• Xalq talimi vazirligi Axborot xizmati Telefon: 239-17-25, (fars)239-42-14 www.uzedu.uz
  • Joriy yilda Litseyning ta o’quv binosi yangidan barpo etildi, ta o’quv binosi kapital rekonstruksiya qilindi




    Download 33 Kb.
    Sana25.03.2017
    Hajmi33 Kb.
    #2336

    Press-reliz

    V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi 1939 yilda tashkil topgan (1939 yilda maxsus musiqa maktabi sifatida faoliyat boshlagan,  1978 yilda V.Uspenskiy nomi berilgan,  2002 yilda  respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi maqomini olgan).

    Mazkur bilim yurti ixtisoslashtirilgan musiqa ta'limining uzluksizligi va uzviyligini ta'minlovchi 12 yil davom etadigan ta'lim muassasasi bo’lib, 9 yillik maktab va 3 yillik litseydan iborat.

    1-9 sinflarda musiqa yo’nalishida boshlang’ich musiqa saboqlarini o’rgangan iqtidorli yoshlar, ushbu ta'lim muassasasining o’zida o’qishlarini davom ettirishlari va maxsus musiqa sirlarini yanada chuqurroq o’rganish va o’z  qobiliyatlarini  ro’yobga chiqarish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.

    Iqtidorli yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni ta'minlash, boshlang’ich ixtisoslashtirilgan musiqa ta'limini yanada takomillashtirish hamda shu asosda musiqa madaniyati va san'at sohasida yuqori mahoratli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 11 avgustdagi 175-sonli qaroriga muvofiq V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga Respublika musiqa kolleji va uning binolari va inshootlari qo’shib berildi.

    Endilikda Litsey jami 900 o’quvchi o’rinli 4 ta o’quv binosiga, mukammal ta'mirlangan 200 o’rinli 1 ta yotoqxonaga va 210 o’rinli 3 ta oshxonaga ega bo’ldi.

    Joriy yilda Litseyning 1 ta o’quv binosi yangidan barpo etildi, 1 ta o’quv binosi kapital rekonstruksiya qilindi.

    Shuningdek, Litseyning barcha o’quv binolari 64 nomdagi zamonaviy musiqa cholg’ulari va jihozlari bilan ta'minlandi.

    Ayni paytda, Akademik litsey o’z organiga ham ega bo’ldi. Endilikda o’quvchilar bu nodir musiqa cholg’u asbobini o’rganib, kelajakda o’z bilimlarini oliy o’quv dargohlarida davom ettirish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Bunday imkoniyatlar dunyoning rivojlangan davlatlaridagi musiqa ta'limi muasasasalarida ham kamdan-kam uchraydi.

    Bundan tashqari, litseyda zamonaviy talab darajasida tegishli jihozlar bilan ta'minlangan Axborot-resurs markazi tashkil etildi. Axborot-resurs markazi 85 mingdan ortiq musiqa va san'at yo’nalishidagi adabiyotlar va o’quv qo’llanmalar, elektron axborot ta'lim resurslari, internet aloqasiga ulangan  kompyuter texnikalari bilan ta'minlandi.

    Shuningdek, lisey 2 ta o’quv kompyuter sinfi, lingofon xonasi, fizika, kimyo va biologiya laboratoriya uskunalari bilan ham jihozlandi.

    Litseyda oldin 5 ta musiqa yo’nalishida ta'lim berilgan bo’lsa, endilikda 12 ta yo’nalish bo’yicha musiqiy ta’lim berish imkoniyati tug’ildi.

    Yangi o’quv yilidan liseyda jami 1339 nafar o’quvchilar (1-9 sinflarda 535 nafar, litsey bosqichida 821 nafar o’quvchi) ta'lim olishadi.

    Hozirda litseyda 479 nafar pedagoglar, shundan 8 nafar professor, 19 nafar fan nomzodlari, 12 nafar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, o’qituvchi va madaniyat xodimlari faoliyat ko’rsatishmoqda.

             Mustaqillik yillarida litsey o’quvchilari Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Gretsiya, Ruminiya kabi davlatlarda o’tkazilgan nufuzli xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etishib, jami 265 ta sovrinli (10 ta gran-pri, 118 ta I-o’rin, 84 ta II-o’rin, 53 ta III-o’rin) o’rinlarni  egalladilar.

    Masalan, 1990 yilda 3 nafar, 2000 yilda 11 nafar, 2007 yilda 19 nafar, 2008 yilda 31 nafar, 2009 yilda 39 nafar, 2010 yilning birinchi yarmida 26 nafar litsey o’quvchilari turli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.



     

    Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati

    Telefon: 239-17-25, (fars)239-42-14

    www.uzedu.uz

    Download 33 Kb.




    Download 33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Joriy yilda Litseyning ta o’quv binosi yangidan barpo etildi, ta o’quv binosi kapital rekonstruksiya qilindi

    Download 33 Kb.