Amaliy mashg’ulot texnologik xaritasi




Download 123.46 Kb.
bet3/22
Sana24.03.2017
Hajmi123.46 Kb.
#2185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1.20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi.

20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O’zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishiga olib keldi. Lekin 20- yillarning oxirida bu siyosat o’zining mohiyatini yo’qota boshladi va 1929 yilda batamom bekor qilindi, erkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo’yildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi.

O’zbekistonda sovet hokimiyatini mustaxkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo’q, og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo’q o’lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. Shu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar Rossiyaning markaziy hududlaridan ko’chirib keltirildi. Faqat 1931 yilning o’zida ko’chirib keltirilganlar 15.000 nafarni tashkil qildi. Oqibatda 1926-1939 yillari O’zbekiston aholisi 37 foizga ko’paygan bo’lsa, yevropaliklar soni 62 foizga oshdi.

Industriyalashtirishning dastlabki paytida suv elektrostansiyalari hamda qishloq xo’jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash qurib ishga tushirildi. Chirchiqdani GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to’qimachilik, Samarqand va Marg’ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. 30-yillarda Toshkent to’qimachilik kombinati, qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Chirchiq ximiya kombinati va boshqa ko’plab korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo’lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilardi.

Sovetlarning «o’z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O’zbekiston uchun g’oyat og’ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo mollarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o’lkadan mumkin qadar ko’proq foyda olish harakatida bo’ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo’rlik bilan olib borilgan jamoatlashtirish siyosati g’arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi.

1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoatlashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o’rta hol dehqonlar va kambag’allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi ularning qo’llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.

Davlat, jamoa xo’jaliklari orqali rejalashtirish yo’l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig’ib oladigan bo’ldi. Buning natijasida dehqonlar xo’jaligi xonavayron bo’ldi. 30 - yillar boshlarida yuz bergan ocharchilik, uning oqibatida minglab kishilarning qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo’jalik mahsulotlariga yolchimay kelishi - o’sha davr ko’r ko’rona siyosatining natijasi bo’ldi.

Ommaviy jamoatlashtirishga suyanib, badavlat xo’jaliklar, ayrim o’rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o’z oilasi bilan uzoq o’lkalarga surgun qilindi. Bu bilan sovet davlati qishloq aholisining bosh ko’tarishiga qodir, vaziyatni tushunadigan qismini yo’q qilib, talonchilik siyosatini osonlashtirdi. O’z - o’zidan ravshanki, jamoatlashtirish siyosati natijasida qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo’qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonning ekspluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi.

Hatto xalqimizning qadim an’anasi hashar ham ekspluatatsiya quroliga aylantirildi. 1939 yilda qazilgan Katta Farg’ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi tomondan xalqni ezishning sovetcha ko’rinishi bo’lgan desak xato qilmaymiz. O’zbekistonda paxta yakkahokimligi kuchaytirish yo’li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.



Download 123.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 123.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot texnologik xaritasi

Download 123.46 Kb.