Ishlab chiqarishda metrologiyaning о‘rni va ahamiyati




Download 123.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.01.2024
Hajmi123.25 Kb.
#135015
  1   2
Bog'liq
1 - Amaliy mashg\'ulot
Ma\'lumotlar bazasi 1-labaratoriya ishi Hamroyev Dilshod, 8-MARUZA AKQVA KH, Адсорбция жараёни, LABORATORIYA 5, 2-maruza , 4-MUSTAQIL ISH, f657804e0046a32c4ad10a0c740022af Fizika. Tursunov I.G, Begmatova D.A, boshlang-ich-sinflarda-texnologiya-fanini-o-qitish-jarayonida-o-quvchilar-qiziqishini-oshirish, 2-mavzu, Tex o\'q met. test, 1 sinf jismoniy tarbiya ish rejaga ilova, Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza, Ўзбекистонда енгил атлетика вужудга келиши ва ривожланиши, Фалсаф тест 200 та, 011265032841d3afee3f8d8b404ad216


1-Seminar. ISHLAB CHIQARISHDA METROLOGIYANING О‘RNI VA 
AHAMIYATI 
 
1.1. O‘lchashlar nazariyasi va texnikasining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 
O‘lchash vositalari shunchalik rang-barang va har xil sohalarda ishlatiladiki, 
ular ishlatilmaydigan biror inson faoliyatini eslash juda qiyindir. SHunga 
qaramasdan, o‘lchashlar nazariyasi va texnikasining ijtimoiy ishlab chiqarishga 
ta’siri bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1. Falsafiy nuqtai nazarda o‘lchash vositalari dunyoni bilish quroli deb 
tasavvur qilinadi; 
2. Ilmiy nuqtai nazarda o‘lchash texnikasi tabiatni tekshirish amaliyoti va 
nazariyasi orasidagi bog‘lovchi vosita deb qaraladi; 
3. Muxandislik- texnikasi nuqtai nazarida o‘lchash texnikasi texnologik 
jarayonlarni boshqarishning eng qulay vositasi deb tushuniladi. 
O‘lchash vositalari ishlatiladigan barcha sohalarda ularga muayyan talablar 
qo‘yiladi. Masalan, ilmiy ishlarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga yuqori 
aniqlik, qishloq xo‘jaligidagilari uchun - murakkab ob-havo sharoitlarida ishlash 
qobiliyatlarining mavjudligi va yuqori ishonchliligi, tibbiyotdagilari uchun- mijoz 
a’zolarining tavsiflari va o‘lchanayotganda uning havfsizligi va boshqa talablar 
qo‘yiladi. 
Hech qanday bo‘rttirmasdan aytish mumkinki, har qanday tajribaning asosida 
biror kattalikni o‘lchash yotadi. Bu nafaqat, avvaldan tajribaga asoslangan fizika, 
kimyo yoki boshqa fanlarga tegishli. Hattoki, nazariy fanlar malikasi riyoziyotda 
ham o‘lchashlar ishlatiladi. Bu xususda buyuk olim Dmitriy Mendeleevning 
quyidagi so‘zlarini eslatib o‘tish joiz bo‘ladi - «Har qanday fan o‘lchashlar bilan 
boshlanadi». Ma’lumki, o‘lchash-axborot vositalarining rivoji ilm-fan va 
texnikaning, jumladan sanoatning rivoji va yutuqlarini belgilaydi. 
Ilmiy izlanishlarda fizikaviy kattaliklarni o‘lchash har xil hodisalarni 
tekshirishda ishlatiladi va bu natijalar keyinchalik texnikada, qishloq ho‘jaligida, 
tibbiyotda va boshka sohalarda qo‘llaniladi. SHuning uchun odatda ilmiy 
tekshirishlar uchun mo‘ljallangan asboblar prinsipial yangiliklari, tafovutlari bilan 
ajralib turadi. 
Tajriba maqsadidan uning natijasigacha bo‘lgan yo‘l qanchalik qisqa bo‘lsa, 
bu natija shunchalik qimmatroq bo‘lib, atrofimizdagi dunyo qonuniyatlarini tezroq 
aniqlab, bizga, jamiyatga muayyan darajada ko‘prok foyda keltiradi. Ilmiy asboblar 
yaratishdagi tezkorlik va yangilik talablarining uyg‘unligi ilmiy izlanishlarda 
avtomatlashtirilgan usullardan va prinsiplardan foydalanish ehtiyojini yuzaga 
keltirdi. Ilmiy ishlar avtomatlashtirilgan tizimlarining (IIAT) afzalliklari shundan 
iboratki, ulardan olinayotgan ma’lumot qayta ishlangan va umumlashtirilgan tajriba 
natijalari, hamda tekshirilayotgan hodisalarning matematik modelini o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘ladi. 
IIATlarni yaratishdagi modul (ya’ni agregat) prinsipidagi qurilmalar uchun 
umumlashtirilgan o‘lchashlar hisoblash komplekslarining asosi hisoblanadi. 
Agregatlashtirish va umumlashtirish - ko‘p maqsadli o‘lchash o‘zgartkichlari va ular 


to‘plamidan talab qilingan funksional imkoniyat va tavsifli o‘lchash vositalarini 
tashkil qilish 
maqsadida 
foydalanishdan iboratdir. Asosan 
quyidagilar 
umumlashtiriladi: oraliq o‘zgartkichlar, o‘lchash axborotlarini qayta ishlagichlar va 
ko‘rsatkichlar, kuchaytirgichlar, berilgan qiymatlarni uzatuvchi qurilmalar, analog-
raqamli o‘zgartkichlar, tutashtirish qurilmalari. Kerakli o‘lchash vositasini yig‘ish 
uchun umumlashtirilgan modullar xar xil tuzilishga ega bo‘lgan agregatlarga 
birlashtirilishi mumkin. Hozirgi paytda ilmiy ishlarda qo‘llanilayotgan har xil 
umumlashtirilgan tizimlar ishlab chiqilgan. 
SHuni eslatib o‘tish joizki, umumlashtirilgan tizimlar o‘zlarining mutloq 
afzalliklari bilan birgalikda ba’zi bir kamchiliklarga ham ega. Bulardan birinchisi- 
umumiylikni yuzaga keltiruvchi har xil asboblarning ko‘pligi. Bu kamchilik 
geofizik, kosmik, okeanografik va boshqa tekshirishlar uchun dinamik o‘lchash 
tizimlarini tashkil etishda asosiy to‘siqlardan biridir, chunki bu asboblar ihchamlik, 
engillik, kam iste’mol quvvati, yuqori ishonchlilik kabi talablarga javob bermaydi. 
Asboblarning 
ko‘pligidan tashqari, ilmiy asbobsozlikda o‘lchash 
axborotlarini idrok qiluvchi vositalar (birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari)ning noyob 
va nodir ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Bunga sabab, yangi hodisalar va 
qonuniyatlarni tekshirishning modda ichki tuzilishiga yanada chuqurrok kirib 
borishga bog‘likligi bo‘lib, avval yasalgan va ishlatilayotgan o‘lchash axborotlarini 
idrok qiluvchi vositalar imkoniyatining cheklanganligidir. Bundan tashqari, ilmiy 
tekshirishlarda o‘lchash kerak bo‘ladigan fizikaviy kattaliklar miqyosi sanoat, 
qishloq ho‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda uchraydiganlariga nisbatan ancha 
kengdir.

Download 123.25 Kb.
  1   2




Download 123.25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda metrologiyaning о‘rni va ahamiyati

Download 123.25 Kb.
Pdf ko'rish