Kirish mavzuning dolzarbligi




Download 290.5 Kb.
bet1/6
Sana20.05.2023
Hajmi290.5 Kb.
#62344
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf matematika darslarida qo\'llaniladigan o\'quv vo
FERUZA, Grammar 1, Salom ,, , 4-amaliy ish Mavzu Oqimli shifrlash Ishdan maqsad, 2 5265218154971273002, 2-lab Pendjiyev Karimjon KI 11-19, Capitan NEMO, 1.Ma\'ruza(1), Tajriba ishi 4-5, MUSTAQIL ISH — копия, MUSTAQIL ISH, XXI asr boshlariga kelib jaxon xo\'jaligi kapitaldan foydalanishning kelib chiqish manbalari va tarkibi, Mavzu Dielektriklarda elektr maydon, MIT14 03F10 lec13

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e‘tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda. 2010- yili «Barkamol avlod yili»deb e‘lon qilindi. Bu albatta bejiz emasdir. 2009 – yil 5-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning ―O‘zbekiston konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevoridir» mavzusidagi ma‘ruzasida aytganidek: ―Barkamol avlod haqida so‘z borganda, davlat ta‘lim standartlarini, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, umumta‘lim tizimida ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisiliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta‘lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. « - dedilar. Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarini boshlang‘ich sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir. [3] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz» hamda Vazirlar mahkamasining 2010-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish» mavzularidagi ma‘ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o‘rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir. Prezidentimiz o‘z ma‘ruzasida ― ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz» degan fikr mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‘ich ta‘limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchlari ta‘lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Barkamol avlod yili» davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarda ―....ta‘lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash … samarali tizimini yanada rivojlantirish» ko‘zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir. Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida ta‘lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan. ―Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta‘lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan».
Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarining bugungi qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo‘lgan 2004 – 2009 yilarda maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi.
―Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta‘lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma‘naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir»- deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta‘lim tizimida jumladan boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.
Hozirda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma‘naviy – axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, ta‘lim – tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi.
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma‘naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo‘lib yetishishini ta‘minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida edagogik xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta‘minlash yuzasidan zarur chora–tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Hozirda har bir maktabda ta‘lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta‘lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta‘lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o‘quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a‘zosi sifatida bu jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo‘yayotgan talablariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan,yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta‘lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta‘limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.
Umumiy o‘rta-ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta‘lim tizimi jarayonida pedagogik
tajribani o‘rganish va yoyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
Boshlang‘ich sinf matematik darslarida pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o‘tilsa, o‘qitish jarayonni takomillashadi. Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi. Muammoning o’rganish darajasi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta‘limni isloh qilinish bilan bog‘liq ravishda kirib kelganligi ma‘lum.Hozirgacha B. Bluj, J.Koroll, P.Y Galperin, V.I.Davidov,L.I.Zankov,Charlz, Templ va Jenni Stillarning texnologiyalari mashhurdir. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari Bespalko,.S.Suxobskoy,T.V.Kudryavsev,M.I.Maxmutov,T.N.Ballo kabi aksariyat psixolog va didaktikachilar ilmiy Kurs ishi ishlarni olib borganliklarini aniqladim. T.N.Ballo ―pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta‘rif berar ekan,uni o‘qitish jarayoniga nisbatan topshiriqli yondoshuv, L.V.Zankov, T.Y.Galperin, bosqichli o‘qitish, G,K.Selevko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar.[42]
Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy Kurs ishi institutlari, xalq ta‘limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari oldida o‘quv jarayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o‘quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat‘iy nazar tashkil etiladigan ta‘lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir.Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritilgan,ular to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko,M.V.Klarin, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov, N.N.Azizxo‘jayeva, O‘Q. Tolipov, M. Usmonboyeva va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo‘lishimiz mumkin. Olimlar pedagogik texnologiyalarni asoslarini o‘rganganlar.Bizning Kurs ishiimizda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini o‘rganish ko‘zda tutilgandi. Men o‘z ilmiy Kurs ishi ishimda ulardan farqli ravishda davr talabi, zamon innovatsion metodlarni qo‘llagan holda metodika ba‘zi yangilikni kiritishni maqsad qilib qo‘ydim.

Download 290.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 290.5 Kb.