Protektor
14
450
-
55-65
Kamera
9
550
40
-
Ta’mirlash
ucluin qatlamli
rezina
20
500-850
40
kamida
45
Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezinaning
elastiklik xususiyatini tavsiflaydi. Nisbiy va qoldiq uzayishlar orasidagi farq
qanchalik katta bo‘lsa, rezina materialning elastiklik xususiyati shunchalik yaxshi
bo‘ladi. Kauchuk va rezinalar mexanik xossalariga ko‘ra elastik (egiluvchan)
jismlar va suyuqliklardan farq qiladi. Ular nisbatan kichik kuchianishlarda ham
yuqori qator deformatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan
yuqori molekulali
birikmalardir. Bu xildagi deformatsiya yuqori elastik deformatsiya, materialning
o‘zi esa elastomerlar deb ataladi.
Kauchuk va rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda qaytmas
deformatsiya ham mavjud. U qoldiq deformatsiya deb ham yuritiladi.
Qoldiq
deformatsiyaning paydo bo‘lishi kauchuk molekulasida ayrim qismlarning bir-
biriga nisbatan o‘z joyini o‘zgartirishi bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya
qilin- ganida (rezina hosil bo‘lishi), polimeming chiziqli uzun molekulalari bir-biri
bilan mustahkam kimyoviy bog‘lar orqali birikadi va o‘zaro erkin harakat qilish
xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun rezinada qoldiq deformatsiya keskin
kamayadi. Shu sababli ko‘rsatilgan materiallarda
qaytar va qaytmas
deformatsiyalar nisbati har xil bo‘ladi: kauchukda qaytmas deformatsiya ustunlik
qilsa, rezinada qaytar yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi.
Barcha
kauchuklarning
vulkanizatlari
(ebonitdan
tashqari)
yuqori
haroratlarda siljuvchanligi bo‘yicha tashqi ko‘rinishdan metallarga o‘xshash
bo‘ladi. Rezinaning yuklangan holatda bo‘lishi natijasida qoldiq deformatsiya
vujudga keladi. Rezina yukla- nish holatida qancha ko‘p muddat bo‘lsa, qoldiq
deformatsiyaning miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Natijada kuchli
deformatsiyalangan detallar vaqt o‘tishi bilan o‘z shaklini va o‘lchamini
o‘zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar yupqa devorli buyumlarda
yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, toza rezina va hatto armirlangan
shlanglar uzoq muddat uyum holatida saqlanganida ular ezilgan shaklga kiradi,
shlanglar o‘tkir burchak ostida bukilgan
joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta
tiklashning imkoni bo‘lmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: rezina
detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiyatining saqlanishini
ta’minlash uchun ularni saqlashda, shuningdek, avtomobillarni ishlatishda shunday
sharoit yaratish kerakki, bunda detallarda hosil bo‘ladigan
kuchlanish va
deformatsiya mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim. Detallami saqlashda bunday
sharoitlarni yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida esa
nisbatan murakkab.
Misol sifatida muhim vazifalami bajaruvchi va qimmatbaho bo‘lgan
avtomobil pokrishkalarining xususiyatlarini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarga
to‘xtalamiz. Avtomobil pokrishkalarini saqlashda ularni ustma-ust taxlashga ruxsat
etilmaydi. Ularni faqat maxsus stellajlarga tik holda bir qator qilib joylashtirish
lozim, shu bilan birga, davriy ravishda (har 2-3 oyda) protektorning stellaj poliga
tegib turgan qismini almashtirib turish lozim. Avtomobillarda
ishlatilayotgan
pokrishkalaming
yaxshi
saqlanishini
ta’minlash
uchun
yuklanmagan
avtomobilning bir joyda to‘xtab turish muddati 10 kundan ortiq bo‘lmasligi (to‘la
yuklangan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan muddatlardan ortiq
vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollarda avtomobilni pokrishkalari
yerga tegmaydigan holatda bo‘lishi ta’minlanadigan qilib maxsus tayanchlarga
ko‘tarib qo‘yish lozim.
Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganida uni 20- 25 min
davomida ko‘pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish,
keyin asta-sekin tezlikni
oshirish zarur. Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularning ortiq yuklanishiga
yo‘l qo‘ymaslik va ulardagi havo bosimini me’yorda bo‘lishini ta’minlash lozim.
Bu talablar nafaqat shinaning shakli va o‘lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki
ularning ish muddatini kamaytirmaslikka (13. 1- va 13. 2- rasmlar), ulardan juda
ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga (13. 6- va 13. 7- rasmlar) va yonilg‘i
sarfining ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.