• Neftni qayta ishlash korxonalarining material va issiqlik balansini tuzish.
  • Nazorat savollari
  • Ishlab chiqarish va korxonaning materiallar oqimi sxemasini, material va issiqlik balansini tuzish




    Download 174,35 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana18.05.2024
    Hajmi174,35 Kb.
    #242227
    Bog'liq
    MARUZA-7



    MARUZA-7 
    ISHLAB CHIQARISH VA KORXONANING MATERIALLAR OQIMI 
    SXEMASINI, MATERIAL VA ISSIQLIK BALANSINI TUZISH 
    REJA 
    1.
     
    Organik maxsulotlar ishlab chiqarish korxonalarining material va 
    issiqlik balansini tuzish.
    2.
     
    Neftni qayta ishlash korxonalarining material va issiqlik balansini 
    tuzish.
     
    Ilmiy tadqiqot institutlarining bergan ma’lumotlari va (tipovoy) qayta 
    qo‘llaniladigan loyixalarni asosida korxonani material balansi chizmasi tuziladi. 
    Bu chizmada barcha qurilma-ustanovkalar xom ashyo va tovar maxsulotlari 
    bo‘yicha bir-birlari bilan bog‘langanigi ko‘rsatiladi, bu chizma asosida aloxida 
    komponentlarni miqdori va sifati, tovar maxsulotlarining miqdori va sifati, xamda 
    xom ashyoni sifatiga qarab olinadigan tovar maxsulotlarining miqdori va sifati 
    aniqlanadi. Va nixoyatda korxonani umumiy material balansi jamlanib tuziladi. 
    NQIKni texnologik chizmalari va material balansi tuzilayotganda bir qancha 
    muloxazalarga e’tibor berish kerak. 
    1. Tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining maxsulotlari - korxonaga 
    berilayotgan barcha neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish kerak. 
    NQIKni material balansi tuzsizlantirilgan neft miqdori bo‘yicha olib boriladi 
    va loyixa va rejalash xujjatlarida korxonani quvvati tayyorlangan neft bo‘yicha 
    olib boriladi. 
    2. To‘g‘ri xaydab olingan benzinlar bo‘yicha balans tuzilganda benzin 
    fraksiyalarini katalitik riforming jarayonida to‘liq ishlatilishini mo‘ljallash kerak. 
    Bunda 62-85, 85-105°C fraksiyasi ekstraksiya blokli riforming qurilmasiga 
    beriladi va benzol va toluol olish uchun qo‘llaniladi. Xalq xo‘jaligining benzolga 
    bo‘lgan talabi toluolga nisbatdan yuqori bo‘lganligi uchun balans tuzilayotganda 
    birinchi navbatda 62-85 °C fraksiyasini ishlatishni ko‘zda tutish kerak. 85-105 °C 
    dagi fraksiyani qoldig‘i va 105-140 °C, 140-180 °C da olingan fraksiyalar 


    riforming qurilmasiga beriladi. Fraksiya 62-85 °C ni berish tavsiya qilinmaydi, 
    chunki bu fraksiya xom ashyoga qo‘shilganda oktan soni 90 dan (tadqiqot usuli 
    bo‘yicha) yuqori bo‘lmagan katalizat olinadi. 
    3. Korxonani dizel yoqilg‘isi bo‘yicha quvvati tarkibida oltingugurt 0,05% 
    dan past bo‘lgan dizel yoqilg‘isini olishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Neftni 
    qayta ishlash korxonalarining materiallar oqimining ratsional chizmasida 
    tozalangan tarkibida 0,3% oltingugurt bo‘lgan engil dizel fraksiyasini (180-230 °S) 
    gidrotozalangan 230-350 °S fraksiya bilan aralashtirish rejalashtiriladi. Bu esa o‘z 
    navbatida gidrotozalash qurilmasini quvvatidan - ratsional foydalanishga imkon 
    beradi xamda dizel yoqilg‘isini tozalanmagan komponent xisobiga ximoya 
    xususiyatini oshiradi. 
    4. Neftni qayta ishlash korxonasida aviakerosin ishlab chiqarish berilgan 
    topshiriqda ko‘rsatiladi. Berilgan xajmga qarab aviakerosinni ishlab chiqarish 
    uchun qisman benzin va dizel fraksiyalari qo‘llaniladi. 
    5. Qishki dizel yoqilg‘isi to‘g‘ri xaydab olingan fraksiyalarni deparafinlab 
    olinadi. Deparafinlash qurilmasiga gidrotozalangan maxsulotni berish maqsadga 
    muvofiqdir. 
    6. Neftni chuqur qayta ishlash chizmasini va NQIK ni material balansini 
    tuzayotgandagi asosiy faktlar: rangsiz neft maxsulotlariga bo‘lgan talab va u yoki 
    bu texnologik jarayonlarni mukammal o‘zlashtirilganligidir. Bularga apparatlarni 
    katalizator va reagentlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish kiradi. Umuman olganda 
    NQIK korxonasi ko‘p benzin ishlab chiqarishi kerak bo‘lsa, unda uni tarkibida 
    katalitik kreking qurilmasini qurish kerak bo‘ladi. 
    7. Neftni qayta ishlashda xosil bo‘ladigan qimmatbaxo maxsulotlardan biri 
    neft koksidir. Ko‘pgina NQIK ning tarkibiga xozirgi vaqtda sekin-asta kokslash 
    qurilmasini loyixasi kirgizilmoqda. Sekin-asta kokslash qurilmasini quvvati xom 
    ashyoga nisbatan olganda yiliga 600000 va 1500000 t. tashkil etadi. Balansni 
    tuzilayotganda standart talablariga javob bera oladigan koksni oltingugurtli neftdan 
    olish uchun (oltingugurt va metallar miqdori bo‘yicha) kokslash qurilmasidan 
    tashqari xom ashyoni tayyorlash qurilmalar kompleksini xam (vakuum gazoylni 


    gidrotozalash, gidrotozalangan vakuum gazoylni termik kreking qurilmasini) 
    qurish talab qilinadi. 
    8. Sekin-asta kokslashda xosil bo‘lgan benzin fraksiyasining oktan soni past 
    va kimyoviy beqarordir. Xozirgi vaqtda bu benzin A-72, A-76 benzinlariga 
    komponent sifatida antidetonator va oksidlanish ingibitorlari qo‘shilgandan so‘ng 
    aralashtiriladi. Kelajakda bu fraksiyani gidrotozalashini mo‘ljallash zarur. 
    9. Avtobenzinni past xaroratda qaynaydigan yuqori oktanli komponentlarini 
    olish uchun korxona tarkibiga alkillash va izomerlash qurilmalarini kirgiziladi. 
    Izomerlash jarayonining xom ashyosi sifatida pentan-izogeksan fraksiyasi (NK-
    62°C) yoki pentan-geksan fraksiyasi (NK-70°C) ishlatiladi. 
    Agarda izomerlash qurilmasini barcha NQIK tarkibida qurilsa, alkilash 
    qurilmasi esa faqat katalitik kreking (KK) qurilmasi bor korxona tarkibida 
    loyixalashtiriladi. Alkillash qurilmasini xom ashyosi sifatida butan-butilen (S
    3
    - S
    4

    ishlatiladi. Bu fraksiya tarkibida reaksiya uchun kerakli nisbatda butenlar va 
    izobutan mavjuddir. 
    10. Materiallar balansini tuzayotganda shu narsani nazarda tutish kerak, 
    avtobenzinni to‘yingan bug‘larini bosimini ushlab turish uchun unga butan 
    qo‘shiladi. YOzgi davrda benzinda 2% gacha butan, qish davrida 5-7% (mas.) 
    butan bo‘ladi. Izobutan alkillash jarayonini xom ashyosi sifatida ishlatilgani uchun 
    loyixada butan fraksiyalarining yig‘indisini normal va izokomponentlarga ajratish 
    kerak. CHunki izobutan benzin tarkibiga tushmasligi kerak, u alkillash uchun xom 
    ashyodir. 
    11. Sintetik kauchuk zavodlarining xom ashyosi sifatida engil uglevodorodlar 
    NQIK da ishlab chiqariladigan - butan va pentan ishlatiladi. Bularga bo‘lgan talab 
    juda katta. Izopentan esa kamyobdir. Korxonani loyixasini chizmasini tuzishda 
    izopentanni ishlatishni ko‘zlabgina emas balki izopentanni tovar maxsulot sifatida 
    ishlab chiqarishni maqsad qilib qo‘yish kerak. 
    12. Neftni qayta ishlash korxonasini tarkibida bitum ishlab chiqarishni 
    nazarda tutish kerak. CHunki bitumga bo‘lgan talab sanoat, yo‘l qurilishi, uy-joy 
    qurilishi xajmining ko‘payganligi sababli yildan - yilga ortib bormoqda. Xozirgi 


    zamon NQIK ni bitum ishlab chiqarish quvvati neftga xisoblaganda 4-7% (mass) 
    tashkil etadi. YOqilg‘i profilidagi korxonada bitum gudrondan vakuum distilyat 
    qo‘shib olinadi. YOqilg‘i - moy profilli korxonalarda esa bitum qurilmasini xom 
    ashyosiga moy ishlab chiqarishda xosil bo‘lgan yo‘ldosh maxsulotlar xam 
    ishlatiladi (asfalt, ekstraktlar). 
    13. Moy ishlab chiqariladigan kompleksni quvvati berilgan topshiriq bo‘yicha 
    aniqlanadi va odatda qayta ishlanadigan neftni 3-5% (mass) ni tashkil qiladi. Moy 
    olish uchun xom ashyo sifatida mazutni vakuum ostida xaydalganda olinadigan 
    qisqa fraksiyalar ishlatiladi. 
    14. Surkov moylarini ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash uchun ularga 
    prisadkalar 
    qo‘shiladi. Surkov moylarining ko‘pchilik turlarida asosiy 
    komponentlar bilan birga xar-xil prisadkalar bo‘ladi. Ishlab chiqilishi kerak 
    bo‘lgan moylarni assortimentiga qarab material balans tuzganda tovar maxsulotni 
    tayyorlash uchun kerakli miqdordagi prisadkalarni aniqlanadi. Tashqaridan 
    olinadigan prisadkalar va bitumlar uchun sirt aktiv moddalar (SAM) balansni kirim 
    qismida balansdan 100% dan yuqori xisoblanadi. 
    15. CHuqur qayta ishlashlaydigan NQIK larda vodorodga bo‘lgan talab 
    platforming jarayoni xisobiga qondiriladi. Lekin neft chuqur qayta ishlanganda 
    vodorod etishmaydi. Vodorod olish qurilmasini loyixaga kirgizish kerak. 
    16. NQIK ni xar-bir qurilmasida neft maxsulotlari yo‘qotiladi. SHuning 
    uchun uni kamaytirish uchun tutqichlar quriladi. Ushlab olingan maxsulot mazutga 
    qo‘shiladi. 
    Nazorat savollari 
    1.
    Korxonaning material chizmasi qanday malumotlarga asoslanib
    tuziladi.
    2.
    NKIK quvvati qanday mahsulotga asoslanib belgilanadi?
    3.
    NKIK qanday mahsulotlar olinadi?
    4.
    Alkinlash qurilmasi uchun qanday xom -ashyo ishlatiladi?
    5.
    Neftni qayta ishlangan miqdoriga nisbatan qancha moy ishlab 
    chiqariladi?

    Download 174,35 Kb.




    Download 174,35 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish va korxonaning materiallar oqimi sxemasini, material va issiqlik balansini tuzish

    Download 174,35 Kb.
    Pdf ko'rish