• Annotatsiya
  • Ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish usullari




    Download 188.17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana29.03.2024
    Hajmi188.17 Kb.
    #180661
      1   2   3
    Bog'liq
    Rozmamatova Mexriniso
    obuna-2022, Matluba opaga tadbir, 6-amaliy dars, 5-ma’ruza Tipik kirish signallari, Amir Temur Ssenariy, MTMIChJA sirqi 5kur 308, 3-Mavzu Tuproqning suv va havo rejimlari hamda ularni boshqaris, 5-Ma\'ruza, 8-мавзу strees omillar(1), кружок 130820233912, UZBEK TIILI 4, TAT, 2-silayd elektiz energetikasi, My day., BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG\'URTANING TUTGAN O\'RNI


    BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI 
    ISHLARNI TASHKIL ETISH USULLARI 
     
    Rozmamatova Mexriniso 
    Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedogogika fakulteti 
    Boshlang'ich ta’lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi 
     
    Annotatsiya: Bu maqolamda boshlang'ich sinflarda matematika fanidan 
    bolalarga qo'shimcha bilim berish usullari haqida fikr va mulohazalar 
    bildiriladi. 
    Kalit so'zlar: dars,darsdan tashqari mashg'ulotlar, to'garaklar, 
    matematik soat va o'n minutliklar, matematik matbuot, mental arifmetikasi
    Kirish: Fan va texnologiyalar zamonida har bir sohada eskicha 
    an'analar asosida yangi marralarni zabt etib bo'lmaydi. Shu jumladan 
    ,Boshlang'ich ta’lim jarayonida ham faqatgina o'qituvchi-gapiruvchi, o'quvchi 
    esa tinglovchi bo'lib qolishi hech qanday samara bermaydi. Hozirgi davrda
    dars jarayonlarini qiziqarli shakllantirish bevosita o'qituvchiga bog'liq bo'lib 
    qolmoqda. Darslarning yaxshi tashkil etilishi , o'quvchilarga tushunarli 
    bo'lishi, darslarning samarali bo'lishi o'qituvchining topqirligiga va
    yaratuvchanligiga asoslanadi.Shuningdek , nafaqat dars jarayonini, balki 
    darsdan tashqari mashg'ulotlarni ham aktiv metodlar asosida shakllantirish 
    kerak . Misol tariqasida ,Matematika fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil 
    etishni ko'rib chiqsak.  
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
    Barchamizga ma'lumki, hozirda boshlang'ich sinflarda matematika 
    o'qitishni tashkil etishning ikki xil shakli mavjud: 
    1. Dars 
    2. Darsdan tashqari mashg'ulotlar. 
    Dars 
    — maktab ta'limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan 
    miqdordagi doimiy o'quvchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyushtiriladigan va 
    aniq maqsadga yo'naltirilgan didaktik tadbirdir. Matematikadan o'quv ishlarini 
    tashkil etishni darsdan tashqari mashg'ulotlarning asosiy vazifalari: 
    - o'quvchilarning bilimlarini, amaliy malakalarini chuqurlashtirish va 
    kengaytirish; 
    - mantiqiy tafakkurni, topqirlikni, matematik ziyraklikni rivojlantirish; 
    - iqtidorli va qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularni yanada o'sishiga 
    yordam berish; 
    - matematika faniga qiziqishini shakllantirish;[1] 
    Darsdan tashqari mashg'ulotlar- O'qituvchi tomonidan reja asosida 
    shakllantirilgan, umumiy bilimlarni o'zida mujassam etgan, dars jarayonini 
    takrorlamaydigan mashg'ulot turi. Ko'pchilik pedagoglarimiz "Darsdan 


    tashqari mashg'ulotlar" deganda faqat fan to'garaklarlarinigina tushunadilar. 
    Lekin sinfdan tashqari ishlar deganimizda o'quvchiga yangi bilim beruvchi har 
    qanday ta'limiy va tarbiyaviy mashg'ulotga aytiladi. 
    Matematikadan sinfdan tashqari ishlar: 
    • Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning o'ziga xos aspektlari
    • Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning shakllari 
    • Matematik o'n minutliklar 
    • Matematik to'garaklar
    • Matematik olimpiadalar
    • Matematik matbuot
    • Matematik burchak
    • Matematik ekskursiyalar
    • Qiziqarli matematik soatlar[2] 

    Download 188.17 Kb.
      1   2   3




    Download 188.17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish usullari

    Download 188.17 Kb.
    Pdf ko'rish