o‘zgarmas kuchlanish ta’sir etishidan bosh- lab buyumning yaroqsiz bo‘lishigacha
(buzilishi) ketgan vaqt uning shu vaqt ichidagi mustahkamligi yoki uzoqqa
chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa chidamlilik
keskin kamayadi. Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligini tajriba yo‘li bilan
aniqlash ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun laboratoriya sharoitida
cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik (mustahkamlik chegarasi)
orqali hisoblab
topiladi. Rezina cho‘zilgan vaqtda uning o‘z shaklini saqlab qolish xususiyati
deformatsi- ya tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga bog‘liq.
Cho‘zish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, rezina materialni buzish uchun
shunchalik kam kuch talab etiladi. Deformatsiya vaqtida haroratning o‘zgarishi
mustahkamlik ko‘rsatkichiga ta’sir qiladi. Odatda, harorat ortishi bilan, rezina
mustahkamligi kamayadi va aksincha. Sinash ishlari solishtirish mumkin bo‘lgan
namunalar olish uchun Davlat standard yoki texnik shartlarda keltirilgan ma’lum
tezlik va haroratda o‘tkaziladi. Rezina mustahkamligi
ularning tarkibiga
qo‘shiladigan aktiv to‘ldirgichlar hisobiga ham keskin ortadi. Ammo me’yordan
ortiq miqdorda plastifikator qo‘shish ham rezina mustahkamligini pasaytirib
yuboradi. Rezina materiallarning mustahkamlik va elastiklik ko'rsatkichlari RMI-
60 markali mashinada aniqlanadi. Bu mashina yordamida namunalar o‘zgarmas
tezlikda uzilishiga qadar cho‘ziladi va namunaning uzilish vaqtiga mos keladigan
kuch hamda uning uzayishi topiladi. Cho‘zish vaqtida rezinaning uzayishiga mos
keluvchi shartli mustahkamligi, uzilish vaqtidagi nisbiy uzayish, qoldiq uzayish
topiladi.
Rezinaning mustahkamligini siqilish detormatsiyasi orqali UMR-2
turidagi
mayatnikli elastiklik o‘lchagichlarda sinash eng ko‘p tarqalgan usul dir. Bu
ma’lum balandlikdan rezina materiali ustiga tushgan mayatnikning yana orqaga
qaytish kattaligini aniqlashga asoslangan. Kauchuklar ichida TK, SKI-3,
xlorprenlaming elastikligi yuqori. CKH, BK, SKF va akril kauchuklarning
elastikligi esa kamroq.
Rezinaning cho ‘z.ilishdagi nisbiy uzayishi deganda,
rezina materialning nisbiy
uzunligining materialning dastlabki uzunligiga nisbati tushuniladi. Avtomobilning
eng muhim rezina detallarini ta’mirlashda keng qo‘llaniladigan uch turdagi rezina
materiallarining ba’zi standart ko‘rsatkichlari 13. 2-jadvalda keltirilgan.
13. 2-jadval