• (Konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari)
  • Kimyoviy texnologiyalar fakulteti




    Download 327,5 Kb.
    bet1/7
    Sana16.09.2024
    Hajmi327,5 Kb.
    #271349
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Magistrlar uchun amaliyot kundaligi



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

    KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI




    « OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI » kafedrasi


    70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
    (Konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari)

    2-bosqich magistranti


    _______________________________________________
    ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA)


    KUNDALIGI

    Urganch 2024


    UNIVERSITET TALABALARINING BITIRUV OLDI AMALIYOTI TO‘GRISIDAGI NIZOMI

    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respbulikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti haqidagi Nizomi asosida tuzildi.



    1. Umumiy qoidalar

      1. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti ilg‘or korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.

      2. Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta‘lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomiga to‘la rioya qilinadi.

      3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 30 oktabrdagi 9-2015-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida"gi vaqt me‘yorlariga asosan nazorat shakli bilan birgalikda malakaviy va bitiruv oldi amaliyotiga rahbarlik qilish, hisobotlarni tekshirish uchun prof.-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari quyidagicha hisoblanadi.




    Bir guruhga bir ish kuni uchun

    6 soat

    Mehnat safarida bir guruh bir ish kuni uchun

    7 soat

      1. Fakultet (amaliyot boshlanishidan 15 kun oldin) kafedra mudiri imzosi bilan prof.-o‘qituvchilarning amaliyotga rahbarlik qilishi haqidagi jadvalni o‘quv bo‘limiga taqdim qiladi.

      2. Amaliyotchi talaba kundalik yuritib har kuni amaliyotda 6 soat ishlashga majbur.

      3. Amaliyotchi talabalarning yozma hisobotlari amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzosi bilan himoyaga qo‘yiladi.

      4. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini oliy ta’lim muassasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot rahbari, kafedra mudiri, kafedra professor – o‘qituvchilari kiritilib, komissiya a’zolarining umumiy soni 3 kishidan kam bo‘lmasligi kerak.

      5. Amaliyot davrida kasallanib kolgan yoki homiladorligi bilan bog‘lik sababga ko‘ra amaliyotga qatnasha olmagan talabalar tibbiy ma’lumotnoma yoki farzand tugilganligi haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim qiladilar.

    « Oziq-ovqat texnologiyasi » magistrlari uchun stajirovka


    AMALIYOT DASTURI


    I. Ilmiy amaliyot (stajirovka)


    Ilmiy amaliyot (stajirovka) qator mutaxassislik fanlarni o‘zlashtirilgandan so‘ng, ___ kursning ______ semestrlar o‘quv rejasiga muvofiq, barcha reyting nazoratlari topshirilgandan keyin o‘tkaziladi. Kafedra tomonidan magistrlarni amaliyotlarini o‘tash o‘rinlari belgilab olinib, korxona bilan shartnoma tuziladi.


    Amaliyot maqsadi va vazifalari





    1. O‘tilgan fanlar bo‘yicha magistrlar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni ishlab chiqarish sharoitida yana ham chuqurlashtirish va mustahkamlash. Ayrim umumuhandislik va maxsus fanlarni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rish.

    2. Korxonaning umum tashkiliy prinsiplari, texnologik jarayonlari, texnologik jihozlar, korxona yoki zavod xo‘jaligi bilan tanishish.

    3. Talabalarda umum siyosiy, tashviqot-targ‘ibot ishlariga bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va tarbiyalash.

    Amaliyotga chiqishdan oldin universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari magistrlar bilan suhbat o‘tkazadi. Bunda talabalar amaliyot maqsadi va vazifalari to‘grisida ma’lumotlar, yo‘llanma, amaliyot dasturi, uslubiy ko‘rsatmalar, amaliyot kundaligi oladilar.
    Amaliyot o‘tash korxonasiga kelgandan so‘ng talaba kadrlar bo‘limiga murojat qiladi. Kadrlar bo‘limida talabaga korxona tomonidan rahbar tayyorlanib talabani amaliyotga qo‘yilganligi to‘g‘risida korxona buyrug‘i beriladi.
    Amaliyotga talaba korxonaning mehnat muhofazasi bo‘limida instruktajdan o‘tkazilib, maxsus jurnallarda qayd qilingandan keyin amaliyot o‘tashga kirishiladi.



    Download 327,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 327,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy texnologiyalar fakulteti

    Download 327,5 Kb.