• Bilim sohasi: 1000000 – Xizmatlar Ta’lim sohasi
  • URGANCH - 2023 FAN TO’G’RISIDA MA’LUMOT Fan shifri: ICTECO6
  • Fan boyicha mashg’ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadyaliga asosan Prerekvizitlar: Fan uchun mas’ul kafedra: “Umumiy fanlar” kafedrasi
  • Talablarni qabul qilish vaqti
  • Ta’lim berish natijalari
  • Iqtisodiyotda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari fan sillabusi




    Download 32.07 Kb.
    bet1/4
    Sana25.09.2023
    Hajmi32.07 Kb.
    #84065
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari
    5-mavzu, Guruh rahbari va uning faoliyatini tashkil etish, 2-mustaqil ish Nilufar

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

    TASDIQLAYMAN”


    _______________
    Rektor v.v.b. D.I.Ruzmetov
    “___”_______2023- yil

    IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI
    FAN SILLABUSI

    Bilim sohasi:

    300 000

    – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

    Ta’lim sohasi:

    310 000

    – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar

    Ta’lim yo‘nalishi:

    60310100

    – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




    60310200

    – Ekonometrika




    60310300

    Mintaqaviy iqtisodiyot




    60310400

    – Iqtisodiy xavfsizlik




    60310500

    – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

    Bilim sohasi:

    400 000

    – Biznes, boshqaruv va huquq

    Ta’lim sohasi:

    410 000

    – Biznes va boshqaruv

    Ta’lim yo‘nalishi:

    60410100

    – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)




    60410200

    – Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha)




    60410400

    – Moliya va moliyaviy texnologiyalar




    60410500

    – Bank ishi va auditi




    60410600

    – Sug‘urta ishi




    60410700

    – Budjet nazorati va g‘aznachiligi




    60410800

    – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




    60411200

    – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




    60411201

    – Menejment: turizm biznesini boshqarish




    60411400

    – Inson resurslarini boshqarish




    60411600

    Korporativ boshqaruv




    60411700

    – Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)




    60412500

    – Marketing (reklama ishi)




    60412600

    – Savdo ishi (turlari bo‘yicha)

    Bilim sohasi:

    1000000

    – Xizmatlar

    Ta’lim sohasi:

    1010000

    – Xizmat ko’rsatish sohasi

    Ta’lim yo‘nalishi:

    61010100

    – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish




    61010400

    –Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

    Bilim sohasi:

    600000

    – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

    Ta’lim sohasi:

    610000

    – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

    Ta’lim yo‘nalishi:

    60610200

    – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

    Bilim sohasi:

    100000

    – Ta’lim

    Ta’lim sohasi:

    110000

    – Ta’lim

    Ta’lim yo‘nalishi:

    60112400

    – Professional ta’lim: (60310100-iqtisodiyot)




    60112400

    – Professional ta’lim: menejment


    URGANCH - 2023
    FAN TO’G’RISIDA MA’LUMOT

    Fan shifri: ICTECO6


    Fan nomi: Iqtisodiyotda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari
    Semestr/Yil: 1-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili (asosiy fan)
    Kafedra: “Umumiy fanlar” kafedrasi
    Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (72 auditoriya soati)



    Ma'ruza

    Amaliy mashg’ulot

    Laboratoriya

    Mustaqil ta’lim

    Jami

    10

    12

    0

    158

    180


    Fan bo'yicha mashg’ulotlarning joylashuvi:
    Auditoriya vaqti: Dars jadyaliga asosan
    Prerekvizitlar:
    Fan uchun mas’ul kafedra: “Umumiy fanlar” kafedrasi ___________________________________________________
    O'QITUVCHI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
    O’qituvchi: PhD. Allamov Oybek
    Kafedra joylashgan joyi: ______________________________
    Telefon: +99897 517 21 07
    E-mail: oybek.allamov@gmail.com
    Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.

    1. . Fan tavsifi

    Mamlakatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko'rsatishga to’sqinlik qilmoqda.
    Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublarini har tomonlama o’rganadilar.
    Shuningdek, katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo’llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo'nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarida biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes analitika hisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bo’yicha har tomonlama bilimlarga ega bo'ladilar.

    1. .Fanning maqsadi

    Ushbu fanning maqsadi talabalarga axborot texnologiyalari bo’yicha bilimlarning nazariy asoslarini, axborot texnologiyalari va tizimlarining asosiy tushunchalarini, iqtisodiy masalalarni yechishda dastury ta’minotlarni qo'llashni o'rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish kiradi.
    Maqsadlar talabalarga quyidagilarni o‘rganish imkonini beradi:

    • talabalarni zamonaviy operasion tizimlarning funksional imkoniyatlari bilan tanishish;

    • matn va jadval ma’lumotlarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek taqdimotlar tayyorlash dasturlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirish;

    • zamonaviy dasturlash tillaridan foydalangan holda dasturlar yaratish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish;

    • mahalliy kompyuter tarmoqlarida, shuningdek, Internet tarmog'ida ishlashning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish;

    • ma’lumotlar bazalari va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash bo'yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish;

    • zamonaviy axborot tizimlarining tuzilishi, rivojlanish tamoyillari haqida nazariy bilimlarni shakllantirish;

    • elektron hukumat, elektron va mobil tijorat sohasida foydalanish va rivojlanish tendensiyalari haqida bilimlarni shakllantirish;

    • raqamli iqtisodiyot texnologiyalari, masalan, bulutli texnologiyalar, blokcheyn texnologiyalari haqida tasavvurni shakllantirish;

    • tarmoq ma’lumotlarini qayta ishlash sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari bilan tanishish.

    1. Ta’lim berish natijalari

    • Zamonaviy operasion tizimlari, matnli, jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan tanishadi;

    • Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini o'rganadi;

    • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashni o'rganadi;

    • Internet tizimi va tarmoq texnologiyalarida ishlash ko‘nikmalarni oladi;

    • Elektron hukumat, elektron tijorat, mobil-tijoratni rivojlanish tendensiyalari, yo'nalishlari va ulaming tavsifmi o'rganadi;

    • Raqamli iqtisodiyotni texnologiyalari bo'yicha tushunchaga ega bo'lish, bulutli texnologiyalari, blokcheyn texnologiyalari, kriptoaktivlar, biznes analitika, elektron biznes tushunchalarini shakllantiradi;

    • Axborotlar bilan ishlashda xavfsizligini ta’minlash usullarini tadbiq etish va funksional imkoniyatlari bilan tanishadi.

    1. Ta’lim berish usullari

    • real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;

    • esse, tezis va maqolalar yozish;

    • vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish;

    • jarayonli-yo’naltirilgan ta’lim;

    • muhokamalarda ishtirok etish;

    • kichik guruhlarda ishlash;

    • loyiha ishi bajarish;

    • mustaqil ishlarni bajarish;

    • taqdimot tayyorlash;

    • turli darajadagi testlarni yechish;

    • so’rov o‘tkazish;

    • muammoni hal qilish.


    1. Download 32.07 Kb.
      1   2   3   4




    Download 32.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari fan sillabusi

    Download 32.07 Kb.