• Mavzu: Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari.
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti Qo’qon filiali




    Download 487,27 Kb.
    Sana24.11.2023
    Hajmi487,27 Kb.
    #104612
    Bog'liq
    11-21 Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari Кунишов
    Санакулова Наргиза, 6-11.ru.uz, 08-64-7-конвертирован, 1-5.ru.uz, termichka 2, boshlang\'ich sinf o\'qituvchisining kasbiy madaniyati, 020, Норбоев Сардор Соатали ўғли, img354, Документ0.pdf0, Ariza, HBFGB, Banklarda Hisob raqam ochish uchun, O‘lchov tok transformatorlari



    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti Qo’qon filiali
    11-21 “TMJ” sirtqi guruh
    Talabasi Kunishov Samadjonning

    MUSTAQIL
    ISH
    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fanidan tayyorlagan




    Mavzu: Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari





    Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari.

    Reja:


    1. Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash

    2. qizdirib presslash

    3. bosim bilan quyish

    4. siqib chiqarish

    5. presslash usulida detallar tayyorlash.

    6. Ҳулоса

    Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga


    bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo‘shiladi.
    Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda qo‘shiladi.
    Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi.
    Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi.
    Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. Polistirolning o'zi atrof-muhitga zarar etkazmaydi, ammo unga asoslangan ba'zi turdagi materiallar sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkinBu yonuvchan materialdir. Polistirolning xususiyatlari va maqsadiga qarab, umumiy foydalanish uchun markalar o'rnatiladi, shuning uchun iste'molchi ushbu belgilardan foydalangan holda ma'lum bir markaning polimer xususiyatlari va qo'llanilishi haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkinPolistirol uchun birinchi patent (ommaviy ravishda o'z-o'zidan polimerizatsiya yo'li bilan) 1911 yilda Germaniyada olingan. U erda 1920 yilda polimerni sanoat ishlab chiqarish boshlandi. 1936 yilda Yiliga 6000 tonna ishlab chiqarilgan. Germaniyadan tashqarida polistirol ishlab chiqarishning o'sishi uzoq vaqt davomida monomerning yuqori narxi tufayli cheklangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShda stirol-butadien kauchuk ishlab chiqaradigan katta tonnali ishlab chiqarish AQShda tez rivojlanishga turtki bo'lib, tabiiy ravishda stirol narxining pasayishiga olib keldi. Urushdan so'ng, tarkibida 50 foizdan ortiq stirol bo'lgan (stirol butadien kauchukidan farqli o'laroq, stirol qariyb 30 foiz bo'lgan) polistirol va stirol kopolimerlari ishlab chiqarish mustaqil ravishda rivojlandi. Bunday samarali mahsulotlarni ishlab chiqish; kengaytirilgan polistirol, yuqori ta'sirli stirol polimerlari, ABS plastmassalari, polistirol plastmassalar, umuman olganda, polietilen va polivinilxloriddan so'ng global plastmassa sanoatida uchinchi o'rinni egalladi. Polistirol va yuqori ta'sirli polistirol stirolni ommaviy polimerizatsiya qilish yo'li bilan olinadi. Plastik massalardan turli shakldagi va o‘lchamdagi detallarni tayyorlashda qator texnologik usullar mavjud bo‘lib, ular ichida bosim bilan quyish, siqib chiqarish, presslash usullari ko‘proq tarqalgan. 1. Quyish usuli mashinasozlikda termoplastik plastmassalar (polietilen, viniplast, polistirol, poliamid va boshqalar) dan turli shakl va o‘lchamdagi detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. 1-rasmda bunday mashinaning tuzilishi va ishlashi sxematik tarzda keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, bunker 7 ga kiritilgan granula yoki kukun materialni dozator 8 dan elektr qizdirgich 4 li silindr 5 ga uzatadi. Plunjer 6 ning chapgayurishida bu material silindrning qizigan zonasiga o‘tib 150—300° temperaturada qizib suyuqlangach, soplo 3 orqali 10—200 MPa bosimda pressforma 1 bo‘shlig‘i 2 ni to‘ldiradi. U yerda bir necha sekund saqlangandan so‘ng plunjer 6 dastlabki joyiga
    qaytarilgach, pressforma ajratilib detal olinadi. Bu usul serunumligi (5—20 s. da
    detal olish), mahsulotning geometrik aniqligi va tashqi yuzasining juda tekisligi
    sababli mexanik ishlov berish talab etilmaydi. Termoplastlardan tayyorlangan buyumlarni juda yuqori bo`lmagan hariratlarda qayta ishlab boshqa shakldagi buyumlar tayyorlash mumkin. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlarni qayta eritib boshqa buyum tayyorlksh mumkin emas.
    bunga uning tarkibidagi elementlarning erish temperaturalaridagi uchuvchanligi,
    barqaror xossalarga ega bo`lmasligi va eritish jarayoning zararli ekenligi bilan
    asoslanadi.Sanoatda termoplastlar kimyo, oziq-ovqat, farmasevtika sohalarida
    keng qo`laniladi.reaktoplastlar esa ayrim mehanik xossalarining yuqoriligi sababli
    elektrotexnika, elektr simlarining izolyatsiyasi va turli jihozlarning korpuslarini
    tayyorlashda qo`llaniladi.

    material

    Zichligi, g/sm3

    CHo‘zilishiga
    puxaligi,
    kgk/mm2

    Nisbiy
    uzayishi,%

    Qattiqligi NV,
    kgk/mm2

    Zarbiy
    qovushqoqligi,
    kgk/sm2

    Martens
    bo‘yicha
    issiqlikka
    damliligi

    Termoplastik plastmassalar



















    Polietilin
    Pliamidlar
    Fotoroplas–4
    Plivinil-xlorid
    Organik shisha

    0,93
    1,1–1,4
    2,3
    1,5
    1,2–1,8

    0,8–1,4
    5–10
    1,6–3,1
    5–7
    4

    100–300
    100–300
    250–400
    250–400
    4

    1,4–2,5
    10–15
    3–4
    -
    17

    20–160
    100–170
    100
    100
    20

    110
    80–120
    260
    170
    80–95

    Termoreaktiv plastmassalar



















    Fenolformaldegitlar
    Epoksidlar
    Poldiefirlar
    Getinaks
    Tekstolit

    1,2–1,6
    1,2–1,7
    1,3–1,4
    1,0–1,4
    1,4

    1,5–3,5
    2,8–7
    4,2–7
    8–10
    6,5–10

    1–5
    3–6
    2 - 1
    –3

    25–30
    -
    10–20
    25–30
    20–35

    1 gacha
    1 gacha
    1
    13–15
    25–30

    125
    - -
    150
    120

    2. Ekstruder deb ataluvchi chervyakli mashinada siqib


    chiqarish usulida detallarni tayyorlash. 2- rasmda uzluksiz ezib
    ishlash mashinasining ishlash sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, granula
    yoki kukunsimon termoplast bunker 1 ga kirib, u yerdan ish silindri 3 ga o‘tadi.
    Chervyak 2 aylanganda silindr 3 dagi qizdirilgan zona 4 dagi termoplast siqilib
    matritsa ko‘zidan o‘tkaziladi. Bu yerda u qizib oquvchan qovushoq holatga o‘tadi.
    Bunday holatdagi plastik massani uzluksiz aylanayotgan chervyak kallak 6 ning
    kalibrlangan teshigi orqali ezib chiqaradi. Bu usul chiviqlar, turli profilli mahsulotlar,
    lenta, truba, simni izolyatsiya bilan qoplashda qo‘llaniladi.
    3. Qizdirib presslash. 37 Bu usuldan termoreaktiv plastmassalardan turli
    shakl va o‘lchamdagi detallar tayyorlashda foydalaniladi. Bunda pressformaga
    kiritilgan pressmaterialni oquvchan qovushoq holatga keltirish uchun u zarur
    temperaturagacha qizdiriladi.
    Pressforma tayyorlanuvchi detal kopstruksiyasiga ko‘ra bir yoki кo‘p detallar tayyorlash uchun yarokli bo‘ladi.
    r asm Bosim bilan quyish 2-rasm Uzluksuz ezib ishlash mashinasining
    sxemasi: mashina sining ishlash sxemasi:
    1 — pressforma; 2 — pressforma bo‘shlirr; 1-bunker: 2 — chervyak; 3 —
    silindr; 3 — ssplo; 4 — elektr qizdirgich; 5 — si-
    4- qizdirilgan zona, 5 — spravka; a—kall.chk, lindr; 6—plukjer; 7—bunker; 8—dozator
    3-rasmda to‘rg‘i presslash sxemasi keltirilgan.
    Magritsa 1 ga pressmaterial 2 yuklanguncha u zarur
    temperaturagacha kizdirilib, keyin puanson 3 bilan presslanadi. Presslashda ajralib uchuvchi moddalar va namlik buyumda gaz bo‘shliqlari hosil qilmasligi uchun puanson 2 — 4s pressfermadan ko‘tariladi. Odatda, bu operatsiya 2 — 3 marta
    takrorlanadi. Keyin pressmaterial pressformada ma’lum vaqt
    bosim ostida tutib turiladi. Bunda polimerlash jarayoni
    to‘la kechishi bilan buyum zarur fizik-mexanik xossaga ega bo‘ladi.
    Pressformada material ma’lum vaqt saqlangandan keyin bosim olingach, tayyor buyum 3 turtkich 2 yordamida press formadan ajratiladi va zarur bo‘lsa
    Tozalanadи

    3-rasm To‘g‘ri presslash sxemasi



    Ҳулоса

    Ushbu mavzuni o‘qib o‘rganish jarayonida men bir qator yangi bilimlarga ega bo‘ldim. Ya’ni Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar ekanligi, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka erishish orqali juda ko‘p sohalarda qo‘llash imkonini beruvchi materaillar ishlab chiqarish mumkinligini o‘rgandim. Yana shuni bildimki, ishlab chiqarish jarayonini iqtisodiy tomondan narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo‘shilishini bilib oldim.


    Turli shakldagi va o‘lchamdagi detallarni tayyorlashda bir qator texnologik usullar mavjudligi, ular ichida bosim bilan quyish, siqib chiqarish, presslash usullari ko‘proq tarqalgan ekan. Quyish usuli mashinasozlikda termoplastik plastmassalar (polietilen, viniplast, polistirol, poliamid va boshqalar) dan turli shakl va o‘lchamdagi detallar tayyorlashda qo‘llanilishini bilib oldim.


    Download 487,27 Kb.




    Download 487,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti Qo’qon filiali

    Download 487,27 Kb.