||ACADEMIC RESEARCH JORNAL
July 2022
VOLUME 1 ISSUE 1
https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
5
INNOVATSION MUHITDA MUTAXASSISLIK
FANLARINI O’QITISH METODIKASI
Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon qizi
Andijon davlat universitetining Pedagogika
instituti
Informatika va aniq fanlar kafedrasi magistranti
Muydinova Madinaxon Alisherovna
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti
Kattao’qituvchisi(PHD
https://doi.org/10.5281/zenodo.6635470
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va
muammolari, kompyuterli o’qitish texnologiyasining asosiy xususiyatlari haqida
yoritilgan. Bundan tashqari virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari,
elektron darslik uslubiy ta’minotni ishlab chiqish to’g’risida tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: mutaxassis fanlar, innavatsion texnologiyalar, kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, o’quv dasturlari, virtual labaratoriyalar, elektron darslik,
axborot texnologiyalari.
Ma`lumki, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy printsiplari uzviy
ravishda Oliy ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish printsiplariga bevosita ta'sir
ko’rsatadi va ularni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisida”gi
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
qayta qurish, Oliy ta’lim tizimining turlari, ta’lim muassasalari oldidagi vazifalar,
kadrlar tayyorlash milliy modulini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir
qatorda Oliy ta’lim tizimining quyidagi faoliyat ko’rsatish printsiplari qayd etilgan:
1. Ta’limning ustuvorligi-jamiyatimizda ta’lim ustuvor yo’nalish sanaladi.
Shu sababli, maxsus ta’lim-tarbiya jarayonining samarali
tashkil etilishi yuksak
mahnaviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxs va raqobatbarosh kadrning
shakllanishiga zamin yaratadi.
2. Ta’limning demokratlashuvi-ta’lim va tarbiya
jarayonida pedagogik
munosabatlarni insonparvarlashtirish, o’qitish
metodlarini samarali tanlash,
ta’limtarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va ta'siril oluvchining
hamkorligiga asoslanadi.