Vol. 34 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
32
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Raqamli Ta‘Lim Muhitini Yaratishning Dolzarb Masalalari
Ergasheva Go’zal Maxkambayevna
1
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli taʼlim muhitini yaratishning ustuvor yoʻnalishlari va
ta„limni raqamlashtirish jarayoni samaradorligini oshirish yollari yoritilgan.
Kalit so'zlar: ta„lim, ijtimoiy-pedagogik muammolar, raqamli muhit, raqamli jamiyat, raqamli
avlod, raqamlashtirish, masofaviy ta„lim, internet, ijtimoiy tarmoq.
KIRISH:
Jamiyatni global raqamlashtirish davrida davlat va uning tarkibiy qismlarini
bu jarayonga jalb qilish
uchun ob'ektiv ehtiyoj tug‟iladi. Chunki, u hayotning deyarli barcha sohalariga, jumladan, uni
to'g'ridan-to‟g‟RI harakatsizlantirishdan to yangicha raqamli shakllantirishgacha ta'sir ko‟rsatadi.
Raqamlashtirish bugungi kunda ham jamiyat, ham ilmiy taraqqiyotda
anglagan va tan olingan
muqarrar qadam sifatida yangi shaxsni nafaqat bioijtimoiy, balki texnologik mavjudot sifatida ham
shakllantirmoqda. Bu esa, o‟z navbatida, pedagog olimlar oldiga ijtimoiy
tizimning rivojlanishi va
muvozanatini saqlashga
yordam beradigan yangicha ta„lim muhitini yaratish va uni
insonparvarlashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish vazifasini qo‟yadi.
Raqamlashtirish jarayoni turli soha mutaxassislari tomonidan o'rganilgan bo‟lib, u quyidagi
muammolar bilan birga keladi:
Ijtimoiy sohada axborot texnologiyalari va Internet tarmoqlari tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida
paydo bo'ladigan umumiy ma'lumotlarni batafsilroq o'rganish uchun zarur bo'ladigan "yangi
haqiqat"larni ochishga imkon beradi.
Boshqa fanlar doirasida esa yangi usul va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda rivojlantirishga zamin
yaratadi. Biroq hozirgi jamiyatni raqamlashtirish davrining ijtimoiy-pedagogik muammolari ta„lim
tizimi va uning tarkibiy tuzilmasini qayta ko„rib chiqishni taqozo etmoqda. Bunda nafaqat ta„lim
sub'ektlari, balki uning makonini ham tubdan o'zgartirish talab etiladi.
Hozirda bu nafaqat bolaga bevosita jismoniy kuch va g‟ayrat bag‟ishlovchi muhitni, balki ta„lim
sub'ektlarining sa'y-harakatlari bilan yaratilgan raqamli texnologiyalar tarmog'ini shakllantirishga doir
bir-biriga bog'langan pedagogik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga egadir.
Shu bilan birga, raqamli
muhit insonlar uchun nafaqat xavf-xatarlarlar tug‟diruvchi jarayon, balki ularning yangi ko‟rinishdagi
turmush tarzi, faoliyati va munosabatlari majmuidir.
Raqamli muhitning xavf-xatarlari, birinchi navbatda,
maxfiylik, tarmoqdagi ma'lumotlarning
xavfsizligi va foydalanishning noaniqligi, shuningdek, uning mavjudligi maqsadlarini belgilaydigan
moliyalashtirish masalalari bilan bog'liq. Mahalliy ta„limning o'zgarishi ta„lim
mazmuni va uning
tizimini o'zgartira oladigan axborot muhitining ta'siri bilan bog'liq bo'lib, biroq bu hanuzgacha
istiqboldagi ijtimoiy-pedagogik vazifalar kontekstida hisobga olinmagan.
Bugungi kunda taʼlimdagi raqamli transformatsiyaning ustuvor yoʻnalishlari va maqsadlari har bir
bolaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan ommaviy yagona taʼlimdan
individual taʼlimga oʻtish sifatida belgilab qoʻyilgan. Masofadan ishlash, o'rganish
va boshqa
aloqalarning o'sishi, shuningdek, kelajak avlodlardan samarali hamkorlik va ijobiy munosabatlarga
yordam beradigan ma'lum turdagi ijtimoiy va hissiy intellekt (EI)ga ega bo'lishni talab qiladi. Bu
yangicha ko'nikma hisoblanib, biroq u hech qanday mavjud muloqot tarzi va o'zaro ta'sirni
o‟zgartirmaydi. Shu sababli istiqboldagi ta„lim aralash hajmdagi korinishni o'z ichiga oladi.
1
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang„ich ta„lim pedagogikasi” kafedrasi dotsenti v.b.