1
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
UMUMIY OʻRTA, OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR VA MAKTABDAN
TASHQARI DAVLAT TAʼLIM MUASSASALARI PEDAGOG
KADRLARINING MALAKA TOIFALARI TEST TIZIMI UCHUN TEST
SPETSIFIKATSIYASI
Mazkur test spetsifikatsiyasining maqsadi pedagog kadrlarning informatika va
axborot texnologiyalari fanidan bilim darajasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan test
variantlari strukturasi va unga qoʻyiladigan talablarni belgilashdan iborat.
Mazkur
hujjatga aprobatsiyalar natijasida
qoʻshimchalar, oʻzgartirishlar va tuzatishlar
kiritilishi mumkin.
I.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlarni baholashning test
sinovi turlari
Pedagog kadrlarning informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlarini
baholashning test sinovi tartibi kompyuter orqali onlayn tarzida test savollariga javob
berishdan iborat.
II.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlarni baholashda test
sinovi qamrab olgan informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmun
sohalari
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagog kadrlar bilimlarni
baholashda test sinovi topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim maktablari informatika va
axborot texnologiyalari kursining 5-11-sinflari materiallari hamda Davlat taʼlim
standartiga mos va turdosh boʻlgan
kitoblar asosida informatika va axborot
texnologiyalari fanining quyidagi
mazmun sohalarini qamrab oladi:
1. Informatika va axborot olami
2. Kompyuterning texnik va dasturiy taʼminoti
3. Kompyuterning mantiqiy ishlash prinsipi
4.
Algoritmlash asoslari
5. Dasturlash texnologiyasi va asoslari
6. Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint)
7. Maʼlumotlar bazasi
8. Grafik muharrirlar bilan ishlash (Paint.NET, Adobe Photoshop dasturlari)
9. Internetda ishlash asoslari
10. Veb-texnologiya va Veb dizayn ( HTML tili va CSS)
11. Axborot xavfsizligi va
elektron hukumat
12. SMM, CMS, LMS, MOOC va Web-freelance
13. Audio va Video fayllar bilan ishlash
Eslatma 1: informatika va axborot texnologiyalari fanining bu mazmun sohalari
umumiy holda berilgan boʻlib, ular informatika va axborot texnologiyalari fanining
amaldagi oʻquv dasturi hamda DTS talablaridan kelib chiqib, yanada aniqlashtiriladi
va bir nechta mayda mavzularga boʻlinadi hamda kodifikatorda keltiriladi.