• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • Ilmiy rahbar: aytimbetov n




    Download 476,8 Kb.
    bet1/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi476,8 Kb.
    #160847
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ilmiy rahbar aytimbetov n. Bajardi omarov sh-fayllar.org
    Elektronika va asbobsozlik yo’nalishi 421-21 e va a guruh talaba-fayllar.org, §. o’tishlarda fotoeffekt

    Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: omarov sh

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI OMAROV SHAXZODNING OPTIKA FANIDAN TASHQI FOTOEFFEKT. KOMPTON EFFEKTI MAVZUSIDA YOZGAN
    KURS ISHI

    ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
    BAJARDI: OMAROV SH.
    NUKUS_2023

    MUNDARIJA

    KIRISH 2


    I. BOB. FOTOEFFEKT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 5
    1.1. Fotoefekkt tarixi 5
    II. BOB. FOTOEFFEKT QONUNLARI 8
    2.1. Eynshteyn formulasi 8
    2.2. A.G.Stoletov tajribalari va qonunlari 12
    2.3. Kompton effekti 12
    2.4. Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari. Elektron difraksiyasi 16
    III. XULOSA 23
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25

    KIRISH

    O'zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy yuksak e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o'z ifodasini topgan. Respublikada umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o'qituvchilaridan umumiy mehnat bilim, ko'nikma hamda malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik tarizda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, hamda shu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda [1].


    Fizika kundan-kun shiddat bilan rivojlanayotgan ekan, demak bizning mavzuyimiz bo’lgan fotoeffekt va Kompton effekti bu taraqqiyotga qay darajada o’z ta’sirini o’tkazmoqda, aynan bu hodisalarning vujudga kelish sabablari nimalardan iborat va bu qonunlar fizikaning qaysi muammolarini yechishga yordam beradi, degan savollarga javob beradi.
    Yorug’lik moddaga ta’sir qilganda yorug’lik to’lqinining energiyasi moddaga beriladi, natijada turli effektlar yuz berishi mumkin. Shunday qilib birlamchi protsess yorug’likning yutilish protsessi ekan.
    Yorug’likning yutilgan energiyasi eng umumiy va eng ko’p bo’ladigan holda issiqlikka aylanib, yorug’likni yutayotgan jismning temperaturasini biroz ko’taradi. Lekin ko’pincha yorug’lik energiyasining bir qismigina issiqlikka aylanib, qolgan qismi esa boshqacha o’zgarib, yorug’likning biror ta’sirlarini vujudga keltiradi. Bu mavzu bo’yicha biz bu kurs ishida yorug’lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga (fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug’likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga (yorug’likning bosimi) aylanish protsesslarini, shuningdek, yorug’likning turli kimyoviy ta’sirlarini (fotokimyo, fotografiya, fiziologik optika) ko’rib chiqamiz.
    Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri bilinadigan turli hodisalar orasida fotoelektr effekti, ya’ni yorug’lik ta’sirida moddaning elektronlar chiqarishi muhim o’rin egallaydi. Bu hodisani analiz qilish yorug’lik kvantlari haqidagi tasavvurni yaratdi va hozirgi zamondagi nazariy tasavvurlarning rivojlanishida juda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, fotoelektr effekti fotoelementlarda qo’llaniladi, fotoelementlar esa fan hamda tehnikaning turli sohalarida keng qo’llanilayotir va kelajagi bundan ham porloq.
    Fotoeffektning kashf etilishi tarixini 1887-yildan boshlagan ma’qul, chunki o’sha yillarida Gerts kuchlanish berilgan uchqun oralig’ining elektrodalarini ultrabinafsha nur bilan yoritganda uchqun chiqishi osonlashganini kuzatgan.
    Mavzuning dolzarbligi: Amaliy hayotda Fotoeffekt qonunlariga tayanib hozirgi zamon texnologiyalarining ishlashida fotoelementlarning ahamiyatini va Kompton effektini o‘rganish [3].
    Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini yanada chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga quyidagilar issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemalarning mexanik energiyalariga (yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, va shuningdek, yorug‘likning turli xil kimyoviy ta‘sirlari (fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu yangi tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi.

    Download 476,8 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 476,8 Kb.