“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
138
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O`QITISH
JARAYONIDA O`QUVCHILAR QIZIQISHINI OSHIRISH
O`rinova Malika Najmiddinovna,
Rustamova Fazolat Asrorovna
Navoiy viloyati Konimex tumani
16- umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.7376601
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda
texnologiya fanining
maqsad va vazifalari,o‘quvchilar hayotida tutgan o‘rni
va texnologiya darslari
jarayonida o`quvchilar qiziqishini oshirishning turli yo‘llari haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so‘z: boshlang‘ich sinf, texnologiya, qiziqish,samaradorlik, AKT.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
texnologiya darslari qiziqarli fanlardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina
fanlar qatorida
yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil
etishda texnologiya fani o‘zining muhim o‘rniga ega. O‘quvchi voyaga yetib, qaysi
kasbni egallamasin, kim bo‘lmasin, “Texnologiya”
fanidan olgan bilim va
ko‘nikmalari hayotda, albatta, naf keltiradi. Bugungi kunda yoshlarga kasb
tanlashlarida, barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida,
ijodiy qobiliyatlarini
rivojlanishlarida texnologiya fani asosiy ko‘makchi va muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Texnologiya darslari o‘quvchilarga quvonch bag‘ishlaydi. Chunki ular bu darsda
o‘z mehnatlarining rohatini ko‘radi,
bajargan ishlaridan zavqlanadi, bu esa o‘z
navbatida o‘quvchilarda bir qancha ijobiy hislatlarni shakllanishiga yordam beradi.
Texnologiya darslarida o‘quvchilarning bilim doirasi kengayadi, mehnatga bo‘lgan
hurmati oshib boradi, kasbga bo‘lgan qiziqish uyg‘onadi. Bu jarayonlar sodir bo‘lishi
uchun esa o‘qituvchi darsni samarali tashkil qilishi
va har bir darsga puxta
tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.Texnologiya darslarida samaradorlikka