11– BOB. BOB INTERNET TARMOG‘IDA MARKETING TADQIQOTLARI O‘TKAZIShNI TAShKIL ETISH
Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni
Internet inglizcha -“Internet” – umumjahon
kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi deb nomlanadi. U ma’lumotlar paketiga
yo‘naltirilgan IP protokolidan foydalanuvchi qurilmadan iborat.
Internetning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘plab yondosh va turdosh sohalar yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Bu tarmoq texnologiyalarining
rivojlanishi, operatsion tizimlarning takomillashuvi, dasturlash tillarining rivojlanishi va hokazolardan iborat. Qirq yildan ortiq rivojlanish tarixi davomida Internet ko‘plab hodisalarni boshidan kechirdi. Ularning asosiylari haqida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Global tarmoqning vujudga kelishi. Internetning Vatani AQSh hisoblanadi. U o‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxirida ARPANET (Advanced Research Project Agency Network) paketlar kommutatsiyasi tarmoq loyihasidan kelib chiqqan.
Dastlab Internet bir-biridan uzoqlikda
joylashgan kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ishlab chiqilgan hamda axborot saqlash va tarqatishning ko‘plab muqobil yo‘llariga ega markazlashmagan hududiy taqsimlangan tarmoq sifatida ko‘zda tutilgan. Bu AQSh Mudofaa vazirligi kompyuterlari o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatishi,
harbiy harakatlar, masalan, atom bombasi portlashi natijasida ham tarmoqning ishdan chiqmasligini ta’minlashi taxmin qilingan.
World Wide Web. Biznesning, xususan, elektron tijoratning rivojlanish nuqtai nazaridan Internet tarixidagi eng muhim hodisalardan biri,
gipermatnli texnologiyaga