Rezinaning yeyilishga chidamliligi




Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana13.12.2023
Hajmi343,3 Kb.
#117720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rezinaning yeyilishga chidamliligi. Eskirishga turg‘unlik yoki qarshilik 
atamalari rezina materiallariga nisbatan qoTlaniladi, bu atama ma’no jihatidan 
moylash jarayonida qo‘llaniladigan yeyilishga chidamlilik atamasiga mos keladi. 
Ko‘pchilik rezina buyumlar - barcha turdagi pokrishkalar, transportyor lentalari va 
boshqalar ularni ishlatish paytida sirpanish tufayli paydo bo’ladigan ishqalanish 
kuchi ta’sirida sirt qatlami yeyiladi (ishga yaroqsiz holga keladi). Rezina 
buyumlaming yeyilishga bo’lgan qarshiligini oshirish (yeyilishga chidamlilik) rez-
ina sanoatida ishlab chiqarilayotgan buyumlaming puxtaliligini oshirishning asosiy 
shartlaridan biridir. 
Rezina buyumlarning yeyilishi sirpanish rejimida (transportyor lentalari 
harakati) va dumalash rejimida (shinalar harakati) ro‘y berishi mumkin. Ammo 
shinalarni ishlatish vaqtida dumalanish ishqalanishidan tashqari sirpanish 
ishqalanishi ham hosil bo‘ladi (masalan, transport vositalari tormozlanganida). 
Shunga asosan yeyilishga chidamlilikni sinash ishlari yoki sirpanish rejimida, 
yoxud sirpanuvchanlik bilan birga boradigan dumalanish rejimida o‘tkaziladi. 
Rezinaning yeyilishga chidamliligini aniqlash davlat standarti talablari 
asosida maxsus MI-2 jihozida aniqlanadi. Bu usulning mohiyati o‘zgarmas ma’lum 
tezlikda aniqlanayotgan diskning abraziv yopishtirilgan yuzasiga o‘zgarmas 
normal kuch (32,5 kPa) ta’sirida siqib qo‘yilgan namunalarni yedirishdan iborat. 
Yeyilishga chidamlilik ko‘rsatkichi eskirishning solishtirma ko‘rsatkichi deb 


ataladi va bu ko‘rsatkich vaqt birligi ichida sinalayotgan namuna hajmining 
kamayishi, ya’ni yeyilish miqdori bilan ifodalanadi. Avtomobil pokrishkalari 
protektorlarini tayyorlashda ishlatiladigan rezinalar uchun bu ko‘rsatkich: yengil 
avtomobillar uchun 0,08 mm3/j va yuk avtomobillari uchun 0,14 mm3/j dan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. 
Ishqalanish ishqalanayotgan sirtlaming yeyilishiga va ular o‘lchamlarining 
o‘zgarishiga olib keladi. Ishqalanish - ishqalanish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi, 
ya’ni ishqalanish koeffitsiyenti qanchalik katta bo‘Isa, ishqalanish jadalligi ham 
shuncha yuqori bo‘ladi. Ishqalanish koeffitsiyenti rezina tarkibi va u 
ishqalanadigan abraziv material sirtiga bog‘liq. Ishqalanish va yeyilish turlariga 
qarab yeyiluvchanlikning yoki unga teskari bo‘lgan kattalik, ya’ni yeyilishga 
bo‘lgan qarshilik (chidamlilik) koeffitsiyentining son qiymatlari har xil bo‘ladi. 
Avtomobillarning tormozlanish imkoniyatlari ham ishqalanish koeffitsiyenti 
bilan uzviy bog‘liq. Avtomobil yo‘llarining qoplama turi va yo‘l sharoitiga bog‘liq 
holda ishqalanish koeffitsiyenti 0,1—8 oralig‘ida bo‘ladi. Avtomobil shinasining 
asfalt-beton qoplama bilan ilashishi protektor va quruq asfalt-beton orasidagi 
ishqalanish koeffitsiyenti 0,6-0,8 bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo oz miqdorda 
yomg‘ir yog‘ishi protektor va asfalt-beton orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini 
ikki barobarga kamaytiradi. Yo‘llardagi loy qoldiqlari ishqalanish koeffitsiyentini 
yana-da yomonlashtiradi. Yo‘l muzlagan paytlarda bu koeffitsiyent 0,1 ga teng 
bo‘ladi. Bunday sharoitlarda avtomobilni boshqarishda noqulayliklar yuzaga 
keladi. 

Download 343,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish