• Qabul qildi: Ergasheva Zaura Toshkent 2024 yil Banklarda Hisob raqam ochish uchun arizani rasmiylashtirish. Imzo va muhr namunasi blankasini rasmiylashtirish
  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarning roli




    Download 22.43 Kb.
    bet1/2
    Sana22.04.2024
    Hajmi22.43 Kb.
    #203947
    TuriReferat
      1   2
    Bog'liq
    Banklarda Hisob raqam ochish uchun
    Санакулова Наргиза, 6-11.ru.uz, 08-64-7-конвертирован, 1-5.ru.uz, 11-21 Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari Кунишов, termichka 2, boshlang\'ich sinf o\'qituvchisining kasbiy madaniyati, 020, Норбоев Сардор Соатали ўғли, img354, Документ0.pdf0, Ariza, HBFGB, O‘lchov tok transformatorlari

    MAKTABGACHA TA’LIM” YO`NALISHI


    12 – 23 GURUH TALABASI
    ISMAILOVA MARXABONING
    BIZNESNI TASHKIL ETISH VA YURITISH FANIDAN
    KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARNING ROLI”
    MAVZUSIDAN TAYYORLANGAN
    REFERATI
    Tayyorladi: Ismailova Marxabo
    Qabul qildi: Ergasheva Zaura
    Toshkent 2024 yil
    Banklarda Hisob raqam ochish uchun arizani rasmiylashtirish. Imzo va muhr namunasi blankasini rasmiylashtirish
    Rejа:

    1. umumiy qoidаlаr

    2. Tomonlаrning mаjburiyatlаri

    3. Tomonlаrning huquqlаri

    4. XULOSA

    1. UMUMIY QOIDАLАR. Mazkur oferta shartnomasi Mijoz tomonidan bank hisobvaragʼini ochish toʼgʼrisidagi Bank tomonidan o’rnatilgan shakldagi ariza, shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisob raqam ochish uchun kerak boʼlgan zarur hujjatlar taqdim etilganidan so’ng Taraflar uchun majburiy ahamiyat kasb etadi. 1.2. Bank hisobvaragʼini ochish, unga xizmat koʼrsatish va yopish ommaviy oferta shartnomasi bankda bank hisobvaragʼini ochish, unga xizmat koʼrsatish va yopish tartibini belgilaydi, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Mijozga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha Taraflarning munosabatlarini tartibga soladi. 2. TOMONLАRNING MАJBURIYATLАRI 2.1. Bankning majburiyatlari: 2.1.1. Mijozga kompleks hisob-kassa xizmatlarini koʼrsatish va uning yozma topshirigʼiga koʼra amaldagi qonunlarga, Mijozning Ustaviga va Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarida koʼzda tutilgan barcha hisob va kassa operatsiyalarini amalga oshirish, shu jumladan: a) kelib tushgan pul mablag’larini Mijozning hisob raqamiga kiritish; b) Mijozning topshirigʼiga koʼra pul mablagʼlarini unga tegishli boʼlgan bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga yoki boshqa shaxsning hisob raqamiga oʼtkazish; v) Mijoz hisob raqamida pul mablagʼlari mavjud boʼlgan taqdirda, kerakli toʼlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan toʼlovni amalga oshirish; g) toʼlov talabnomasiga asosan Mijozga tegishli boʼlgan mablagʼni boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan undirib olish toʼgʼrisidagi topshirigʼini bajarish; d) Mijozga naqd pul berish yoki qabul qilib olish. Hisob-kassa xizmati koʼrsatishga bevosita taalluqli boʼlmagan boshqa xizmatlar koʼrsatish (kreditlash, faktoring lizing xizmati, qimmatli qogʼozlarni saqlash va joylashtirish, kafolat va boshqa operatsiyalar) Bank tomonidan alohida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 2.1.2. Mijozga dam olish kunlaridan tashqari har kuni belgilangan xizmat koʼrsatish jadvaliga muvofiq soat 8-30 dan 16-30 gacha xizmat koʼrsatadi. 2.1.3. Pul mablagʼini faqatgina mijozning topshirigʼi bilan yoki uning ruxsati bilan bankka tegishli hisob hujjatlari kelib tushgan kuni uning hisob varagʼidan koʼchiradi. Mijozning hisob varagʼida pul mablagʼlari boʼlmagan yoki kam boʼlgan holda bank toʼlanmagan summani kartoteka-2 ga amalda belgilangan tartib qoidalarga muvofiq joylashtiradi. Mijozning hisobvaragʼidagi pul mablagʼlarini bank tomonidan uning ruxsatisiz koʼchirish Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʼzda tutilgan hollardagina amalga oshirishga ruxsat etiladi.;


    3. TOMONLАRNING HUQUQLАRI 3.1.Bankning huquqlari: - Mijoz tomonidan amaldagi qonunlarni hamda Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarini, shu jumladan hisobraqam hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni Bankka taqdim etish muddati buzilganligini tasdiqlovchi dalillar bor boʼlgan taqdirda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar hisob va kassa operatsiyalarini bajarishdan voz kechish; - Mijozning hisobraqamidagi pul mablagʼlarini uning roziligisiz budjet, budjetdan tashqari jamgʼarmalarga toʼlovlar yoki amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʼlovlarga koʼchirish; - Hisob-kassa hujjatlarining haqiqiyligiga aniq shubha uygʼonganda ushbu holat toʼgʼrisida Mijozning birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boʼlgan masʼul shaxsiga xabar bergan holda aniqlangan xato-kamchiliklar toʼliq bartaraf etilmagunga qadar bank operatsiyalarini bajarishdan voz kechish; - Mijozlarning hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarini Oʼzbekiston Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisida"gi qonuniga va ichki nazorat qoidalariga muvofiq toʼxtatib turish yoki ularni bajarishni rad etish. 3.2. Mijozning huquqlari: - Oʼzining hisob raqamidagi pul mablagʼlarini amaldagi qonunchilikda koʼzda tutilgan doirada mustaqil boshqarish; - Bankka hisob-kassa xizmatlari yuzasidan topshiriqlar va inkassa yuzasidan soʼrovnomalar berish, topshiriqlarning oʼz vaqtida bajarilishini talab qilish; - Talab qilib olingunga qadar asosiy depozit hisob raqamida pul boʼlgan holda va bronlar boʼlgan holda ish haqi toʼlash grafigiga muvofiq amaldagi qonunchilik doirasida naqd pul olish; - Bankning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni belgilangan tartibda toʼldirishni talab etish; - Zarurat tugʼilganda bankdan naqd pulsiz hisob-kitoblar va oʼzgartirishlar toʼgʼrisida maʼlumotlarni olish;
    Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan bank xizmatlari uchun haq toʼlash tarifiga muvofiq, mijozga koʼrsatiladigan xizmatlari uchun haq - operatsiyalarning turlariga bogʼliq holda toʼlanadi (Tarif kompleks bank xizmatlarini koʼrsatish qoidalariga qoʼshilish shartnomaga ilova qilinadi va shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi). 4.2. Bank koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovning miqdori va tartibiga mijoz bilan yozma kelishuv asosida oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritadi. 4.3. Bank tomonidan koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovlarni undirish bank tomonidan amaldagi qonun hujjatlari doirasida har qanday yoʼsinda amalga oshiriladi. 4.4. Qachonki operatsiyalarni bajarish qoʼshimcha ish hajmini talab qilsa, bank oʼzaro kelishilgan holda maxsus va qoʼshimcha komissiya tuzish huquqiga ega.
    TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI 5.1. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʼladilar. 5.2. Bank mijozning hisob raqami boʼyicha operatsiyalarni oʼz vaqtida va toʼgʼri amalga oshirilishi uchun javobgardir. 5.3. Bank tomonidan ish xaqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun oʼz vaqtida naqd pul bermaganlik uchun Mijozga, shu jumladan, tadbirkorlik subʼektlariga ular hisobvaraqlarida mablagʼ boʼlganida bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima toʼlaydi. 5.4. Bank qonun hujjatlarida oʼrnatilgan Mijoz hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron toʼlovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron toʼlovlarni qaytarishning oʼrnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima toʼlaydi. Elektron toʼlovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u Mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron toʼlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron toʼlov summasining 10 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda penya toʼlashi shart. Bankning aybi bilan elektron toʼlov notoʼgʼri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʼni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʼiga oʼtkazishi shart. Аks holda, Mijoz bankdan mablagʼlarni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun notoʼgʼri amalga oshirilgan elektron toʼlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin notoʼgʼri amalga oshirilgan elektron toʼlov summaning 10 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda penya toʼlashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega. 5.5. Mijoz oʼz hisob-kitob operatsiyalarining qonuniyligi va olingan pul mablagʼlarining belgilangan maqsadda foydalanilishi yuzasidan amaldagi qonunchilikka asosan mustaqil javobgar hisoblanadi. 5.6. Shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, mijoz kreditorga toʼlashi shart boʼlgan penyani oʼtkazish va undirish yuzasidan bank javobgar xisoblanmaydi.


    XULOSA
    Ushbu shartnomani bajarish boʼyicha bank va mijoz oʼrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar taraflarning oʼzaro kelishuvi asosida amaldagi qonunchilik doirasida hal etiladi. Mijozning boshqa shaxslar bilan hisob-kitobi yuzasidan oʼzaro shikoyatlari bankning ishtirokisiz koʼrib chiqiladi. 8.2. Tomonlar mazkur shartnomada koʼrsatib oʼtilmagan va kelib chiqqan barcha munosabatlarni (nizolarni) amaldagi qonun hujjatlariga tayangan holda hal etadilar. Kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal etiladi. 8.3. Mijozning hisob raqami boʼyicha olib boriladigan operatsiyalarining tartibi taraflar uchun majburiy boʼlgan Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari tomonidan belgilanadi.



    Download 22.43 Kb.
      1   2




    Download 22.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarning roli

    Download 22.43 Kb.