• RAQAMLI IQTISODIYOTNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA KORXONALARNI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TAMINLASH TIZMINI RIVOJLANTRISH . Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Iqtisodiy xavfsizlik” yo’nalishi, ix-81 guruhi, 3-kurs talabasi Nazarov Elyor Sherali o’g’li




    Download 126.88 Kb.
    bet1/2
    Sana27.02.2024
    Hajmi126.88 Kb.
    #163229
      1   2
    Bog'liq
    211-Article Text-253-1-2-20230331
    10, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 1-10, AVTOMATIK BOSHARISH NAZARIYASI[1], uArm Controller 20190718, Kompyuter-zamonaviy-texnik, “KELISHILDI”, 1-ma\'ruza, Kiber huquq 11 ish Oybek, Mansurov Oybek 6 ish, 6. Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga, psixalogiya 2, mta mustaqil ish, MTTM TAQDIMOT 2, Ijod sehri. Aziza

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot” fakulteti
    Iqtisodiy xavfsizlik” yo’nalishi,
    IX-81 guruhi, 3-kurs talabasi
    Nazarov Elyor Sherali o’g’li
    elyornazarov39@gmail.com

    RAQAMLI IQTISODIYOTNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA MAMLAKATIMIZDA KORXONALARNI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH TIZMINI RIVOJLANTRISH.
    Annotatsiya:Ushbu maqola bugungi kundagi faoliyat yuritayotgan korxonalarda raqamli texnologiyalarning iqtisodiy boradagi yutuqlarini yoritish bilan bir qatorda, ularning iqtisodiy xavfsizligini yuqori darajada taminlash imkoniyatiga ega bo’lgan mexanizmlar haqida ma’lumot beradi.
    Annotation: This article, in addition to elucidating the economic achievements of digital technologies in today's enterprises, provides information about the mechanisms capable of ensuring a high level of their economic security.
    Аннотация: В данной статье, помимо освещения экономических достижений цифровых технологий на современных предприятиях, приводится информация о механизмах, способных обеспечить высокий уровень их экономической безопасности.
    Kalit so’zlar:raqamli transformatsiya, turmush daraja, yashirin iqtisodiyot, monitoring, raqamli texnologiya, kapital, investitsiya
    Key words: digital transformation, standard of living, hidden economy, monitoring, digital technology, capital, investment
    Ключевые слова: цифровая трансформация, уровень жизни, скрытая экономика, мониторинг, цифровые технологии, капитал, инвестиции.

    Barchamizga ma’lumki bugungi kunda dunyoning har bir mamlakatida davlatning asosiy iqtisodiy tarmoqlarini raqamli transformatsiyalash jarayoni jadal yo’lga qo’yilgan. Bundan asosiy maqsad shundaki, nafaqat davlat iqtisodiyotiga balki aholining turmush darajasiga tasir qilayotgan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan yashirin iqtisodiyotga nuqta qo’yishdir. Ya’ni bundan asosiy ko’zda tutilayotgan maqsad inson omilini kamaytirish va korrupsion holatlar miqyosini kamaytirishdir. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf qilish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning tuzilmasini tezkor tartibga solish imkonini beradigan korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning yaxlit tizimini ishlab chiqish va joriy etish natijasida muayyan korxonaning umumiy moliyaviy ahvoliga sifatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa natijada nafaqat faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi balki, korxonaning o‘zi ham, umuman olganda mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ta’sir qiladi.


    Korxona xavfsizlik xizmati tarkibida axborot-tahlil bo‘linmalari, xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkiliy bo‘g‘inlar hamda muayyan vazifalarni bajarish uchun vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin. Korxona rahbariyati yoki aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qaroriga ko‘ra, muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta’minlashningmurakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.[1]
    Shu bilan birga yana shuni ta’kidlashimiz joizki , bugungi kunda korxonalarning hisob-kitob masalalarida yo’l qo’yilyotgan xato va kamchiliklari ham zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida tez va oson monitoring jarayonini amalga oshirish natijasida bartaraf qilish imkoniyatini bermoqda.
    Xususiy holatlarga yondoshadigan bo’lsak, korxonada ishlatilayotgan turli xil ishlab chiqarish texnologiyalarining ishlash samaradorligini oshirish , energik tejamkor va ishlab chiqarish potensiali yuqori bo’lgan uskunalar korxonaning oylik chiqimlarini qisqartirishda muhim rol o’ynovchi vositalar bo’lib xizmat qilishi bilan bir qatorda , ushbu jarayondan tejalgan mablag’larni qaytadan ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga tikilishi korxonaning iqtisodiy holatini yanada barqarorlashtirish bilan bir qatorda , korxonaning kutilmagan xarajatlariga oldindan zamin yaratishga xizmat qiladi.
    Korxonaning iqtisdoiy jihatdan xavfsiz deyish uchun yuqorida keltirilgan holatlar yetarli emas albatta. Biz aytishimiz zarur bo’lgan yana bir qator , korxonani hattoki bankrotlik holatigacha olib keladigan holatlar mavjud. Bular orasida korxonaning tijorat sirlarini fosh bo’lishi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki bu jarayon ishlab chiqarish jarayoniga bevosita xavf soladigan omillardan biri hisoblanadi. Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir. Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oladi:
    • korxonaning savdo aloqalari;
    • kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari;
    • ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar;
    • ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi;
    • bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi;
    • bank operatsiyalari va hokazo.. [2]
    Bugungi bozor munosabatlari, ayniqsa, raqobatchilik maxfiy sharoitlarda korxona tijorat va ishlab chiqarish sirlarining oshkor qilinishi uning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar iste’molchilarini yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
    Bu malumotlarga qo’shimcha sifatida yana shuni aytishimiz lozimki, korxonaning asosiy malumotlari va ishlab chiqarish jaroyiniga bog’liq bo’lgan malumotlar saqlanadigan “ma’lumotlar bazasi” faqatgina ushbu korxonaning ishonchli vakillari tomonidan nazorat qilinishi lozim. Ushbu bazaga kirish ruxsati har bir ho dimda bo’lishi esa ma’lumotlarning xavfsizlik darajasini kamaytiradi.
    Hozirgi jamiyatni axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo‘limlar kabi iqtisodiy bo‘linmalar bilan chambarchas bog‘liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka kuchliroq yondashgan holda, ularning faoliyatini to‘ldirishi zarur.
    Shu o’rinda bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida faoliyat yuritayotgan katta-kichik korxonalar salmog’iga nazar soladigan bo’lsak, bu borada Toshkent shahri 83 mingdan ortiq korxonalar soni bilan 2020-yilda yetakchilikni o’z qo’liga olib , hattoki joriy yilda ham o’z o’rnini yo’qotmagan holatda 118 minga yaqin korxonalar faoliyat yuritmoqda. Umumiy raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mamlakat bo’ylab 2020-2023 yillar oralig’ida jami korxonalar soni taxminan 200 mingtaga oshgan .[3]



    Download 126.88 Kb.
      1   2




    Download 126.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy xavfsizlik” yo’nalishi, ix-81 guruhi, 3-kurs talabasi Nazarov Elyor Sherali o’g’li

    Download 126.88 Kb.