• Loyihalash bosqichlari
  • Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me`yoriy va ko`rsatma materiallar




    Download 69,71 Kb.
    bet2/4
    Sana21.01.2024
    Hajmi69,71 Kb.
    #142349
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar

    Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me`yoriy va ko`rsatma materiallar
    Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirshda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatika vositalarining to`zilishi va ishlash printsiplari, avtomatik sistemalarining turli ko`rinishlari va sinflarini yasash usullarini bilishni ham texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish soxasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo`lgan texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirshning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemasini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo`lgan shaklda ifodalanishi kerak. Bunda barcha mutaxassisliklarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasini tushunish maxsus ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar vositasida ta`minlanadi. Loyiha hujjatlarini yaratish, shakllantirish, tasdiqlash turli me`yor, qoida, standartlar bilan reglamentlashtirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
    SPDS – qurilish uchun loyiha xujjatlarining sistemasi
    SNiP – qurilish me`yorlari va qoidalari
    VSN – tarmoq qurilish me`yori
    ESKD – konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi
    GOST – davlat standarti
    OST – tarmoq standarti
    RM – ko`rsatma materiallar
    Loyihalash bosqichlari
    Qurilish va ishlab chiqarishni tashqil etish, ishlatish va ta`mirlash ishlari turlituman texnik hujjatlar bilan bog‘liqdir. YAngi sistemani yaryatishda birinchi navbatda loyiha va konstrutorlik hujjatlaridan foydalaniladi.
    Texnologik ob`ektning murakkabligiga qarab loyiha ma`lum qismlardan iborat bo`ladi. Loyihada texnik - iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnik, elektr, avtomatlashtirish kabi qismlar bo`lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihaning bir qismi bo`lib, texnologik jarayonlar parametrlarini nazorat qilish va rostlash hamda boshqarish qismi shu sohaga ixtisoslashtirilgan muassasa yoki loyihalash tashqilotining avtomatlashtirish bo`limi amalga oshirishi mumkin. Bu loyiha texnologik jarayonlarning muqobil ishlashini va jihozlar ishidagi havfsizlikni ta`minlovchi nazorat - o`lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signallash qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan ob`ektlarda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni qamrab oladi.
    Loyihalash uchun loyihaning texnik qismini tuzuvchi tashqilot yoki buyuyrtmachi bergan topshiriq asos bo`lib hizmat qiladi.
    Loyihalashning texnik topshiriqlariga quyidagilar kiradi:
    Loyihalashtirilayotgan texnologik ob`ktning tarkibi, jarayonning qisqacha bayoni qurilma, jihoz va uskunalarning harakteristikasi atrof-muhitning harakteristikasi nazorat va rostlanadigan parametrlarning qiymatlari
    nazorat va rostlashda ruxsat etilgan hatolar va asboblarning funktsional belgilari (ko`rsatish, qayd etish, integrallash, signallash va shu kabilar).
    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichida texnologik ob`ektlar mufassal tahlil etilishi kerak. Bunda jarayonni tasniflovchi kattaliklar aniqlanib, ular orasida o`zaro bog‘lanishlar topiladi.
    SNiP 1.02.01-85 talablariga asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash ikki bosqichda (loyiha va ishchi hujjatlari) yoki bir bosqichda (ishchi loyiha) amalga oshiriladi.

    Download 69,71 Kb.
    1   2   3   4




    Download 69,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me`yoriy va ko`rsatma materiallar

    Download 69,71 Kb.