• ESHMETOVA YULDUZNING “OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH TILLAR” FANIDA
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 207.5 Kb.
    bet1/6
    Sana21.06.2023
    Hajmi207.5 Kb.
    #74720
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    algoritmlar ularning xossalari. berilish usullari va strukturalari
    Bilim inson manaviy kamoloti omili, 4th task kraevaia, 255-Model, uploaded, Документ Microsoft Office Word (2) (2), Karimov akademik yozuv 1-topshiriq, 1687182362-ED-20234217 решение, 849-T-4, KESIMLAR VA QIRQIMLAR, ipoteka, Amplituda modulyatsiyasi-fayllar.org, Karmana tuman 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim-fayllar.org, The-Fascinating-Journey-of-Uzbek-Literature (1), Hunarmand uyushmasi raisiga xat

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

    KASB TA’LIMI: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TA’LIM YO‘NALISHI

    301-INF GURUH TALABASI

    ESHMETOVA YULDUZNING “OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH TILLAR” FANIDA

    ALGORITMLАR, ULАRNING ХОSSАLАRI. BЕRILISH USULLАRI VА STRUKTURАLАRI” MAVZUSIDA YOZGAN

    URGANCH-2013 y

    Algoritmlаr, ulаrning хоssаlаri. Bеrilish usullаri vа strukturаlаri


    Rеjа:
    I.Kirish:
    a)Algoritm haqida tushuncha.
    II.Asosiy qism:
    b) Algoritmning tasvirlash usullari
    c)Algoritm ijrosini tekshirish
    d) Algoritmga oid amaliy masalalar
    III.Yakuniy qism:
    e)Xulosa.

    Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir. Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.


    Algoritmning asosiy xossalari.
    Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor:
    Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.
    Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.Har bir ijrochining bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud, u ijrochining ko‘rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga mansub bo‘lishi lozim.Ko‘rsatmalarni ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga tegishli bo‘ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinfning a’lochi o‘quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko‘rsatmani tushinmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin "son o‘zini o‘ziga ko‘paytirilsin" shaklidagi ko‘rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko‘rsatma mazmunidan ko‘paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.

    Download 207.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 207.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 207.5 Kb.