• «KLAVTREN» - klaviatura trenajori
  • IV. Mustahkamalsh
  • V. Uya vazifa Klaviatura trenajorida mashq qilish Ko’rildi: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: __________________
  • Informatika-5




    Download 1.47 Mb.
    Sana16.01.2024
    Hajmi1.47 Mb.
    #138391
    Bog'liq
    06-dars
    DARS ISHLANMA BET22, Elektorika va sxemalar, Тест техник назоратчиларга 283 та вариантларсиз, Test16, avesto-da-ta-lim-tarbiyaga-oid-fikrlar, bayroq va gerb, 2, ПТК курс иши, portal.guldu.uz- multimediya vositalari, 30.04.1998, 1-lektsiya uzb, 1001-21 Raxmanov Mahkam Elektronika va sxemalar (2), Тест Патентшунослик (2) (1), document, 1696584854

    Sana ____________________

    Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 6-dars.


    Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar
    Maqsad:
    1) ta’limiy: o`quvchilarni klaviatura treajori va undan foydalanishni o`rgatish.
    2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
    3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning klaviaturadan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.
    DTS: Klaviatura trenajoridan foydalanishni bilish;
    I. Tashkiliy davr
    II. Takrorlash
    III. Yani mavzuni o`rganish.
    Avvalgi darsda siz klaviatura bilan tanishdingiz. Klaviatura kompyuterga axborotlarni kiritishda asosiy qurilma bo'lib xizmat qilishini bilib oldingiz. Mazkur darsda klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz.
    Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat,...) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadagi klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo'ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko'p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi. Kompyuterlar uchun o'nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko'rib chiqamiz.
    «KLAVTREN» - klaviatura trenajori
    Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig'i o'ziga xos ko'rinishga ega. U ishga tushirilgach ekranga dasturning sarvarag'i chiqadi.

    Undan sichqoncha yordamida «sekin» (toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o'rdak rasmli tugma) va «matn» (tuyaqush rasmli tugma) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun sarvaraqning o'ng pastki burchagidagi «ЕХ1Т» tugmasi tanlanadi.


    «Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan iborat. Har bir noto'g'ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismida klaviatura rasmi bo'lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o'chib turadi. Mashq qilish uchun 1 minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to'plagan ball va jarima hisoblab boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz ekranga chiqadi.
    IV. Mustahkamalsh
    1. Klaviatura trenajorini ishga tushiring.
    2. Klaviatura trenajorining «toshbaqa» (sekin) bosqichini tanlang va «5» baho olishga harakat qiling.
    3. Klaviatura trenajorining «o`rdaк» (tez) bosqichini tanlang va «5» baho olishga harakat qiling.
    V. Uya vazifa
    Klaviatura trenajorida mashq qilish
    Ko’rildi:
    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha
    direktor o’rinbosari: __________________
    Download 1.47 Mb.




    Download 1.47 Mb.