.1 Oʻzbek tilida ot soʻz birikmali gaplar
  • I-bob ot soʻz birikmali gaplar 1 Oʻzbek tilida ot soʻz birikmali gaplar




    Download 38.98 Kb.
    bet1/8
    Sana24.04.2024
    Hajmi38.98 Kb.
    #206213
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Adabiy tilda ot soʻz birikmali gaplar va oʻzlashtirmalik xossalari.
    Bilim inson manaviy kamoloti omili, 4th task kraevaia, 255-Model, uploaded, Документ Microsoft Office Word (2) (2), Karimov akademik yozuv 1-topshiriq, algoritmlar ularning xossalari. berilish usullari va strukturalari, 1687182362-ED-20234217 решение, 849-T-4, KESIMLAR VA QIRQIMLAR, ipoteka, Amplituda modulyatsiyasi-fayllar.org, Karmana tuman 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim-fayllar.org, The-Fascinating-Journey-of-Uzbek-Literature (1), Hunarmand uyushmasi raisiga xat

    Adabiy tilda ot soʻz birikmali gaplar va oʻzlashtirmalik xossalari.
    MUNDARIJA
    Kirish
    I-BOB Ot soʻz birikmali gaplar
    1.1 Oʻzbek tilida ot soʻz birikmali gaplar
    1.2 Fransuz tilida ot soʻz birikmali gaplar


    I-BOB Ot soʻz birikmali gaplar
    1.1 Oʻzbek tilida ot soʻz birikmali gaplar
    Bitishuvli birikmalar. Bosh so‘zga birikib kelgan ergash komponentlarning qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligiga qarab 'yoki ifoda materialiga ko‘ra, so‘z birikmasini quyidagi gruppalarga ajratib o‘rganish mumkin.
    1. O t+ ot. Otli birikmalar sistemasida keng tarqalgan turlardan biri ikki otning qo‘shimchasiz birikuvidir. Ergash mucha sistema sifatida birinchi o‘rinda, bosh so‘z esa ikkinchi o‘rinda keladi; qoida bo‘yicha grammatik jihatdan o‘zgaruvchi element ikkinchisidir, ya’ni kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalaridan ,birortasini (yoki uchchalasi ham) olishi mumkin.
    2. Olmosh +ot. Olmoshlarning barcha turlari ham bosh so‘z bnlan (ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan) birikavermaydi. Olmoshlardan faqat so‘roq, ko‘rsatish, belgilash olmoshlari (juda. kam bo‘lsa ham bo‘lishsizlik olmoshi yasashda ishtirok qiluvchi hech elementi va hokazo) otga birikib kelishi mumkin: hamma odamlar, butun dunyo (xalqlari), barcha studentlar, o‘sha bodomzor, hech narsa, har kishi, qancha odam kabi.
    3. Son + ot. Bu tipdagi bitishuvli birikmaga son turkumiga aloqador bo‘lgan ayrim turlar kiradi: sanoq son + ot, tartib son + ot, chama son + ot, taqsim son + ot: yigirma besh student, o‘n oltinchi maktab, o‘ntacha bola, yigirmat.adan qalam.
    4. Sif at+ot. So‘z birikmalari sistemasida eng keng tarqalGan tur sifat va otning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanishidir: yaxish. odam, uzoq yo‘l, moviy dengiz, go‘zal tabiat kabi: yaxshi otga bir. qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol).
    5. Sifatdosh + ot. Fe’lning funksional formalaridan sifat.- doshning ayrim formalari ham ot bilan bitishuvli birikma hosil qiladi. Bulardai eng ko‘p ishga solinadigan turi -gan (-yotgan;. -digan) affiksi srdamida .yasaladigan formadir. Sifatdoshlarsing boshqa turlari iisbatan kamroq ishlatiladi {-ar]-ur, -jaq).
    Bundan tashqari, so‘zlarning bitishuv yo‘li bilan birikuvida ravishdosh + fe’l, ravish + fe’l kabi turlari ham juda keng tarqalganki, biz ularni fe’lli birikma bobida yoritish niyatidamiz.
    O t+ ot tipidagi qo‘shimchasiz birikkan bog‘lanishda quyidagi". asosiy ma’no turlarini qayd qilish mumkin.
    1. Ergash mucha vazifasida kelgan ot (birinchi komponent) bosh so‘z bildirgan predmet nimadan yasalganligini, materialini. ko‘rsatadi: movut chopon, qamish devor, chilvir belbog‘, temir qoshiq; predmet materialining bir qismiga ishora: zar do‘ppi, tosh yo‘l, qovoq somsa, g‘isht devor kabi.
    2. Bosh so‘zga bog‘lanib kelgan komponent predmetning nimagsh moslanganligini, mo‘ljallanganligini bildiradi: yuk mashina, qo‘ltiq tayoq, deraza parda, elektr chirog‘, lampa shisha.
    3. Birinchi mucha shaxsning (predmetning) kasbini, mashg‘ulotini bildiradi, barcha izohlovchilar ham shu turga kiradi: matros yigit, injener ayol, dehqon bola, traktorchi qiz.
    4. Birinchi mucha ikkinchisining holat-harakatini izohlaydi, aniqlab beradi yoki shaxsning (predmetning) biror tomonini’ nimagadir qiyoslaydi, o‘xshatadi: g‘oz yurish, it hurish, mirza turish, yov qarash, shoir tabiat, xo‘roz qand, bodom qovoq, dutor bo‘yin, qo‘ng‘iroq ovoz, ketmon soqol, qo‘y ko‘z kabi.
    5. Birinchi so‘z ikkinchi komponentning millatiga (qabila,. elat) ishora qiladi: rus ayol, o‘zbek bola, koreys qiz.
    6. Ergash so‘z bosh so‘zning joyini, o‘ringa munosabatini, qayerdan kelib chiqqanligini bildiradi: chust do‘ppi, namangan olma, marg‘ilon atlas, qo‘qon arava (Agar birinchi mucha oxiridagi -i qo‘shimchasi o‘qilmaydi deb faraz qilsak, iroqi sovun, kobuli sho‘r~ ■ va, kashmiri ro‘mol kabi birikmalarni ham shu tipga kiritish mumkin). Aslida birinchi so‘zga qo‘shilib kelayotgan -i qo‘shimchasi yoki nisbiy -iy elementiga aloqadordir: chinni idish, buxori saqich, shohi ko‘ylak kabi birikmalar ham shu tipdagi qo‘shilmalardir.
    7. Ergash so‘z yetakchi (bosh) so‘zning jinsiga ishora qiladi: jo‘ja xo‘roz, xotin doktor, qiz bola, o‘g‘il bola, erkak kishi;
    8. Miqdor anglatuvchi otlarning (numirativlarning) yolg‘iz (yakka holda) birikmaning birinchi komponenti bo‘lib kelishi siyrak uchraydi; bunday holatlarda ergash so‘z oldidan birorta sanoq son kelib, so‘z birikmasi hosil qiladi: bir mashina odam, o‘ch qop un, ikki qbp guruch, yuz vagon yog‘och kabi; ergash so‘zni takrorlash yo‘li bilan bosh so‘z aniqlanadi va o‘ziga xos aniqlovchili konstruksiya hosil bo‘ladi: qop-qop un, arava-arava odam, mashina-mashina paxta va sh. K
    1. O t+ ot tipiga aloqador bo‘lgan bog‘lanish tilda tez-tez ishlatiladigan leksemalarning yordamida xuddi shu tipdagi birikmalarni hosil qiladi: ular bosh, qo‘l, oyoq, bozor, suv, shamol, ota, ona, ba’zi ovqat nomlari yordamida shakllanadiki, ularni ma’lum bir semantik turga ajratish ancha qiyin: ona yer, ota meros (kasb), ot bozor, yakshanba bozor, qo‘l (shamol, suv) tegirmon, qo‘l o‘roq (arra), mosh xo‘rda, guruch sho‘rva, makaron palov, qozon kabob, bosh agronom, bosh qo‘mondon, bosh maqola va juda ko‘p shunga o‘xshash birikmalar.
    Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bir otning ikkinchi bir ot bilan qo‘shimchasiz birikuvida so‘z yasashning qanday- ,dir elementi saqlanadi. Buning sababi “sostavli” otlarni tashkil qilgan so‘zlarning o‘zaro munosabati barcha turkiy tillar uchun' xos bo‘lgan struktur xususiyatdan kelib chiqadi. Birinchidan, birikmaning komponentlari xuddi odatdagi sifat+ot tipidagi qo‘shilmaga o‘xshaydi, biroq birinchi muchaning ma’nosidagi o‘zgarish uni otdan ancha uzoqlashtirgan va belgini ifodalovchi sifat turkumidagi so‘zlarga yaqin qilib qo‘ygan, binobarin, “...birinchi komponentning ot ekanligi haqida faqat tarixan gapirish mumkin” (A. Q. Borovkov). Ikkinchidan, bunday birikmalarda potensial qo‘shma so‘z yasash imkoniyati mavjud bo‘lganligi uchun ham ikkala komponent orasidagi ot+otlik munosabati yoki sifatlashgan ot + ot munosabati ancha zaiflashgan bo‘ladi, natijada juda ko‘p holatlarda birikmaning qo‘shma so‘zga aylanganligi ochiq sezilib turadi, ayrimlarida esa o‘tkinchilik davri hamon davom etayotgandek tuyuladi. Ayniqsa birinchi holatda “aniqlovchi” bo‘lak yo asosiy kompoiyentning maYanosipi umumlashtiradi, yoki ma’noni cheklaydi, qo‘shilmapi tashkil qilgan ikkala mucha ham o‘z ma’nolarini o‘zgartirib yuborishlari mumkip: itog‘iz, tuyatovon, oyboldoq, oybolta kabi misollarda buni juda ochiq ko‘rish mumkin. Sh u jihatdan qaraganda sifat+ot va keltirilgan misollardagi ot+ot birikmasining umumiy ma’nosidagi farq deyarli yo‘qolgan, dutor ■ bo‘yin (ot), qorako‘z (bola) qo‘shilmalarida komponentlar o‘rtasidagi semantiq farq juda zaiflashib qolganga o‘xshaydi, ya’ni yanti ma’noni aniqlash vazifasini sifat ham, ot ham babbarobar o‘tab kelayotir. Bunday hollarda sifat ma’nosidagi xossaning umumlashtirilgan ma’nosi torayadi va yangi ma’noni ifodalashga moslashadi (sarig‘yog‘, qorako‘z misollarini bilaguzuk, oybolta so‘zlari bilan qiyoslab ko‘ring). Bunga ma’noning o‘zgarishi va urg‘uning birlashib ketishini keltirib qo‘shsak (oqsoqol, echkiemar, toshbaqa, oshqovoq, oqqush, qoraqurt misollaridagi urg‘uni esga olaylik), bu tipdagi birikmalarda qo‘shma so‘z yasash imkoniyatlari ancha keng ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Yana quyidagi misollarni chog‘ishtirib ko‘raylik: Ch i y baxmal gimnastyorkasining ko‘kragida Sifat+ot. Bitishuv yo‘li bilan birikadigan qo‘shilmalaryaing ikkinchi gruppasini sifat + ot tipidagi bog‘lanishlar tashkil qiladi. Bu tipdagi bog‘laiish hozirgi tilimizda aniqlovchili konstruksiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi: a) birikmaning birinchi komponenti (ergash muchasi) asliy sifatlardan, ikkinchi bo‘lagi esa ot yoki otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: yangi kitob, azim daryo, xom ashyo, qizil bayroq, baland bino, qora bulut kabi; b) nisbiy sifat + ot: uquvli yigit, g‘ayratli bola, chiroyli surat, kechagi studentlar, kechki payt, nuroniy keksa, oilaviy kecha, farosatsiz kishi kabi
    Har ikkala sifat turlari o‘z aniqlovchilariga ega bo‘lmoqlari mumkin: juda g‘ayratli (yigit), tir yalang‘och (bola), o‘ta o‘jar (kishi), g‘oyat shiddatli (jang) kabi. Tabiiyki, keltirilgan misollardagi kuchaytiruvchi elementlar (juda, eng, g‘oyat, o‘ta) so‘z birikmasining teng huquqli muchasi bo‘lolmaydi: E s k i odatlar o‘lkasini ayladim poymol (H. Olimjon). Ya x sh i niyat — yarim davlat (Maqol). Havoda s a l q i n shabada... (Oybek). Gulnorning gavdasi ...n o z i k navda kabi qaltirar edi (O y b ye k ) . Samolyotimiz yerga qo‘nganda shunday qattiq tovush chiqdiki... (Gazeta). Uzoq bo‘lsa ham, to‘g‘ri yo‘l yaxshi (Maqol).
    III. Sifatdosh + ot tipidagi bog‘lanishlar so‘z birikmasi sis- (gemasida juda katta o‘rinni ishg‘ol qiladi. Sifatdosh formalaridan -gan (-yotgan, -digan) affiksini olgan fe’l formalari shu vazifada (aniqlovchilik vazifasida) juda keng qo‘llanadi. Bu forma ham o‘zi aniqlab kelgan otga bitishuv yo‘li bilan birikadi: o‘qigan bola, o‘tirgan kishi, kelayotgan bayram, so‘zlaydigan notiq va sh. k. Sifatdoshlarning boshqa formalari, yuqorida aytilganidek, kam ishga solinadi (-r/-ar, -ur, -jak). Bu yerda otga birikib keladigan sifatdosh formalarining negizi qaysi so‘z turkumiga aloqador ekanligining ahamiyati yo‘q: ish-la-gan yigit, qoray-gan narsa, shar-il-la-gan suv kabi: o‘ qigan kishi o‘zar, o‘ qimagan kishi to‘zar (M aqol); Yechingan kishi suvdan qaytmaydi (Maqol). Bo ta r k u n n i n g otar tongi bor (Maqol). Dilshod hamon qo‘lida ushla b turgan bayozni ochib, b o ya o‘qigan she’rini topdi (M. Ismoiliy).
    Olmosh +ot tipidagi bog‘lanish nisbatan ancha kam uchraydi. Olmosh turlaridan faqat ko‘rsatish, so‘roq va belgilash-jamlash olmoshlarigina ergash mucha vazifasida kela oladi: anovi anhor, o‘sha bola, qaysi kun, qanday kishi, barcha aholi, hamma kolxozchilar, butun dunyo kabi: B u tankka kichik leytenant Mannon Mavlonov komandirlik qiladi (Gazeta). B u kishi Adolat opam bo‘ladilar (H. G‘ulom ). U To‘tiqizni b u jozibada, b u latofat, bu jilvada ko‘rmagan edi (M. I s moiliy). Shu yoz bir to‘da bolani Moskva yaqinidagi pioner lageriga yuborishdi (Gazeta). Sh u hafta ichida tovushim do‘rillay boshladi (A. Qahhor). Sh u ye r ga kelgan yilim xudo bir qiz bergan edi (Oybek). H a r y i l ko‘kartirar meva xilini, H a r y i l yuz yasanib kelganda bahor (S. V u r g‘ u n ) .

    Download 38.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 38.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob ot soʻz birikmali gaplar 1 Oʻzbek tilida ot soʻz birikmali gaplar

    Download 38.98 Kb.