Kauchuk ishlab chiqarish




Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana13.12.2023
Hajmi343,3 Kb.
#117720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12.2. Kauchuk ishlab chiqarish 
Ilgari kauchukli o‘simlik shirasidan olinadigan tabiiy kauchuk (TK)dan 
foydalanilardi. Rezina ishlab chiqarish ko‘payishi bilan kauchuk yetishmay qoldi. 
Hozirgi paytda rezinalaming anchagina qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari 
hisoblangan turli sintetik kauchuklar (SK) asosida tayyorlanadi. Ammo dastlabki 
paytda sintetik kauchukdan olingan rezinalaming fizik-mexanik xossalari tabiiy 
kauchukdan tayyorlangan rezinanikiga qaraganda yomon edi (mustahkamligi, 
nisbiy cho‘zilishi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi past edi). Lekin neft-kimyo 
sanoatining yutuqlari tabiiy kauchukdan olingan rezinalardan ishlab chiqarish 
imkonini beradi. 
Kauchuk yuqori molekular birikma bo‘lib, molekula massasi 100-500 mingga 
teng (raqam molekula vodorod atomidan necha barobar og‘ir ekanligini 
ko‘rsatadi). Polimerning katta uzun molekulasi yumaloqlanishga harakat qiladi, 
lekin bunga moleku- lalarning o‘zaro ta’sir kuchi qarshilik ko‘rsatadi. Shuning 
uchun ham kauchuk juda elastik bo‘ladi. 
Tabiiy kauchuk (TK) Braziliyada o‘sadigan geveya daraxtining kauchuk 
tashuvchilari (shirasi)dan olinadi. Iqlim sharoitiga ko‘ra mamlakatimizda geveya 
daraxtini o‘stirish mumkin emas, boshqa tarkibdagi kauchuk tashuvchilari bo‘lgan 
o‘simliklar ishlab chiqarish ahamiyatiga ega emas. Shuning uchun 
mamlakatimizda rezina sanoatining xomashyosi sifatida sintetik kauchuklardan 
foydalaniladi. SKning vatani sobiq Ittifoqdir. 1932- yilda dunyoda birinchi marta 
S. V. Lebedev uslubiga asosan zavod sharoitida butadi- yenli SK sintez qilingan. 
Bu kauchuk uchta harf bilan markalanadi 
SKB. SKB o‘zining sifati bo‘yicha tabiiy kauchukdan anchagina yomon, 
shuning uchun uni boshqa SKlar siqib chiqarmoqda. O’tgan asming 60- yillari 
boshlarida stereoregulatorli butadiyenli kauchuk SKD ishlab chiqarildi. Bu 
kauchuklar elastikligi bo‘yicha TKlardan qolishmaydi, yeyilishga va sovuq 
ta’siriga chidamliligiga ko‘ra TKlardan yaxshiroq. Stereoregulatorli SKlardan eng 
istiqbolligi izorenli kauchuk SKI (masalan, CKH-3)dir. Uning formulasi, xossalari 
TKniki bilan bir xil bo‘lganligi uchun o‘rnini uning to‘la bosa oladi. 
Avtomobillaming 
rezinali 
detallarini 
tayyorlashda 
monomerlarni 
polimerizatsiyalash mahsulotlaridan keng foydalaniladi. Istiqbolli universal 
SKlarga butilkauchuk-izobutilenni-izopren bilan sopolimeri kiradi. Bu material 


avtomobil kamerlarini ishlab chiqarishdagi eng yaxshi materiallardandir (u yuqori 
gaz o‘tkaz- maslik xususiyatiga ega). 
Hozirda 200 turdan ortiq SKlar mavjud. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari 
vaishlatilishsohasito‘g‘risida ma’lumotlar 13. 1-jadvalda keltirilgan. 
13. 1- jadval 

Download 343,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish