Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
1068
MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR RIVOJLANISHINI TA’MINLASHNING
ILMIY ASOSLARI
To‘ychiyeva Nodira G‘ulom qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Jizzax filiali “Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi assistenti.
Umurzaqova Shahzoda Azamatovna
O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, O'zbekiston
Annotatsiya:
Ushbu yozilgan maqolada milliy iqtisodiyot, unga berilgan ayrim
ta’riflar hamda hozirgi dunyo davlatlari rivojlanayotgan davrda dunyo mamlakatlari
iqtisodiyoti qatorida O‘zbekiston iqtisodiyotini ham rivojlantirish, O‘zbekiston
respublikasi prezidenti so‘zlari va bazi adabiyotlar talili o‘rganilgan, bo‘lib ular hammasi
iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, liberallashtirishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar
:
Milliy iqtisodiyot, ijtimoiy iqtisodiyot, mamlakat iqtisodiyoti,
makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish , barqaror iqtisodiy o‘sish.
KIRISH
Milliy iqtisodiyot
- ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat
qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan
yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy
munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan
iqtisodiy faoliyat sohalari,
tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va
mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy
xoʻjalik sistemasi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi
iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z
ichiga olgan
yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat
taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadi iqtisodiy o'sish jarayonida
jamiyatning barcha a’zolari uchun maqbul turmush sharoitlarini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadni amalga oshirish cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish,
inflyatsiya va ishsizlikni yo‘qotish, ijtimoiy muammolarni hal etish asosiy o‘rin
egallaydi.
Ayni damlarda nafaqat Yevropa, balki Sharqiy Osiyoda ham milliy iqtisodiyoti
rivojlangan va butun dunyo hamjamiyatiga chiqa olgan davlatlar mavjud. Markaziy
Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik,
bozorga asoslangan
umumdemokratik milliy iqtisodiyot shakllantirilayotgani hech kimga sir yoki yangilik
bo‘lmasa kerak.
Ayni dam rivojlanib borayotgan bir paytda milliy iqtisodiyotni innovatsion
rivojlanishini ta’minlab bera oladigan davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
1069
uchun anchagina murakkab va ayni vaqtda dolzarb hamda yechilishi muqarrar bo‘lib
turgan vazifalar qatorida.
Hozirgi innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirish davrida sanoat sohasida
ilmiy olimlar, ishbilarmonlar korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini boshqarish,
belgilash bo‘yicha qarashlarning kam miqdorda rivojlanganligi, yoki yetarli
rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi, chunki ular uning faqat ikkita asosiy jihatini
ajratib berishadi: ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv va iqtisodiy
faoliyat samaradorligini
boshqarish.
Jumladan, 2022–2026-yillarga belgilangan “Taraqqiyot strategiyasi”da ustuvor
vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish orqali aholi jon
boshiga YaIM hajmini oshirish ko‘zda tutilganligi ham bor gap.
Aynan mana shu strategiyaning uchinchi yo‘nalishi – “Milliy iqtisodiyotni, uning
o‘sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha belgilab
qo‘yilgan ustuvor vazifalarni 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar
strategiyasi”ning iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomchisi deyish mumkin.
Mamlakat iqtisodiyoti va eksporti tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini jadal sur’atlarda oshirishga
yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yanada yuksaltirish O‘zbekistonda uzoq muddatli barqaror
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14-
yanvardagi
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab
qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki
bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor
vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar.
135
A.SH. Bekmurodov va U.V. G‘afurovning fikricha, «Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi
ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs
xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida
va tarkibining
takomillashuvida ifodalanadi». Iqtisodchi A. Mo‘minovning qarashicha: Iqtisodiy o‘sish
deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy
salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan
foydalaniladi
136
.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarining asosiy maqsadi
bo‘lib unga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jumladan. Tadbirkorlikda sanoatni
rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin.
135
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. -
Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 8-b.
136
4Mo‘minov A. «Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat» //O‘zbekiston ovozi. 20.05.2016 y.
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
1070
Sanoatda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi tarmoqda
sohadagi tarkibini o‘zgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Bugungi kunda sanoatni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilash,
uning raqobatdoshligini
keskin oshirish, eksport salohiyatining yuksaltirishga
qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab
chiqmoqda.
Demak, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tishi ko‘p jihatdan ushbu
mamlakatning jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyalashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yangi industrial mamlakatlarning tajribasini qiyosiy taqqoslaganda import o‘rnini
qoplash siyosatiga nisbatan eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sish modeli
samaraliroqligini ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli mamlakatlar tashqi savdo yo‘lidagi
to‘siqlarni olib tashlash va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga harakat qilishadi.
Ushbu holat jahon iqtisodiyotining o‘sishi sharoitida ommaviy tus oladi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda makroiqtisodiy siyosatni yanada
takomillashtirish,
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyalash
yo‘nalishlarini kengaytirish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga
intiladi.
Demak, biz yuqorida ko‘rib chiqqan va bildirilgan fikrlar hamda izlanishlar
asosida bilishimiz mumkinki, aynan yuqorida ko‘rganimiz, “Harakatlar strategiyasi” va
uning mantiqiy davomchisi bo‘lmish “taraqqiyot strategiyasi” ham boshqa sohalar
singari milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga ham qaratilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy o‘sishga erishish, uning sur’atlarini barqaror va
maqbul darajada bo‘lishini ta’minlash nafaqat O‘zbekiston
balki jahonning barcha
davlatlari uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichi mamlakatning kuch-qudratini va aholining farovonligini belgilovchi asosiy
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar faqat bitta maqsadga– aholi farovonligini oshirish,
turmush tarzini yaxshilash va xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgandir.