13-MAVZU:
PLASTMASSALAR.
REZINA
VA
LAK
BO’YOQ
MATERIALLARI
Reja:
1. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar
2.
Kauchuk ishlab chiqarish
3. Rezina materiallar olish
4. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari
5. Rezina materiallar xususiyatlarining harorat ta’sirida o‘zgarishi
Tayanch so’z va iboralar: rezena, kauchik, rezena materiallar, harorat ta’siri,
avtomobil shinalari,
13. 1. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar
Rezina buyumlar xalq xo‘jaligining
barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va
avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi
hisoblangan kauchuk juda elastik bo‘ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha)
deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan
keyin rezina avvalgi
holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamli-
ligi, yemirilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolatsion
xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi
zamon avtomobillarida bir
necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina
qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga
sarflanadi.
Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo‘lib, zamonaviy yengil
avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo‘lgan
detallar
(yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan
bo‘lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezi-
na materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko‘tara oladigan MA3 markali avtomobillaming
faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avtomobillarga sarflanadigan rezina
materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini,
shu bilan
birga, avtomobilning umumiy tannarxining 10-40 foizini tashkil etadi, bundan
ko‘rina- diki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir.
Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab quyidagilardir:
materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori
sifatli rezinalar
uchun cho‘zilishdagi solishtirmauzayish 1000 foizga yetadi);
yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalaming eng yaxshi
navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);
gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkazmasligi;
yuqori dielektrik xususiyatlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezinali
materiallardan turli-tuman rezinotexnik buyumlar:
shinalar, bikir shlanglar,
amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar,
salniklar, muftalar, transport
tasmalari ishlab chiqariladi. Kabel, o‘tkazgich, elektromashinalar va jihozlar ishlab
chiqarishda rezinalardan elektroizolatsiyasi sifatida foydalanilishini ta’kidlab o‘tish
lozim.