• Kalit so’zlar
  • BACK TO BACK
  • Ich sinflarga ingliz tili darslarini qiziqarli va samarali tashkil etish




    Download 235.45 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.01.2024
    Hajmi235.45 Kb.
    #141791
      1   2
    Bog'liq
    3696-Article Text-9302-1-10-20211130
    74ab99ad-9f6c-4b97-8a95-41f46378db9c, I bob Boshlang`ich sinflarda rivoyat va hadislarni o`quvchilarg, Buxoro davlat universiteti, Doniyor Suvonov Telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni tasniflash, Arrizo 6 Pro price UZ - 15 06 2023 Web, Shohrux ARXEOLOGIYA, Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. M, Gnoseologiya bilish nazariyasi. Axborotlashuvning falsafiy asos, Sim ken pol tex, 1-O.N. Topshiriqlari, Tema12, 6-Labaratoriya jumisi (2), 1670911787, 4-mavzu. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish, xZnNXeM6KwCUFFZCvpVC9A58IYN90oied0U3Dxzr


    BOSHLANG’ICH SINFLARGA INGLIZ TILI DARSLARINI QIZIQARLI 
    VA SAMARALI TASHKIL ETISH 
    Archabayeva Nargiza Nasimovna - JDPI stajyor-
    o‘qituvchisi, Mahkamboyeva Shaxrizoda Xusan qizi - 
    JDPI talabasi, Mahkamboyeva Ozoda Xusan qizi - 
    JDPI talabasi
     
    Annotatsiya 
    Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy 
    yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida, o’quvchilarning 
    mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to’g’ri javob 
    berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik 
    ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 
    Kalit so’zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich, o’yin, ta’limiy, ta’lim, 
    bingo, texnologiya. 
    Ingliz tilini o‘rganish bugungi taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. 
    Binobarin, yosh avlod o‘rtasida ushbu fanga bo‘lgan qiziqishni nafaqat oshirish, 
    balki ularning bu yo‘ldagi izlanishlarini rag‘batlantirish ota-onalar qatori 
    pedagoglar zimmasiga ham mas’uliyat yuklaydi. Zamonaviy boshlang’ich 
    ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu 
    O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet 
    tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-
    1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini 
    o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar 
    va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va 
    grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni 
    o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi 
    kengash boshchiligida ta’li­m sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli 
    ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran 
    umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi 
    mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. 
    Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik 
    majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan 
    majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi 
    ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, 
    ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar. Shubhasiz, 


    mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari va o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan 
    jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi 
    ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, 
    jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy 
    badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam 
    namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq­larining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani 
    bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. 
    Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga chet tillarni 
    o'rgatishda o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish 
    kerak. Qarorda ta'kidlanganidek, birinchi sinflarda o'yin tarzidagi darslar va og'zaki 
    nutq darslari shaklida chet tillarini o'rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik 
    yoshdagi o'quvchilarga mosligidir. Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, 
    eng samarali vositalardan biridir. O'yin davomida ularning tafakkuri, 
    dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta'limga o'yin orqali yondashuv 
    ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu 
    fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi 
    darslar bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf 
    o'quvchilari rasmli yoki videoli turli ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil 
    rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam 
    foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?” kabi 
    o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab 
    qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab rag'batlantirib borish zarur. Bolalarning so'z 
    boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o'yinlar, turli xil musobaqalarni 
    tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga dastlab “Meva nomlari”, 
    “Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o’yinlar yordamida 
    bajartirish mumkin. So’ngra ular kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg’un 
    holatda ko’rsatilsa, o’quvchilarning nutqi rivojlanib, atrof-muhitga munosabat 
    doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so’zlar va 
    uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo’ladi. O’quvchilar so’zlarni tinglab, ularni 
    talaffuz etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim 
    etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim 
    o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda 
    qiyinchilikka uchraydilar. 
    Shunday ekan biz ustoz-muallimlar interfaol, innovatsion va qiziqarli 
    usullardan foydalanib, darsimizni mazmunli o‘tishimiz lozim. Bilamizki, ta’lim 
    jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish, 
    ulardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish, shu orqali o‘quvchida chet tillarga bo‘lgan 


    qiziqishni oshirish, o‘qitish samaradorligini yaxshilash eng muhim masaladir. 
    Bugungi kunda ta’lim sohasida turli xil usullar mavjud. Ulardan dars davomida 
    yangi mavzuni yoritishda keng va yanada qiziqishlarini oshirish maqsadida 
    foydalanishimiz kerak.
    Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda xalq ta’limi tizimida chet tillarini o‘qitida 
    yangi davr boshlandi, talablar, metodika o‘zgardi. Bunda ilg‘or pedagogik 
    texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan foydalanish talab etilmoqda.
    Maktablarda ingliz tili fani 1-sinflardan boshlab o‘tilayotgani buning tasdig‘idir. 
    Bilimga chanqoq bolajonlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, 
    ularni ingliz tilining boy olamiga olib kirish o‘qituvchilardan katta mehnat talab 
    etadi. Albatta, bu borada darslarni turli interfaol o‘yinlar asosida tashkil etish 
    ularda ishtiyoqini yanada oshiradi, passiv o‘quvchilarni faollashtiradi, sinfda 
    o‘quvchilar o‘rtasida raqobat qatori o‘zaro jamoadoshlik muhitini yuzaga keltiradi.
    Keling, ingliz tili darsini mazmunli o‘tkazish uchun didaktik o‘yinlardan bir 
    nechta misollarni ko‘rib chiqamiz.
     PICTIONARY? ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganuvchilar biladigan rasm 
    chizish o‘yini. Bu o‘yin uchun oddiy doska yoki oq magnit doskadan 
    foydalanamiz. Sinfni ikki gruhga bo‘lib olamiz va har bir jamoa uchun 
    doskaning bir tomoniga jadval chizamiz va jamoalarninig to‘plagan 
    ballarini shu yerga yozib boramiz, guruhlar o‘zlari uchun nom tanlaydilar. 
    So‘ng har bir guruhdan bitta o‘quvchi doskaga chiqib, teskari o‘girilgan 
    so‘zlardan bittasini tanlaydi va uni doskaga chizib ko‘rsatadi, qolganlar uni 
    topadi. So‘zni birinchi topgan jamoaga ball beriladi. OBJECTS? — bu 
    qiziqarli o‘yin orqali o‘quvchilarning xotirasi va so‘z boyligini tekshiramiz. 
    So‘z boyligimizni qanchalik oshirsak, ingliz tilida so‘zlashuv mahoratimiz 
    shuncha yaxshilanib boraveradi. O‘yinning shartlari: doska va sinfxonada 
    joylashgan 15 buyumdan foydalanamiz. Buyumlarning hammasini stol 
    ustiga qo‘yib, barcha o‘quvchini chaqirib, stol ustidagi buyumlarni ko‘zdan 
    kechirishlarini aytamiz, so‘ng hamma buyumlarning ustini biror narsa bilan 
    berkitamiz. So‘ng o‘quvchilardan eslab qolgan 15 ta buyumni qog‘ozga 
    yoki daftarlariga ingliz tiliga yozishlarini so‘raymiz. 2-3 daqiqadan so‘ng 
    o‘qituvchi buyumlar nomlarini doskaga yozadi va o‘quvchilar o‘zlari 
    yozgan buyumlar nomlarini tekshirib oladi. Eng ko‘p to‘g‘ri yozgan 
    o‘quvchi g‘olib sanaladi.
     BACK TO BACK? — бу o‘yin o‘quvchi xotirasini charxlaydi va eshitish 
    qobiliyatini o‘stiradi. Stolga rang-barang rasmlarni chap tomoni bilan 
    qo‘yib chiqamiz, ikki o‘quvchini doskaga chiqaramiz va ularning birovidan 


    rasmlarni tanlab olishini so‘raymiz, ikkinchi o‘quvchiga ko‘rsatmasdan ular 
    ikkita bir-biriga teskari stulga o‘tiradilar. Rasmni ushlab turgan bola 
    topishmoq usulda unda nima tasvirlanganini aytadi va ikkinchi o‘quvchi 
    eshitgan so‘zlarni qog‘ozga tushiradi. Eshitganlarini yaqqol va aniq tushirsa 
    o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Bu o‘yin yuqori sinflar uchun ham juda qiziqarli.
     BINGO? — bu o‘yinni o‘ynash uchun biroz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri 
    keladi. Ammo u juda qiziqarli. 4x4 shaklda bingo qog‘ozlarini tayyorlang 
    va har bir katagiga so‘zlar yozing hamda o‘quvchilarga tarqating. So‘zlar 
    takrorlanmasligi va siz ularni o‘qib berganingizda o‘quvchilar borlarini 
    belgilashlari kerak. Sahifadagi barcha so‘zlarni birinchi bo‘lib belgilagan 
    o‘quvchi g‘olib sanaladi. 
    Ushbu o‘yinlarni darsingizda qo‘llab ko‘ring va erishgan natijalaringiz hamda 
    tajribangizni hamkasblaringiz bilan o‘rtoqlashing! 
    Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va 
    samarali hisoblanadi . Masalan, o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida 
    uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini 
    ham aytadi. Natijada esa, o'qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so'rab 
    qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan 
    foydalanish o'quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga 
    yordam beradi.
    Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rga tishni majburiyat 
    sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan 
    holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib 
    xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga erkin fikrlovchi, 
    barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz 
    bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini 
    yanada mukamma lroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin . 

    Download 235.45 Kb.
      1   2




    Download 235.45 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ich sinflarga ingliz tili darslarini qiziqarli va samarali tashkil etish

    Download 235.45 Kb.
    Pdf ko'rish