Inklyuziv-ta-lim pdf




Download 101.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.04.2024
Hajmi101.56 Kb.
#199094
Bog'liq
inklyuziv-ta-lim
Diniy e’tiqod va shaxsning individual -psixologik xususiyatlari , adfdaz, Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari, fakuktet, KTE mustaqil ish uchun metodichka16.05.2020, 10 назорат саволлари, 11-mavzu, moliyaviy natijalar, Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari-fayllar.org, Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi , Ta’limda Akt va interaktiv texnologiyalardan foydalanish, Ilmiy seminar 4-son majlis bayoni 21 dekabr 2023, Ilmiy seminar 3-son majlis bayoni 16 nayabr 2023, Kampyuter tizimlari oraliq javoblari, raqamli qurilmalar loboratoriya ishi


Title 
layout
Subtitle


Reja:
• Inklyuziv ta'limda mxsus pedogogikaning o'rni.
• Ta'lim to'g'risidagi qonunda inklyuziv ta'lim tushunchasi. 
• Imkoniyati cheklangan ta'lim oluvchilargaqaratilayotgan 
qaror va farmoyishlar. 
• Amalda soha bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.


Inklyuziv ta'limda maxsus 
pedogogika 
Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:
oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan 
bolalar)
surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar)
tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar)
logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).
Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari 
bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va 
metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb 
etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini 
yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda 
to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli 
umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat.


Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan 
o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno 
qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni 
ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni 
yaratish;
Jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 
o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik 
munosabatini shakllantirish;
ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va 
ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;


barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish 
uchun imkoniyat yaratish;
o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-
irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy 
ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan 
oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni 
farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik 
texnologiyalar, ta’lim-tarbiya metod va vositalarini 
qo‘llash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni 
psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-
mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda 
ma’qullangan.
Qonunning quyidagi moddalarida inklyuziv ta'lim 
to'g'risida to’xtalib o’tilagan:
9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim:


Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari 
bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga 
muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida 
yakka tartibda ta’lim oladi.
18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim 
to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim 
muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq 
eksternat tartibida amalga oshiriladi.


20-modda. Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual 
imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda 
barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim 
olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga 
qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari 
bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida 
inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


50-modda. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni 
vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlash
Davlat ta’lim muassasalari ayrim turdagi ta’lim oluvchilar 
uchun vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun 
to‘lov qiymatini kamaytirishga yoki ularni to‘lovdan to‘liq 
ozod qilishga haqli. Yetim bolalar va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek 
o‘qitish davrida yetim bo‘lib qolgan bolalar, jismoniy, 
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar 
(shaxslar) vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik 
uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.


51-modda. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-
onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va 
majburiyatlari.
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari 
bo‘lgan bolalarga, shuningdek uzoq vaqt davolanishga 
muhtoj bo‘lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini 
berish;
oilada ta’lim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan 
holda uning o‘qishini ta’limning har qanday bosqichida 
ta’lim tashkilotida davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish;


7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy 
himoya qilish
52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam 
ta’minlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor 
(sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) 
uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning 
kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.


• 55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy 
nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda 
tarbiyalash.
• Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy 
nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida 
inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, 
professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini 
ta’minlaydi.
• Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari 
bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj 
bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun 
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil 
etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga 
yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki 
boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-
psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan 
amalga oshiriladi.


Inklyuziv ta'limga doir qaror va 
farmoyishlar. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA 
TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI YANADA 
TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq 
O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida 
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan 
ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida.


2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv 
ta’limni rivojlantirish
KONSEPSIYASI.
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv 
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda 
amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”.eng kech muddat ijro muddati etib 
belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-
oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga 3-ilova
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-
yilgacha rivojlantirishning
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI (INDIKATORLARI)


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-
oktabrdagi 638-son qaroriga
1-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR 
MAHKAMASINING
QARORI
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA 
TA’LIM BERISHGA OID NORMATIV-HUQUQIY 
HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-
fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 
“2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash 
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida 
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya 
berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-
4860-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi


• Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni 
tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 
638-son qarori.
• Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan 
bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalari to‘g‘risida
NIZOM 
• Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim 
muassasalari to‘g‘risida
NIZOM Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 
638-son qarori.


Soha bo'yicha amaliy islohotlar.
Hozirgi kunda O’zbekiston respublikasida ko’zi ojizlar 
maxsus maktab-internati 12-yillik ta’lim tizimida 
ko’rishda nuqsoni bo’lgan va ko’zi ojiz bolalarga ta’lim 
berib kelmoqda. 2020-yildan boshlab Prezident farmoni 
bilan bu maktablarda ta’lim olish 11 yillik etib belgilandi. 
Bu davr ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning to’la 
fanlarni va hayotiy zarur bilimlarni o’zlashtirishi, 
kelajakda biror bir kasbni egallashi uchun yetarli 
bo’lmaganligi sababli Toshkent shahar 77- sonli va 
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 45-sonli ko’zi ojizlar 
maxsus maktab-internati o’qituvchi va tarbiyachilari 
tomonidan Xalq ta’limi vaziri hamda prezident nomiga 
qilingan murojaatda bunday maxsus maktablarni avvalgi 
12 yillik imkoniyratish maqsadida “Ko’ngil ko’zi” loyihasi 
tashkil etildi. 


Bu loyiha asosida shu yilning o’zida ko’plab ishlar 
amalga oshirildi. Shu loyiha nomi ostida ko’zi ojiz bolalar 
uchun mo’ljallangan brayl tilidagi kitoblar chop etildi. 
Saida Mirziyoyevaning tashabbusi bilan bu yil yangi 
yilda “Ko’ngil ko’zi” xayriya tadbiri doirasida uch ming 
nafardan ortiq ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar tibbiy 
ko’rikdan o’tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra, ko’rish 
qobiliyatini yaxshilash imkoniyati bo’lgan har bir bolaga 
yordam berish rejalashtirildi. Ayni bayram arafasida bu 
xayriya doirasida “ Sovg’alar karvoni aksiyasi” doirasida 
O’zbekistonning barcha viloyatlaridagi imkoniyati 
cheklangan bolalarga sovg’a-salomlar ulashildi. 


• Ko’zi ojiz va zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv 
ta’lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni 
qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda 
O’zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. 
O’zbekiston universitetlarida hozirgi k cheklanganidan 
siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda 
boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko’ruvchi bola 
kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan 
kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan 
bo’lsa, bola battar o’z qobig’iga o’ralib oladi. Ko’ngli 
cho’kadi, o’qishga bo’lgan ishtiyoqi so’na boshlaydi, 
alamzada bo’lib qoladi”. 


Bu ta’lim tizimini joriy etish uchun avvalo jamiyatni, 
maktabdagi sog’lom bolalarni ham, imkoniyati 
cheklangan bolalarni ham bunga moslashtirish kerak. 
Ayniqsa, boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan bolalar 
nogironlik nima ekanligi, bunday bolalarning ustidan 
kulmaslik kerakligini bilishmaydi. Shuning uchun ham 
ularinklyuziv ta’lim davomida nogironligi bo’lgan 
tengdoshining ustidan kulishi, masxara qilishi, uni ajratib 
qo’yishi, kamsitishi kabilar kuzatilsa, bu albatta 
nogironligi bo’lgan bolaning ruhiyatiga jiddiy ta’sir 
ko’rsatadi. Sog’lom bolalar orasida o’zini kamsitilganday 
his etish bola uchun doimiy ruhiy zo’riqish ostida 
yashashga sababchi bo’ladi. Maxsus maktab-
internatlarda esa nogironlik jihatidan bir-biriga o’xshash 
bo’lgan bolalar ta’lim va tarbiya olishi jarayonida 
atrofidagi tengdoshlari ham o’ziga o’xshashligi, u kabi 
kasallik bilan og’rigani uchun ham ortiqcha ruhiy 
bosimlar kuzatilmaydi va ular o’zlarini atrofdagilardan 
zaif va kuchsizday his etishmaydi. 


Inklyuziv ta’limning amaliy natijalarini o’rganish 
masadida Toshken shahar Uchtepa tumani 109-sonli, 
Chilonzor tumani 163-sonli, Sergeli tumani 55-sonli, 
Olmazor tumani 134- sonli, Samarqand viloyati 
Samarqand shahar 81-sonli, Yunusobod tumani 70-sonli, 
Shayxontoxur tumani 324-sonli, Yakkasaroy tumani 135-
sonli, Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-sonli 
davlat umumta’lim maktablaridagi inklyuziv ta’limning 
joriy etilish holati o‘rganildi. Sergeli tumani 55-umumiy 
o‘rta ta’lim maktabiga Sergeli tumani XTB buyrug‘i 
asosida 6 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv 
ta’limga jalb etilgan.


Ushbu ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha barcha meyoriy 
hujjatlar yuritilgan. O‘qituvchiar bilan olib borilgan suhbat 
va savolnomalar asosida inklyuziv sinflar o‘qituvchilari 
uchun o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha 
metodik ta’minot zarurligi, bu borada o‘qituvchilar 
malakasini oshirishga juda katta zaruriyat mavjudligi, 
dars jarayonini kuzatish asnosida inklyuziv sinflarda 
o‘quvchilar sonini kamaytirishga katta ehtiyoj borligi 
aniqlandi.
Bayon etilgan qiyinchiliklar bilan bir qatorda 55-UO‘TMda 
inklyuziv talimni joriy etishda ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga 
ham erishilgan. 1-“a” sinf o‘quvchisi koxlear implant 
Uralov Azizbek Oybek o‘g‘li umumta’lim dasturi 
talablarini yaxshi o‘zlashtirmoqda. Boshqalar bilan 
bemalol og‘zaki muloqotga kirishadi.


Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda inklyuziv ta’limni 
joriy qilishda kо‘plab muammolar va tо‘siqlar talaygina. 
Muammolarni va tо‘siqlarni hal etish zaruriyatdir. Chunki 
jamiyatimizda yashayotgan har bir maxsus yordamga 
muhtoj bola bizning ham farzandimiz. Alohida ehtiyojli 
bolalarga “Ular kimning farzandi?” deya savol berish 
о‘rinsizdir. Zero, ularning kamoloti bizning ham 
kamolotimiz, ularning fojeasi bizning ham fojiamizdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va 
farmoyishlari.O`zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari milliy bazasi. 
2. 3. BMTning “Nogironlar huquqlari to`g`risidagi 
Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr
3. 4. O`zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda 
Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
Konsepsiyasi.
4. 5. M.Mamatov, A Isomiddinov, S Yuldashev. Factors of 
Developing the Intellectual Abilities of the Youth. 
Factors of Developing the Intellectual Abilities of the 
Youth 8. International Journal of Progressive Sciences 
and Technologies 16 (2), 311-313\ 
5. 6. U. J. Mansurov. O`zbekistonda ta’lim sohasidagi 
islohotlar: inklyuziv ta’limeade yangicha yondashuvlar. 


E'TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Download 101.56 Kb.




Download 101.56 Kb.
Pdf ko'rish