K E Y S
O’zbekiston tarixi fanidan “Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari” mavzusi bo’yicha
Keys stadi.
I.Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari
O’quv predmeti: O’zbekiston tarixi
Mavzusi: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari.
Keysning asosiy maqsadi: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikining o’ziga xos xususiyatlarini va oqibatlarini ko’rsatib berishi.
O’quv faoliyatini kutiladigan natijalari:
-Keys mavzusini bilan oldindan tanishib chiqib tayyorgalikgarlik ko’rishi;
-Sovetlar davridagi ma’naviy qaramlikning omillarni ko’rsatish;
-Sovetlar davridagi iqtisodiy turg’un holatlarni ko’rsatish;
Ushbu keysni muvaffiqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tuzum, YaIS (NEP), harbiy kommunizm siyosati, mustaqillik. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Talaba amalga oshirishi kerak.
-mavzuni mustaqil o’rganadi;
-muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
-ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi;
-ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi:
Talaba ega bo’lmog’i kerak:
-taqdimot ko’nikmalariga;
-muammoli holatlar tahlil qilish ko’nimalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi) Karimov I. Tarixiy xotirasiz-kelajak yo’q. T.: Sharq, 1998.
2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:Ma’naviyat, 2008.
3.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.:O’zbekiston, 2011
4.Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo’lida. 21 jild. T.: O’zbekiston, 2013.
5.Usmonov Q va boshqalar. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2 kitob.T.: Sharq, 2000.
6.Shamsutdinov R. O’zbekistonda quloqlashtirish siyosati va uning oqibitlari T.: Sharq, 2000.
7.Usmonov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi. T.: moliya-iqtisod, 2006.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhasiz bo’lib variant davriy ketma-ketlikda, ya’ni o’tgan asarning 20 yillarining to 1991 yilgacha bo’lgan davr bayon etilgan. Keysning asosiy ob’yekti siyosiy holatga yo’naltirilgan. Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu tashkiliy auditoriya keysi bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha,tizimlashtirilgan bo’lib, mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Milliy istiqlol g’oyasi”, “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarida foydalanishi mumkin.
K I R I Sh
“Sovetlar daridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari” mavzusi O’zbekiston tarixi fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Sovetlar davrida mamlakatimiz har tomonlama chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan edi. Qayta qurish deb boshlangan quruq kompaniya Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi». Shunday qiyin vaziyatlarda xalqimiz sobit qadamlik, yurtboshimiz tomonidan olib borilgan oqilona va odilona siyosat tufayli barcha qiyinchiliklarni yengib o’tdi.
Insoniyat taraqqiyotida, shu jumladan, mamlakatimiz hayotida bugungi kunda tarixiy evrilishlar ro’y bermoqda. Bugungi davr yoshlarni istiqlolni mustahkamlashga hissa qo’shish ruhida tarbiyalash, xalqimizning msutabid tuzum davrida og’ir mehnati mohiyatini anglash va doimo xalqimizning bunyodkorlik ishlariga hurmatda bo’lish tuyg’usini shakllantirish maqsadida O’zbekiston tarixi fanida sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlik, uning salbiy oqibatlari xususida ko’proq ma’lumotlar berish joiz. Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P. Toki, ular bugungi tinch osuda hayotimiz mashaqqatli va tinimsiz mehnat evaziga bunyod bo’lganligini anglab yetsin. Ana shu xususiyatlar Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartib va guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha talaba-yoshlar mustabid tuzum davri va bu davrda barcha sohalardagi chuqur inqiroz holati haqida bilim va tushunchalarga ega bo’lishlari zarur.
Tavsiya etilgan keyisni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
-
O’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
-
Muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qaya topshirish;
-
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
-
Mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
-
O’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
1.20-30 yillar O’zbekiston iqtisodi va uning markazga qaramligi.
20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O’zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishiga olib keldi. Lekin 20- yillarning oxirida bu siyosat o’zining mohiyatini yo’qota boshladi va 1929 yilda batamom bekor qilindi, erkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo’yildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi.
O’zbekistonda sovet hokimiyatini mustaxkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo’q, og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo’q o’lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. Shu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar Rossiyaning markaziy hududlaridan ko’chirib keltirildi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish. Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. Faqat 1931 yilning o’zida ko’chirib keltirilganlar 15.000 nafarni tashkil qildi. Oqibatda 1926-1939 yillari O’zbekiston aholisi 37 foizga ko’paygan bo’lsa, yevropaliklar soni 62 foizga oshdi.
Industriyalashtirishning dastlabki paytida suv elektrostansiyalari hamda qishloq xo’jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash qurib ishga tushirildi. Chirchiqdani GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to’qimachilik, Samarqand va Marg’ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. 30-yillarda Toshkent to’qimachilik kombinati, qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Chirchiq ximiya kombinati va boshqa ko’plab korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo’lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilardi.
Sovetlarning «o’z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O’zbekiston uchun g’oyat og’ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo mollarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o’lkadan mumkin qadar ko’proq foyda olish harakatida bo’ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo’rlik bilan olib borilgan jamoatlashtirish siyosati g’arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi.
1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoatlashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o’rta hol dehqonlar va kambag’allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi ularning qo’llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.
Davlat, jamoa xo’jaliklari orqali rejalashtirish yo’l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig’ib oladigan bo’ldi. Buning natijasida dehqonlar xo’jaligi xonavayron bo’ldi. 30 - yillar boshlarida yuz bergan ocharchilik, uning oqibatida minglab kishilarning qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo’jalik mahsulotlariga yolchimay kelishi - o’sha davr ko’r ko’rona siyosatining natijasi bo’ldi.
Ommaviy jamoatlashtirishga suyanib, badavlat xo’jaliklar, ayrim o’rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o’z oilasi bilan uzoq o’lkalarga surgun qilindi. Bu bilan sovet davlati qishloq aholisining bosh ko’tarishiga qodir, vaziyatni tushunadigan qismini yo’q qilib, talonchilik siyosatini osonlashtirdi. O’z - o’zidan ravshanki, jamoatlashtirish siyosati natijasida qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo’qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonning ekspluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi.
Hatto xalqimizning qadim an’anasi hashar ham ekspluatatsiya quroliga aylantirildi. 1939 yilda qazilgan Katta Farg’ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi tomondan xalqni ezishning sovetcha ko’rinishi bo’lgan desak xato qilmaymiz. Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. O’zbekistonda paxta yakkahokimligi kuchaytirish yo’li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
2.Fashizmni tor – mor keltirishda O’zbekiston xalqining qo’shgan hissasi.
1939 yilda boshlangan ikkinchi jaxon urushi sababli vujudga kelgan xalqaro vaziyatga SSSR bilan birga O’zbekiston ham tortildi. Xalqimizning botir farzandlari «kichik urushlar» urushlar deb nom olgan Xalxingol, Hasan ko’li, Finlyandiya urushlarida ishtirok etganlar.
1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSSR ga to’satdan qilgan hujumi o’zbek xalqining ham tinchini buzib, qalbini nafratga to’ldirdi. O’tkazilgan miting vag yig’ilashlarda ariza bergan ko’ngillilar soni dastlabki oylardayoq 32 mingdan ko’proqni tashkil etdi.
Front orqasini mustahkamlash, xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’ldi.Bu dasturni amalga oshirishda O’zbekiston qizil Armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasiga aylandi. O’zbekiston g’arbdan keltirilgan 100 dan ortiq korxonalarni qabul qilib oldi va bu zavodlar xalqimizning fidokorona mehnati bilan qisqa vaqt ichida mahsulot bera boshladi. «Rosselmash», «Krasnыy Aksay», «Moskva», «Pod’yemnik» va «Elektrostanok» shular jumlasidandir. «Tashselmash» zavodi, Chirchiq elektrokimyo zavodi va boshqa respublika sanoati korxonalari ham front ehtiyoji uchun ishlay boshladi. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalari aholi va moddiy resuslarni safarbar qilish va jangovar tayyor holga keltirishda O’rta Osiyo harbiy okrugi muhim rol o’ynaydi. Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi.. Bir yarim yil ichida okruk 109 qo’shilma tuzdi. O’zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilma tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O’zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o’qchi brigada, 5 ta otliq diviziya tuzildi. Urush yillarida bir million to’rt yuz ming o’zbekistonliklar frontlarda jang qildilar. Ulardan to’rt yuz ellik ming kishi qaytib kelmagan. Urushning dastlabki kunlarida Respublika mudofaa fondiga 30 mln. so’m miqdorda pul to’plandi. Qisqa vaqt ichida O’zbekiston xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi. Butun xalq, jamiki moddiy resuslar vatan himoyasiga sarf qilindi.
S.Rahimov, M.Topivoldiyev, R.Abzalov, O.Rahimov, X.Aminov, Q.Turdiyev, Nazar Rajabov kabi o’zbekistonliklar jangovor jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga svzovor bo’lgan bo’lsalar, butun O’zbekiston ahli xalq xo’jaligi frontida yuksak jasorat namunalarini ko’rsatdilar. Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi - sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922-91 yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936 yildan ittifokdosh respublikalar - Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston CCP)J, keyinchalik - 1925 y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan. 280 dan ortiq o’zbekistonliklar frontdagi jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, minglab jangchilarimiz esa urush yillari ta’sis etilgan orden va medallarga o’z jasurliklari sababli sazovor bo’ldilar.
Mamlakatning turli rayonlaridan ko’chirib keltirilgan aholini O’zbekistonda hurmat-ehtirom va g’amxo’rlik bilan kutib olindi. Bu yerga bir millionga yaqin odam, jumladan, 200.000 bola ko’chirib keltirildi. O’zbekistonda ular boshpana va mehr topishdi. Ularga 135 ming kvadrat metrdan ko’proq turar joy berildi, ularni ishga joylashtirish yuzasidan doimiy ish olib borildi. O’zbekiston aholisi o’zining so’nggi burda nonni, kiyim-kechagini, turar joyini ko’chib kelganlar bilan birgalikda baham ko’rdi. 15 nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining nomi butun jahonga ma’lum. Bu xalqlar do’stligining buyuk namunasi bo’lib, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, bu yillarda milliy siyosatda kechirib bo’lmaydigan xatolarga ham yo’l qo’yildi. 1943-44 yillarda qalmiqlar, qrim tatarlar, chechenlar, ingushlar, nemislar, qorachoylar, mesxeti turklari o’zlarining tarixiy vatani va doimiy joylaridan mamlakatning sharqiy rayonlariga ko’chirib yuborildi. Ingushlar (oʻzlarini galgay deb ataydilar) - RF dagi xalq. Ingushiya Respublikasining asosiy aholisi (215 m’ing kishidan ortiq, 1990-y.lar oʻrtalari). Checheniston, Shim. Osetiyadaham yashaydilar. Umumiy soni 237 ming kishi. Chechenlar (oʻzlarini noxchiy deb atashadi) - asosan, Checheniston va Ingushiyadagi xalq (734,5 ming kishi). RF da jami - 899 ming kishi (1990- yillar oʻrtalari). Chechen tilida soʻzlashadi. Dindorlari - sunniy musulmonlar. Ch. Qorachoylar (oʻzlarini таулу deb atashadi) - turkiy xalq. asosan, RFning QorachoyCherkasiya Respublikasi va Stavropol oʻlkasida yashaydilar. RF da 192 mingdan ortiq (2002). Q.ning kichik guruhlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya va AQShda yashaydi. O’zbekistonga 15 mingdan ortiq qrim tatarlar, 175 ming chechenlar, 157 ming ingushlar va boshqa xalqlar ko’chirib keltirildi. Urush yillarida va undan keyin omon qolgan harbiy asirlarning ham ahvoli og’ir kechdi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko’rinishlaridan biri «talofatlar bilan hisoblashib o’tirmay, har qanday qilib bo’lsa ham harbiy maqsadlarga erishish zarur» degan prinsip bo’ldi. G’alaba nihoyatda qimmatga tushdi. Sovet kishilarining 27 millionga yaqin nafari urushning alangayu otashida halok bo’ldi. 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador bo’ldilar. Ularning ko’pchiligi mehnat qobilyatlarini yo’qotib, nogiron bo’lib qolishdi.
Yurtboshimiz aytib o’tganlaridek, bu urush kimlar tomonidan qanday maqsadlarda, qayerlarda bo’lib o’tganligidan qat’iy nazar, unda o’zbekistonliklar qatnashib, o’z oilasi, bola-chaqasi, ota-onasi, muborak zaminni himoya qildilar. Ularning jasorati hech qachon unutilmaydi.
3.1945 – 1980 yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti.
Ikkinchi jaxon urushi yillari davrida izdan chiqqan O’zbekistonning iqtisodiyoti urushdan keyingi 1946-1950 yillari g’oyat keskinlashgan xalqaro vaziyatda qayta tiklana boshladi. Mamlakatning ichki resurslari, tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchini g’oyat kuchli ekspluatatsiya qilish evaziga, xorijiy sarmoyalardan bosh torgan holda olib borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og’ir kunlarni keltirdi. O’zbekiston xalq xo’jaligini tiklash ishlari sovet hukumatining zo’r berib qurollanish siyosatiga bo’ysundirildi. Ayni bir vaqtda o’zbek xalqi urushda vayron bo’lgan o’lkalarni tiklashga ham o’z hissasini qo’shdi. Urush davrining shart-sharoitlari saqlangan holda xalqning mardona va fidokorona mehnati bilan besh yil ichida sanoat mahsulotini ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetib, deyarli ikki marta oshib ketdi. Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Urushdan keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa chorvachilikni tiklash ishlari ancha og’ir o’tdi. 1945 yil 15 iyuldagi Markaziy hukumatning «O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risida»gi qarori asosida paxta yakkahokimligi kuchaytirildi va O’zbekistonning markazga bog’liqligi yana ham mustahkamlandi. Ob-havoning injiqligiga, tiklash ishlarining qiyinchiliklarga qaramasdan, 1950 yilgi tayyorlangan paxta 2.200.000 tonnaga yetdi.
50-60 yillarda sanoat va qishloq xo’jaligini boshqarish tizimiga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga o’tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog’i 31 foizdan 55 foizga ko’tarildi. Xo’jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohatlar o’tkazilmagan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 50-60- yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.
O’zbekistonda oltin, uran, rangli metallar ishlab chikarish keng yo’lga qo’yila boshlandi. Energetika, kimyo sanoati rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi natijasida yangi shaharlar: Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod kabilar qad ko’tardi. Lekin mustamlaka holidagi respublikaning rivojlanayotgan iqtisodidan boshqalar ko’proq manfaatdor edilar. So’nggi hisob - kitoblarga qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo’ysundirilgan faqat oltin va uranning o’zidan 15 milliard amerika dollariga teng boylik Markazga olib ketilgan. O’zbekistonning aksariyat shahar, qishloqlari gazlashtirilmagan holda respublikada qazib chiqarilgan tabiiy gaz Rossiyaning sanoat markazlariga yetkazib berildi.
50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985-yillari qariyib 2.400. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. 000 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi.
Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildorligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida 1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi.
Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog’lanishi yana ham kuchaydi. Prezident I.A.Karimov: «… u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi», deydi. 1985 yilning bahorida qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimiga o’zgartirish kiritilib, mehnatni tashkil qilishning brigada yoki pudrati, ijara singari yangi shakllari joriy etildi. Lekin markazda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv tartibi saqlagan holda ko’rilgan tadbirlar, qayta qurishlar natija bermadi. Jamiyatda, xususan iqtisodiyotda inqirozli holatlar kuchaya boshladi. Qayta qurish deb boshlangan quruq kompaniya Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi». XII besh yillik vazifalari ilgari uch besh yillikdagi kabi bajarilmay qoldi. O’zbekiston milliy daromadning o’sishi 80-yillar birinchi yarmida 3,3 foizni tashkil qilgan bo’lsa, ikkinchi yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.
Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli yerlarning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha meneral o’g’itlardan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holatga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, O’rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojeasi vujudga keldi. Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S. Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.
O’zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og’ir bo’ldi. O’lkaning o’ziga xos demografik holati hisobiga olinmasdan davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag’ qoldiq prinsipiga asoslanib yildan-yilga qisqarib bordi. Ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish masalalarida miqdoriy o’sishlar ko’zga tashlanganligi bilan, aslida bular inson talabini qondirmas edi. Bu sohalardagi ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi 15 respublika o’rtasida 13-14 o’rinlarda turdi.
80-yillar fan, madaniyat va xalq ta’limiga ajratilgan harajatlar davlat byudjetining atigi 2,7 foizni tashkil qilgan bo’lsa , bu ko’rsatkich 1989 yili Yevropa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida 5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar o’limi, oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar bo’yicha O’zbekiston SSSRda birinchi qatorni egalladi. Aholining o’rtacha yoshi 1970 yil 70 yosh bo’lsa, 1980 yili bu ko’rsatkich 67,7 yoshni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab ekologik vaziyatning keskinlashuvi bo’ldi. Jafokash o’zbek xalqining turmush darajasi achinarli ahvolda bo’lib, boshqa respublikalar bilan qiyoslangan oxirgi o’rinlarda edi. Bundan boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi.
Davlat bosh ekspluatator rolini bajargan sotsialistik tizimda mehnat ahli o’z kuchi bilan yaratgan mahsulotning atigi 25-30 foizi hajmidagina haq oldi. Sovet Ittifoqining sanoat rivojlanishiga, yadro qurollarini ishlab chiqarish, koinotni o’zlashtirishdagi yutuqlarga katta hissa qo’shgan O’zbekistonning millionlab tonna paxtasi, ming tonnalab oltin, kumush, uranlari uchun Markaz u bilan nohaq, surbetlarcha, adolatsiz hisob-kitob qildi. O’sha davrning mehnat ilg’orlari sovet tizimidagi sotsial siyosatning og’ir oqibatlarini hali ham ko’rishyapti.
4.“Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat”ning oqibatlari.
Totalitar tizim jarayonida o’lkadagi madaniy-ma’rifiy ishlar e’tibordan chetda qolmadi. 20-30-yillarda savodsizlikni tugatish, ta’lim-tarbiya ishlari astoydil qo’lga olindi. 1941 yili O’zbekistonda 5.504 maktab bo’lib, ularda 42.000 o’qituvchilar dars berdi, 1 mln. 315 ming o’quvchi ta’lim oldi. Sanoat ishlab chiqarishning ishchi kadrlarga talabini qondirish uchun fabrika, zavodlar qoshida maxsus o’quv yurtlari ochildi.
O’rta Osiyoda ta’lim beshigi, hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti bir qancha oliy o’quv yurtlariga asos bo’ldi, 1940 yili respublikada 30 ta oliy, 100 ga yaqin o’rta maxsus o’quv yurtlari ishlab turdi.
1943 yili tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va uning ilmiy tekshirish institutlarida fanning turli sohalari: ayniqsa kimyo, fizika, elektronika, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar rivojlandi.
20-30-yillarda adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib chiqdi. Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarini soni ortib bordi. Achinarlisi shundaki, respublikada ta’lim-tarbiya, madaniy-ma’rifiy ishlar «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» niqobi bilan pardalanib, o’lkada rus madaniyatini, ularning turmush tarzini taqatishdan iborat bo’ldi. 1938 yil 19 martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida qaror qabul qilindi. O’qishlar va idoralarda ish yuritishlar 1929 yildan boshlab lotin, 1940 yildan boshlab krill alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab alifbosida yaratilgan tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mahrum bo’ldi. 1927 yili o’tkazilgan «Hujum» harakati oqibatida o’zbek xotin-qizlari jahon taraqqiyotiga tortilgan holda, ikkinchi tomonda, ular industriyalashtirish girdobiga keng jalb qilinib, o’zlarining tabiiy burchlarini bajarish hamda sharqona fazilatlardan mahrum bo’ldilar. Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaining g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’rtasida keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib borildi.
Fashizmga qarshi urush yillari izdan chiqqan ta’lim-tarbiya ishlari, madaniy-oqartuv muassasalari urushdan keyingi yillarda qayta tiklandi va kengaytirildi. Fashizm (ital. fassismo - tuda, birlashish) - totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. F. demokratiyami"! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. 1970 yili respublikada 2977 ta klub muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. Lekin amalda bu muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, boshqa qismi har xil sabablarga ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, ayniqsa, qishloq joylarda tashlandiq ahvolda edi. Qanday bo’lmasin bu muassasalar markizm-leninizm soxta g’oyalarni, sotsialistik qurilish amaliyotini tashviqot-targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi.
Urushdan keyingi majburiy 7 yillik, 1959 yildan 8 yillik, 1970 yildan 10 yillik ta’lim amalga oshirila boshlanadi. 1980 yillarda o’rta va oliy ta’lim tarmoqlari kengayib bordi. 1990 yil O’zbekistonda maktablar soni 9.000 ga yetdi, lekin ulardan 1.700 tasi vayron ahvolda bo’lib, kapital ta’mirlashni talab qilar edi. 1978-79-o’quv yilida respublikada 43ta oliy o’quv yurti bo’lib, ularning kunduzgi, kechki, sirtqi bo’limlarida 26.000 talaba o’qidi. Respublika Fanlar Akademiyasida ilmiy-tadqiqot institutlarining qatori kengayib, ularda yirik olimlar ilmiy izlanish ishlarini olib bordilar.
Talabalar, oliy ma’lumotli mutaxassislar, ilmiy xodimlarning soni jihatidan 10.000 kishiga hisoblanganda O’zbekiston ilg’or mamlakatlar qatorida tursa ham kadrlar tayyorlash tizimida qo’pol nuqsonlar bor edi. Oliy o’quv yurtlariga viloyatlardan qat’iyan reja asosida qabul qilish: qanday o’qimasin, ularni bitirtirib chiqarish natijasida ko’pincha malakasi yetarli bo’lmagan mutuxassislarga diplom berishga to’g’ri keldi.
Ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lmasin, ular Markazga qaramligi sababli o’zlarining ish faoliyatida kompartiya mafkuraviy tazyiqidan chetga chiqolmadilar. O’quv dasturlari, ayniqsa, ijtimoiy fanlar haddan tashqari siyosatlashtirildi. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. O’tmishda dunyoga mashhur bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qilmadi. Chunki, maktab, oliy ta’lim tizimining asl maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga sovet davlati milliy siyosatning tan-tanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim respublikaning Markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.
Markazning baynalmilalchilik siyosati aslida mamlakatda istiqomat qiluvchi 120 ortiq millatlar va elatlardan yagona sovet xalqini shakllantirish siyosatini ro’yobga chiqarish uchun jadal ishlarni olib bordi. Shu maqsadda rus tilini hayotga kiritish faollashdi. 1969 yildan boshlab O’zbekistonning barcha bolalar bog’chalarida rus tilini o’rgatish boshlandiki, butun harakat yagona baynalmilal til yaratishga qaratildi. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Bunday siyosatning oqibatida o’zbek tilining jamiyatdagi o’rni, milliy, diniy qadriyatlar yo’qola bordi.
Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlabdinga, diniy tashkilotlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borib, ateistik jamiyat qurish tomon yo’l tutgan edi. Machit va madrasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Navro’z kabi umumxalq bayrami, diniy marosimlar bekor qilindi. Ruhoniylarning ko’pchiligi har xil bahonalar bilan qamoqqa olindi, surgun qilindilar. Din va diniy tashkilotlarni ta’qib qilib, dindorlarga nisbatan ko’r ko’rona munosabat qanchalik faol olib borilmasin, ularning e’tiqodini deyarli o’zgartira olmadi.
20-30-yillar o’zbek adabiyoti va san’atida izlanishlar, yo’qotish va uyg’onish yillari bo’ldi. 20-yillarda ma’rifatchilik harakatining samarali yillari bo’lib, A.Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon, Botu, Elbek, Hamza, S.Ayniy so’ngroq yangi yosh ijodkorlar Oybek, G’.G’ulom, H. Olimjon, A.Qahhor kabi o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari faoliyat ko’rsatdi.
30-yillarda sahna san’atida opera va balet sohasida dastlabki yutuqlarga erishildi. Kino san’ati qaror topdi. Ayni shu davrda adabiyot va san’atda sotsialistik realizm deb atalmish yo’nalish hukmron bo’la boshladi va respublikada madaniy hayot kommunistik mafkuraga bo’ysundirildi.
Urushdan keyingi 50-60-yillarda respublika ijodiy ziyolilarining yangi avlodi shakllandi. Shaxsga sig’inishning fosh etilishi bilan yuzaga kelgan iliqlik shamoli bilan badiiy adabiyotga ko’pgina salmoqli asarlar yaratildi, bir qancha yaxshi o’zbek teatr va konsert san’atining dong’ini taratgan jamoalar tashkil etildi. Jamiyatda inqirozli holatlarni kuchaytirish bilan madaniy hayotdagi ziddiyatlar ham keskinlashdi. Chirib borayotgan sotsializm g’oyalarsiz tarixiy, badiiy asarlar yorug’lik ko’rmaydigan bo’ldi. Faqat 80-yillarning ikkinchi yarmida yangicha fikrlash davrida sotsializm g’oyalari va amaliyotning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi mudhish oqibatlarni fosh qiladigan asarlar yaratildi.
Kechayu-kunduz kishilar ongiga majburan singdirilgan kommunistik mafkura odamlarni ma’naviy qashshoqlikka olib keldi. «Ijtimoiy tenglik» to’g’risidagi sotsializm g’oyasi kishilarni ishyoqmas, boqimanda qilgan bo’lsa «davlatmulki», «umumxalq mulki» degan aqidasi insonni mulkdorlik, egalik tuyg’ularidan begona qildi. «Davlat mulki» «egasiz mulk» deb qarash natijasida tashimachilik ommaviy tus oldi.
O’zbek xalqi uchun eng dahshatlisi milliy, diniy, tarixiy qadriyatlardan judo bo’lganligida edi. «Yagona sovet xalqi», «internatsional til» to’g ’risidagi uydirma nazariyalar adabiyot va san’atdagi «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» asalarning yaratilishi xalqimizni azaliy qadriyatlaridan mahrum etdi.
Xulosa qilib aytganda, sovetlar davrida halqimiz eng og’ir kunlarni boshidan kechirdi. Har qanday og’ir vaziyatni ham mardavor yengib o’tdi. Shuning uchun bugungi yosh avlod bu davrning tarixini o’rganishi, xalqimizning og’ir sinovlarida ham hamjihat bo’lganliklari va buning oqibatida 1991 yil davlat mustaqilligini qo’lga kiritganligini albatta, bilishi lozim. Har bir inson tarixizni o’rganishi, undan saboq chiqarishi va mustaqillikning qadriga yetishi darkor.
|