1. 3. Rezina materiallar olish
Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda foydalanish che- garalangandir
(yelimlar
tayyorlashda,
izolatsiyalovchi
lentalar,
zichlovchi
qistirmalar
tayyorlashda qo‘llaniladi). Chunki ular bir qator kamchiliklarga ega, jumladan,
mustahkamligining yetarli emasligi. TKlarning mustahkamligi 1-1,5 MPa, SKB va
stirolli SKlar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning mustahkam- ligini
oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir.
Vulkanizatsiya - kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari bilan bog‘lash.
Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish mustahkamligi 25 MPa atrofida
bo‘lgan vulkanizatsiyalangan kauchuk olinadi, bu jarayon 140-150 °C haroratda
nisbatan samarali bo‘ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini
oshi- rishga asosiy sabab kauchuk molekulalari orasida valent bog‘lanish
(«oltingugurt ko‘priklari») hosil bo‘lishidir.
Kauchukka uning mustahkamligini va elastikligini oshirish uchun zarur bo‘lgan
miqdorda oltingugurt qo‘shiladi. Bunda polimerning uzun makromolekulalari
to‘rsimon strukturaga aylanib, rezinaga elastiklik beruvchi karkas hosil bo‘ladi.
Masalan, avtomobil shinalari va pokrishkalari tayyorlanadigan rezinalarda kauchuk
ulushining 1-3 foizi miqdorida oltingugurt bo‘ladi. Kauchuk tarkibida oltingugurt
miqdorining ortib borishi uning mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtda
elastikligini kamaytiradi. Kauchukka 50 foiz atrofida oltingugurt qo‘shish mumkin,
bunda juda mustah- kam (cho‘zilishdagi mustahkamligi 52-54 MPa) bo‘lgan va
umu- man elastik bo‘lmagan (qattiq), kimyoviy jihatdan inert bo‘lgan material -
ebonit olinadi. Ebonitdan elektrotexnik maqsadlarda foydalaniladigan detallar, shu
jumladan, akkumulatorlar bankasi tayyorlanadi.
Rezinaning komponentlari. Har qanday rezina materialning tarkibida kauchuk
va oltingugurtdan tashqari boshqa komponentlar- ingrediyentlar ham bo‘ladi.
Vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtirish uchun kauchuk va vulkanizatsiyalovchi
vosita aralashmasiga vulkanizatsiya tezlatgichlari (tiuram, kaptaks va boshqalar),
mustahkamligini oshirish uchun esa to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Eng ommaviy
bo‘lgan kuchay- tirgich sifatida qurumdan foydalaniladi. Qurum kukun holidagi
uglerod bo‘lib? qismlari o‘lchami 0,03-0,25 mkm bo‘ladi. Qurum boshqa
kuchaytirgichlar kabi rezina materiallariga rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan
20-70 foiz miqdorida qo‘shiladi.
To‘ldirgich sifatida qurumdan tashqari rux, magniy, kremniy oksidlaridan, bir
qator tuzlar (bo‘r, gips), sintetik smolalar va boshqalardan foydalaniladi. Bir qator
oq rangdagi to‘ldirgichlar (oq qurum, rux oksidi va boshqalar)dan rangli rezinalar
olishda foydalaniladi, odatdagi qurumdan u qora rangda bo‘lganligi tufayli foy-
dalanib bo‘lmaydi, chunki u buyumlarga qora rang beradi.
To‘ldirgichlar SKB, CKC va CKHlarga nisbatan juda ham samaralidir. Bu
SKlaming to‘ldirgichlar bilan aralashmasi vulkanizatsi- yalanganida, tarkibida
to‘ldirgich bo‘lmagan vulkanizatlarga nisbatan mustahkamligi 10-12 barobar
yuqori bo‘ladi va uzilishdagi mustahkamligi esa 10-30 MPa ga yetadi.
Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga ko‘p
bo‘lmagan miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plastifikatorlar (unga ishlov
berishni
yengillatuvchi
va
uning
sovuqqa
chidamliligini
oshiruvchi),
antioksidlovchilar (eskirishga qarshi), g‘ovak hosil qiluvchilar (g‘ovaksimon
rezinalar olishda) va boshqalar qo‘shiladi.
Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to‘ldirgichlar va boshqa
ingrediyentlar (umumiy soni 15 tagacha bo‘lishi mumkin) aralashmasi xom rezina
yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom rezinadan turli xil usullar asosida turli-
tuman shakldagi buyumlar ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov
berish oper- atsiyasi bo‘lib vulkanizatsiyalash xizmat qiladi. Bu buyumlar vul-
kanizatsiyalanganidan so‘nggina ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Xom rezina
vulkanizatsiyalanganidan keyin, oddiygina qilib rezina deb yuritiladi. Chunki xom
rezinalardan foydalanish chegaralangan. Ulardan yelimlar tayyorlashda va rezina
detallarni ta’mirlashda foydalaniladi. Sanoatda rezinali (rezina detallarni o‘zaro
biriktirish uchun) va maxsus (rezinani metallarga, shishaga, plastmassalarga va
boshqa qattiq materiallarga biriktirish uchun) yelimlar ishlab chiqariladi.
Rezinali yelimlar TK yoki maxsus xom rezina BR-1 «Galosha» va BR-2
benzinlarida eritib olinadi. TKning benzindagi eritmasi vulkanizatsiyalanmagan
yelim hisoblanadi. Bu yelimlarning quri- shi fizikaviy jarayon, ya’ni benzinning
bug‘lanishi hisobiga amalga oshadi. Shuning uchun yelim qotganida biriktirilgan
detallar orasidagi qatlam toza TKdan iborat bo‘ladi, shu tufayli bu qatlamning
mustahkamligi past bo‘ladi, harorat ko‘tarilishi bilan mustahkamligi sezilarli
darajada pasayadi va 100°C haroratda mustahkamligi nolga yaqinlashadi. Bunga
ko‘ra vulkanizatsiyalanmagan yelimlar- dan avtomobil detallarini ta’mirlashda
foydalanish chegaralangan- ligi ko‘rinadi, shuning uchun bu yelimlardan rezina
detallaridagi nosozliklami boshqa ishonchliroq usul yordamida tiklash imkoni- yati
bo‘lmagan hollardagina (masalan, yo‘lda avtomobil kameralari teshilganidagi
majburiy hollarda ularni yamash uchun) foydalaniladi.
Xom rezinaning benzindagi eritmasi esa vulkanizatsiyalangan yelimlar
jumlasiga
kiradi.
Bunday
yelimlar
asosidagi
yelimli
birikmalar
vulkanizatsiyalanishi lozim. Bunda yelim qatlamlari orasida va yelim bilan
biriktirilayotgan detal o‘rtasida oltingugurt ko‘priklari hosil qilinadi. Natijada
detallar bir-biri bilan mustah- kam birikadi. Maxsus yelimlar namunasi sifatida №
61 va № 88 yelimlarini keltirish mumkin. № 61 yelimi № 62 rezinali aralashma
«Galosha» benzinida eritib olinadi. №88 yelimi esa №31 xom rezinaning
benzinning
etilasetat
bilan
aralashmasi
asosida
olinadi,
bunda
butilfenolformaldegid smolasi aralashtiriladi.
Avtomobillarni ta’mirlashda yelimlardan tashqari xom rezinaning maxsus
navlaridan foydalaniladi. Maxsus rezinalaming eng muhim navlariga quyidagilar
kiradi: qatlamli, protektor uchun va kamera uchun. Ularning barchasi qaynoq
vulkanizatsiyalash
usulida
pnevmatik shinalami ta’mirlashda ishlatiladi.
Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun rezina tarkibidagi
kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. Ish muddatini o‘tab bo‘lgan
rezinalarni regeneratga aylantirish, ya’ni devulkanizatsiya jarayoniga to‘xtalamiz.
Rezina regeneratlarini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil suyuqliklar
muhitida 150-190°C haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi uglerod
atomlarining valent bog‘lanishlari uziladi va oltingugurt ko‘priklari buziladi.
Natijada molekular massasi past (6000-12000) bo‘lgan plastik material olinadi. Bu
materialni qayta vulkanizatsiyalash va tarkibiga ingrediyentlar qo‘shish mumkin.
Regenerat tarkibiga xom rezina qo‘shish mumkin bo‘ladi, bunda kauchukni
tejashga imkoniyat yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning to‘g‘in lentalari
va rezina to‘shamalar ishlab chiqariladi.
Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsulotlari va rezina
ishlab chiqaradigan korxonalaming chiqindilaridan foydalanish mumkin. Ular
rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, uning eskirishga moyilligini kamaytiradi,
shuningdek, neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Ishlatish sohasiga ko‘ra rezinalar umumiy ishlarga mo'ljallcmgan va maxsus
turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va
ishqorlarning kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham,
sintetik kauchukdan ham olish mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor
lenta- lari va hokazolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo‘lgan (neft
mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan
va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi.
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalarning cho‘zilishga mustahkamligi
va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadigan xom rezina yelim
yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60°C dan 100°C gacha haroratda ishlay oladi.
Bundan ortiq qizdirilganida kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini
yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan
rezinaning asosiy qismi trak- tor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi.
Butadiyenstirol (CKC, CKMC) va izopren kauchuklar (SKI) asosida olingan
rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho‘zilishga mustahkamligi, yemirilishga
chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100°C haroratda ishlay oladi, sovuqqa
chidamliligi yuqori (minus 75°C gacha). Kauchuklarning mexanik xossalari
(ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklamikiga yaqin bo‘lgani uchun kordga
mustahkam biri- kadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi
qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (SKD)
asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar yuqorida aytilgan
xossalari bo‘yicha tabiiy kau- chuklardan ancha ustun turadi.
Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalar jipslovchi qatlamini tayyorlash
uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidamli rezinalar kerak bo‘ladi.
Butilkauchuklar (SKB) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi
yaxshi bo‘lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120°C gacha). Poliuretan
kauchuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashqari, azon va neft
mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan protektorli shinalar
tayyorlanadi.
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib ishlaydigan
tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar
tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 3 foiz shishadi. Nairitdan olingan
moy, benzinga chidamli rezi- nalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina
oltingugurt- siz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan
rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120-130°C gacha haroratda ishlay oladi. Ular
elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kauchuk (CKH)dan tayyorlangan
rezinaning ekspluatatsion xossalari yana-da yaxshiroq. Bundan tashqari, ular
suyultirilgan kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir.
Ko‘pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradi- gan rezinalar
kerak bo‘ladi. Ular, asosan, minus 60°C dan +300°C gacha harorat doirasida uzoq
muddat ishlay oladigan kremniyor- ganik kauchuklardan (CKT) olinadi. Yuqori
dielektrik xossalarga ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki,
sernam sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o‘zgarmaydi. Shuning uchun
ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft
mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni kauchuk
molekulasiga ftor atomini qo‘shib yo‘qotish mumkin. Bunda SKF kauchuk olinadi.
Bu kauchuk yonmaydi, is- siqqa chidamli (300°C gacha), gidrotizim shlanglar
birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik shlanglarni
ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar chiqariladi. Ularga protektorli
profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo‘li yoki to‘la profilli protektor hosil
qilish uchun mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli jipslovchi kamerabop rezina
listlar ham kiradi. Ular kamerasiz shinalar va kameralami ta’mirlashda ishlatiladi.
Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 140-150°C haroratgacha qizdirish
(yaxshisi, bosim ostida) kifoya.
|