• Qattiqligiga ko‘ra rezinalarning guruhlarga boMinislii
  • Plastmassalar




    Download 343,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/11
    Sana13.12.2023
    Hajmi343,3 Kb.
    #117720
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    13.1- rasm. Yuklanish miqdori P ning (ruxsat etilgan maksimal yuklanishga 
    nisbatan % hisobida) shinaning ish muddati g h ga ta’siri. 


    13. 2- rasm. Shinadagi havo bosimi Psh ning (me’yordagi bosimga nisbatan % 
    hisobida) shinaning ish muddati g h ga ta’siri. 
    Rezinaning qattiqligi. Qattiqlik rezina buyumlaming asosiy fizikaviy va 
    ekspluatatsion xossalaridan biri bo‘lib, u davlat standartlari va texnik shartlarda har 
    bir material (metall, mineral, plastmassa va boshqalar) uchun ko‘rsatilgan. 
    Qattiqlik deganda, materialning sirtiga boshqa qattiq materialning botish yoki 
    tirnashiga ko‘rsatiladigan qarshiligi tushuniladi. 
    Qattiqlikni aniqlash orqali tayyorlangan rezina sifati to‘g‘risida fikr yuritish 
    mumkin. Chunki bu ko‘rsatkich vulkanizatsiyalovchi modda, to‘ldirgich va 
    plastifikator qanday miqdorda olingani va aralashtirilganini tavsiflovehi asosiy 
    ko‘rsatkichlardan biridir. Qattiqlik vulkanizatsiya qilingan rezina materiallari 
    uchun aniqlanadi, uning miqdoriga qarab esa rezinaning elastikligi haqida ham 
    ma’lum tushuncha olish mumkin. 
    Rezina buyumlarning qattiqligi har xil shakldagi boshqa bir (o‘tkir) 
    materialning ularga juda qattiq botish chuqurligi bilan o‘lchanadi. Rezinaning 
    qattiqligi rezina aralashmasi tarkibiga kiruvchi kauchuk, vulkanizatsiyalovchi 
    modda, to‘ldirgich hamda plastifikatorlaming miqdori va xossalariga bog‘liq. 
    Rezina aralashmasi tarkibiga aktiv tezlatkich moddalar (tiazol, tiuram, sulfenamid) 
    qo‘shish va ular miqdorini oshirish bilan rezinaning vulkanizatsiya darajasini 
    ko‘paytirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, rezina qattiqligini oshirishga olib keladi. 
    Plastifikatorlar esa rezina qattiqligini kamaytiradi. Rezinalar qattiqlik darajasiga 
    ko‘ra uch guruhga bo‘linadi (13. 3-jadval). 
    13. 3- jadval 
    Qattiqligiga ko‘ra rezinalarning guruhlarga boMinislii 

    Download 343,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 343,3 Kb.
    Pdf ko'rish