• Modem qurilmasini vazifalari.
  • tashqi
  • Ishning maqsadi




    Download 142 Kb.
    bet1/4
    Sana07.07.2022
    Hajmi142 Kb.
    #24804
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-laboratoriya mashg‘uloti mavzu Tarmoq texnologiyalari fanida
    55, Amaliy dasturiy ta\'minot, Mana, Прикладное программное обеспечения, 1-Amaliy mashg’ulot Mavzu Kompyuter ta’minoti va uning turlari., kompyuterning-zamonaviy-texnik-va-dasturiy-taminoti, Bari bir shuni olasan, Ona platasi, Elektron to\'lov tizimlari qanday ishlaydi. Elektron to\'lovlar va

    1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
    MAVZU: Tarmoq texnologiyalari fanida qo‘llaniladigan texnik uskunalar va
    ularning xususiyatlari
    .
    Ishning maqsadi: Tarmoq texnologiyalari fanida qo‘llaniladigan texnik uskunalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish.
    Nazariy qism:
    Modem qurilmasini vazifalari. Modemni vazifasi kompyuterdan kelgan “0” va “1” lardan iborat raqamli signalni akustik diapazondagi elekr tebranishiga aylantirib uzatish va teskari operasiyani bajarishdir.
    Modem akustik kanalni past va yuqori chastotali polosalarga bo‘ladi. Past chastotali polosa informasiya uzatish, yuqori chastotali polosa informasiyani qabul qilishga qo‘llaniladi.
    Informasiyalarni kodlashtirishni ko‘p yo‘llari mavjud. Ulardan keng tarqalgani FKS (Frequency Shift Keying) metodi. U 300 bod (1 bod=1 bit/s) tezlikda informasiya uzatilishiga mo‘ljallangan.
    PSK (Phase Shift Keying) yetarli katta tezlikda ishlovchi modemlari uchun, informasiya uzatish tezligi 2400 bodgacha.
    Modem tashqi yoki ichki bo‘lishi mumkin. Tashqi modemni bitta kabeli telefon liniyasiga, ikkinchi kabeli esa kompyuterni standart com portiga ulanadi.
    Ichki modem esa oddiy platadan iborat bo‘lib umumiy shinaga ulanadi.
    Modemni tashkil etgan qurilmalar. Modem kontrollyori kichik maxsus kompyuter bo‘lib, tipi SC 1107 yoki SC 1108. U 8 razryadli arifmetik-logik qurilma, 8 Kbayt doimiy xotira, 128 baytli operativ xotira, taymer, buyruq registri, to‘xtalish kontrollyori, kiritish va chiqarish portlariga ega.
    Eng ko‘p tarqalgan modemlardan biri HAYES bo‘lib, ishlab chiqargan firma nomi bilan yuritiladi. Bu modemlar AT (Attention) buyruqlarni qo‘llaydi. AT komandalari boshqa modemlarga ham mos keluvchi hisoblanib, ko‘p sondagi buyruqlarni o‘z ichiga oladi.
    Modemda qo‘llanilayotgan buyruqlar boshqa modemlarga mos kelishidan tashqari, telefon liniyasida uzatilayotgan informasiya kodi (signali) biror xalqaro standartga mos kelishi kerak. Bunday standart MK KTT (xalqaro telegraf va telefon konsultativ komiteti) CCITT (Comit Consultariv International Telegraphique at Telephonique) rekomendasiyasidir. AQSH va Kanadada yuqoridagi singari standart bo‘lib uni nomi Bell. Uni SSITT dan farqi faqat logikdir.
    Informasiya almashinuvi 2400 bod gacha modemlar, standartga mos keluvchilari erkin informasiya almashadi. Tezligi 2400 boddan ortiq bo‘lgan modemlarda standartdan chetlanishlari mavjud bo‘ladi. Bu chetlanishlar maxsus ilova protokolda keltiriladi.
    Keng tarqalgan va arzon modellarga misol o‘ilib Sport, Worldport, Courierlarni keltirish mumkin. Ularni ishlash tezligi 9600 dan 21600 bod gacha. Bundan tashkari ZyXEL firmasi modemlari ham keng tarqalgan. U o‘zini protokoliga ega bo‘lib, informasiya almashinuv tezligi 19200 bod.
    Keng tarqalmagan, qimmat, lekin kuchli, turg’un signalli, himoya filtrlarni xam e’tiborga olmaydigan Telebit firmasi modemlari TraiBlazer ham mavjud.

    Download 142 Kb.
      1   2   3   4




    Download 142 Kb.