• Loyihalashning asosiy me`yoriy hujjatlari
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish loyihasi tarkibi
  • Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar Reja




    Download 69.71 Kb.
    bet1/4
    Sana21.01.2024
    Hajmi69.71 Kb.
    #142349
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar
    Ismoilova Mohina davomi, HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash

    Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar
    Reja:
    1. Loyihalashning asosiy me`yoriy hujjatlari
    2. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me`yoriy va ko`rsatma materiallar

    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik hujjatlarni loyihalash. Loyihalashning asosiy me`yoriy hujjatlari



    Loyihalashning asosiy me`yoriy hujjatlari
    Respublika qurilish me`yorlari va alohida smeta me`yoriy hujjatlari. Bu hujjatlari respublika xududining maxsus sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va respublika boshqaruv orginlarida tasdiqlanadi.Ularning shifri harfiy belgi, hisob raqami, tasdiqlangan taskilotlarning qisqartma nomini o`z ichiga oladi.
    Bundan tasqari amalda ishlab chikarishi korxonalarining texnik me`yoriy hujjatlari va standartlaridan foydalaniladi. Bu hujjatlar korxonaning maxsus xususiyatlarini e’tiborga oladi va yuqoridagi standartlar asosida ishlab chiqilib qo`llanishi chegaralangan bo`ladi. Loyihalash jarayonida yordamchi adabiyotlar, turli ob`ektlarni loyihalashdagi tavsiyanomalar, uslubiy qo`llanmalar, ob`ektlarni ko`rilishi uchun preysko`rantlar, uskunalarni montaj qilish baholarini aniqlovchi qo`llanmalardan foydalaniladi.
    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish loyihasi tarkibi Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashni avtomatlashtirishmasalalari asosan ikkita me`yoriy hujjat bilan belgilanadi:
    sanoat ko`rilishi uchun ishlab chiqiladigan loyiha va sistemalar qo`llanmasi
    (SN202-81);
    avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash bo`yicha asbobsozlik , avtomatlashtirish vositalari va boshqaruv tizimlari Vazirligi tomonidan tasdiqlangan
    yuriqnoma (VSN-281-75);
    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari elektron hisoblash mashinalarini qo`llash asosida yaratishda sanoatning ma`lum soxasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish bo`yicha umumsoxa uslubiy materiallari asosida olib boriladi. (ORMM ASU-TP). Texnik loyiha –smeta hujjatlari grafik va matn ma`lumotlaridan tasqil topadi. Grafik qismga sxemalar, chizmalar, grafiklar, matn qismiga esa tushuntirish xati va maxsus loyiha hujjatlari kiritiladi. Loyiha smeta hujjatlari tarkibi loyihalashtirilayotgan ob`ektning murakkabligi va loyihalash bosqichiga bog`liq bo`ladi. Odatda, ob`ektlar ikki bosqichda loyihalanadi: birinchi navbatda loyiha ishlab chiqiladi, so`ngra ishchi hujjatlar ishlatiladi. Texnik jihatidan murakkab bo`lmagan ob`ektlar uchun yoki namunaviy loyiha yechimlarini qo`llashda loyihalash ishlari bitta bosqichda – ishchi loyiha shaklida olib borilishi mumkin. Hisoblash texnikasini qo`llash asosida bajariladigan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini loyihalashda yoki yangi va murakkab texnologiyaga ega bo`lgan ishlab chiqarish ob`ektlari uchun ko`rsatilgan bosqichlardan tasqari qurilmalarning tavsiflarini avtomatlashtirish ob`ekti sifatida tekshirish, ob`eklarini boshqarish mezonlari va qonunlarini aniqlash masalalari va boshqalarni ilmiy – tekshirish ishlarida yoritib beriladi.
    Ikki bosqichda loyihalashning birinchi (loyiha) bosqichda avtomatik nazorat va
    rostlash tizimlari bo`yicha asosiy texnik yechimlar qabul qilinadi, asosiy texnik –iqtisodiy ko`rsatkich hamda qurilmalar va montajning smeta qiymati aniqlanadi. Bu holda loyiha – smeta hujjatlari tarkibiga tushuntirish xati, nazorat va boshqarishning tarkibiy sxemasi (murakkab bo`lmagan ob`ektlar uchun); texnik vositalar kompleksini tarkibiy sxemasi; shitlar, pultlarning joylashish planlari, materiallar va uskunalarning vedomostlari, nostandart hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik talablar, asboblar va avtomatlashtirish vositalarining montaji uchun smeta hisoblari (SN202-81 ga asosan). Bundan tasqari loyihalash jarayonida shitlarni joylashtirish maqsadida xonalarga
    va avtomatlashtirish vositalari va asboblarni elektr tarmog`i bilan ta`minlash uchun topshiriqlar beriladi. Ikkinchi bosqichda (ishchi hujjat) loyihada ko`rsatilgan masalalarni uskuna materiallarni montaj –sozlash ishlarini industrial usulda bajarish mumkin bo`lgan hajmda amalga oshirishni tegishli tartibda aniqlashtirib beriladi. Bu holda loyiha – smeta hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: texnik vositalar kompleksi va nazorat, boshqaruv qurilmalarining tarkibiy sxemasi, avtomatlashtirishning funksional sxemalari, ta’minlash va avtomatlashtirishning prinsipial sxemalari, shitlar va pultlarning umumiy ko`rinishlari, shitlar va pultlarni tayyorlash va montaj qilish uchun hujjatlar, ularni sxemalari, kross vedomostlari (ulash sxemalari), avtomatlashtirish vositalarini joylashtirish rejasi va trassalar chizmalari,
    tushuntirish xati, rostlovchi o`rganlarni hisoblash uchun berilgan qiymatlar jadvallari, buyurtma spetsifikatsiyalari, asboblar va avtomatlashtirish vositalarini sotib olish uchun va ularni montaji uchun smetalar, ko`rilish va montaj ishlari hajmi vedmostlar, ob`ektni avtomatlashtirish bilan bog`liq bo`lgan ishlarga bosh loyihachining aniqlangan topshirig`i. Bosh loyiha bilan maxsuslashtirilgan tashkilotni jalb etilgan holda yoki topshiriq beruvchi bilan tuziladigan loyiha topshirig`i loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib hisoblanadi.(ixtiyoriy bosqichda).
    Loyiha topshirig`i quyidagilarni o`z ichiga olishi zarur:
    -ishlab chiqarish nomiva loyihalash;
    -loyihalash uchun asos;
    -avtomatlashtirish tizimi loyihasini o`z ichiga olgan ishlab chiqarish, sex, agregat, qurilmalar, maxsus sharoitlar ko`rsatilgan holda;
    -ob`ektlardagi maxsulotlarning tovar qiymati ko`rsatilgan holda bajarilgan ishlarning smeta qiymati
    -loyihalash bosqichi;
    -loyiha vositalarini ishlab chiqish talablari;
    -kapital harajatlarning avtomatlashtirish uchun va ilmiy tekshirish, tajribakonstruktorlik va loyiha ishlariga ketadigan rejadagi va rejadan tasqari qiymati darajasi (mablag`lar manbasi ko`rsatiladi)
    -ko`rilish muddati va ishlab chikarish bo`linmalarini ishga tushirishketma-ketligi;
    -tashkilotlarning nomi- loyihani ishlab chiqishda ishtirok etuvchilar
    -bosh loyihachi nomi, bosh ilmiy tekshirish instituti, tashkilotlar-loyihaning oraliq qismlarini, shitlar va pultlarni tayyorlovchi tashkilot, maxsus montaj-sozlash tashkilotlari;
    -avtomatlashtirish tizimlarining shitlari va pultlari, markaziy va maxalliy boshqaruv punktlarini joylashtirish bo`yicha tavsiyalari;
    -loyihalashning maxsus shartlari. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashni amalga oshirishda loyiha topshirig`iga quyidagi boshlang`ich ma`lumotlarni kiritiladi:
    -qurilmalarning tavsifnomalariga ega bo`lgan texnologik sxemalar, quvurlarning ulanish-kommunikatsiyalari haqiqiy ichki diametrlari, devorlarning qalinligi va quvurlar materiali ko`rsatilgan holda beriladi;
    Tavsifnoma va qiymatlari zarur texnologik talablarga javob beriladigan nazorat
    qilinuvchi va rostlanuvchi parametrlarni masofadan boshqariluvchi kuch elektr
    qurilmalari va boshqalar ro`yxati:
    -texnologik uskunalar va quvirlarni shitlar va pultlarni tavsiya etilayotgan joyi
    ko`rsatilgan holda ishlab chiqarish xonalarining chizmalari (reja, kesimda)
    -avtomatlashtirish vositalari, asboblarning joylashishi ko`rsatilgan texnologik
    uskunalarning chizmalari va uskunalar bilan birga komplektda keltiriladigan asboblar ro`yxati, shitlar, boshqaruv stansiyalari va boshqa qurilmalarning chizmalari;
    -shitlar, pultlar va boshqa texnik vositalar hamda avtomatlashtirishtizimlarining
    joylashtirilishi zarur bo`lgan xonalarning ko`rilish chizmalari;
    -o`zgaruvchan va o`zgarmas tokga ega bo`lgan elektr ta`minoti sxemalari: bu yerda texnik vositalar va avtomatlashtirish tizimlarini ta`minlovchi kuchlanish va quvvati hamda elektr uskunalarini yerga ulash sxemalari, ishga tushirish asboblari va boshqaruv stansiyasini tiplari;
    -suv ta`minoti sxemalari: quvurlarning diametri, suvning sarfi, bosimi, harorati
    ko`rsatiladi;
    -havo almashtirish tizimi sxemalari, havoni tozalash va ko`rilish uskunalari havoning bosimi, harorati, namligi va changlanish darajasi ko`rsatilgan holda beriladi;
    -rostlovchi orginlar, toraytiruvchi qurilmalar va surov varaqlarini to`ldirish uchun zarur bo`lgan boshlang`ich ma`lumotlar;
    Tizimlarning avtomatlashtirish vositalarining ishonchliligiga bo`lgan talablar; namunaviy loyihalar va loyiha yechimlarining texnik hujjatlari:
    Loyihani ishlab chiqishda bosh loyihachi asosan texnologik bo`lim va barcha
    bajariladigan ish hajmini belgilab beradi, shu jumladan maxsus ishtirokchi tashkilotlar avtomatlashtirish, santexnika, elektr ta`minoti, suv ta`miniti va boshqa bo`limlarni loyihalashda qatnashadilar. Bosh loyihachi (bosh tarmoq loyiha instituti bo`lishi mumkin) texnik-iktisodiy ko`rsatkichlarning aniqligi, loyihaning alohida qismlarining bir-biriga mos kelishi, smeta xarajatlarining to`g`riligi, loyiha smetalarini o`z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    Loyihaning ma`lum bir qismini bajaruvchi maxsuslashgan loyiha tashkiloti loyiha hujjatining sifati, smeta qiymatining to`g`riligi va loyiha hujjatini o`z vaqtida topshirilishini ta`minlab beradi.



    Download 69.71 Kb.
      1   2   3   4




    Download 69.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar Reja

    Download 69.71 Kb.